Close menu
Menu

Hamkorlik shartlari

FOYDALANUVCHI SHARTNOMASI

 

1.UMUMIY QOIDALAR

1.1.    Foydalanuvchi shartnomasi (bundan buyon matnda «Shartnoma» deb yuritiladi) – bu foydalanuvchi va Ma’muriyat o’rtasida «Uklon» onlayn xizmatidan foydalanishni ta’minlash (dasturiy mahsulotlarni yetkazib berish) to’g’risidagi shartnoma bo’lib, foydalanuvchi va Ma’muriyat o’rtasidagi barcha oldingi kelishuvlarni bekor qiladi.
1.2.    «Uklon» onlayn xizmatidan foydalanganda, foydalanuvchi huquqiy maqomi va fuqarolik layoqatidan qat’i nazar, ushbu shartnomada ko’rsatilgan qoidalar va cheklovlarga rioya qiladi.
1.3.    Shartnoma barcha o’zgartirish va qo’shimchalarni hisobga olgan holda umumiy ma’lumot uchun veb-saytga ushbu havola orqali joylashtiriladi: https://uz.uklon.eu/ru/privacy-policy-ru.
1.4.    Foydalanuvchi shartnoma shartlari bilan to’liq tanishligini va roziligini tasdiqlaydi. Agar foydalanuvchi ushbu shartnomaning har qanday qoidalariga rozi bo’lmasa, foydalanuvchi «Uklon» onlayn xizmatidan foydalana olmaydi.
1.5.    Foydalanuvchi «Uklon» onlayn xizmatiga mobil ilovani yuklab olish, o’rnatish va undan foydalanish orqali kirish mumkinligini biladi.
1.6.    Foydalanuvchi mobil ilovada foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish paytida ushbu shartnoma shartlariga rioya qilishga rozilik beradi.
1.7.    Ma’muriyat foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan ushbu shartnomani bir tomonlama ravishda to’ldirishi yoki boshqa yo’l bilan o’zgartirishi mumkin. Foydalanuvchi shu bilan foydalanuvchi tomonidan biron bir maxsus tasdiqni olmasdan shartnomaga o’zgartirish kiritishga rozilik beradi.
1.8.    Ushbu shartnomada quyidagi keltirilgan atamalar quyidagi ma’noda ishlatiladi:
• Ma’muriyat – O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro’yhatdan o’tgan yuridik shaxs – «UKLON UB” – Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona;
• Foydalanuvchi – «Uklon» mobil ilovasi orqali Buyurtma joylashirtgan har qanday muomalaga to’liq layoqatli shaxs;
•  «Uklon» onlayn xizmati (keyingi o’rinlarda – «Onlayn xizmat») – mobil ilova va raqamlar, harflar, belgilar, rasmlar va ularning kombinatsiyalari (shu jumladan grafik ma’lumotlar, video ma’lumotlar va boshqalar) ko’rinishidagi kompyuter dasturlari va elektron ma’lumotlarning o’zaro bog’liq to’plamidan iborat texnologik platforma hisoblanib, foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan boshqarish, to’plash, qayta ishlash, tarqatish, saqlash, taqdim etish uchun mo’ljallangan. Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan xizmatlar takliflari to’g’risida, talab va taklif nisbati, ob-havo sharoiti, yo’nalishni hisobga olgan holda buyurtma narxini avtomatik hisoblash, yo’nalishlarni avtomatik ravishda quradigan va foydalanuvchini hamkor bilan bog’lash uchun ma’lumot almashishni ta’minlaydigan, foydalanuvchiga avtomatik ravishda yaratilgan hamkorlarning  takliflarini qidirish va ko’rib chiqish imkoniyatini beradigan, foydalanuvchining mumkin bo’lgan bajarilish mezonlariga muvofiq foydalanuvchiga hamkorlarning tegishli buyurtmalari va takliflarini o’z xohishiga ko’ra joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish imkonini beradigan va yana  boshqa omillar: joylashuv, xizmatlarning tavsiya etilgan narxini o’zgartirish, onlayn xizmat va hamkorlarga baho berish va ular bilan o’zaro aloqada bo’lish, foydalanish uchun mavjud bo’lgan onlayn xizmat vazifalarida ko’zda tutilganidek, real vaqt rejimida dastur tomonidan qurilgan yo’nalishlardan foydalanish va boshqalar  onlayn xizmatlarning dasturiy mahsulotlar bilan bog’liq kompyuter dasturlash natijasi hisoblanadi.
• «Uklon Driver» onlayn xizmati (keyingi o’rinlarda «Uklon Driver»onlayn xizmati deb yuritiladi) — «Uklon Driver» mobil ilovasi raqamlar, harflar, belgilar, rasmlar va ularning kombinatsiyalari (shu jumladan grafik ma’lumotlar, video ma’lumotlar va boshqalar) ko’rinishidagi kompyuter dasturlari va elektron ma’lumotlarning o’zaro bog’liq to’plamidan iborat texnologik platforma hisoblanib, foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish, to’plash, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish, talab va taklif nisbati, ob-havo sharoiti, yo’nalish, ish yuki va boshqa omillarni hisobga olgan holda buyurtma narxini avtomatik hisoblash uchun mo’ljallangan, yo’nalishlarni avtomatik ravishda quradigan va foydalanuvchini hamkor bilan bog’lash uchun ma’lumot almashishni ta’minlaydigan, shuningdek foydalanuvchiga o’z xohishiga ko’ra tegishli buyurtmalarni joylashtirish va hamkor tomonidan tasdiqlash yoki rad etish, joylashuv to’g’risidagi ma’lumotlarni nashr etish, foydalanuvchilarga baho berish, mavjud vazifalar doirasida, dastur tomonidan qurilgan yo’nalishlardan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini beradi.
• Hamkor – Transport vositalarida yo’lovchilarni tashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, veb-saytda joylashtirilgan «Uklon Driver» onlayn xizmatidan foydalanish imkoniyatini berish to’g’risidagi Ommaviy Taklifni qabul qilgan yuridik yoki o’z-o’zini band qilgan jismoniy shaxs.
• Buyurtma – Foydalanuvchining yo’lovchilarni yengil transport vositasida tashish, kichik hajmdagi yuklarni yengil transport vositasida tashish bo’yicha hamkorning xizmatlariga, shuningdek zarur tafsilotlar bo’yicha kiritilgan vaqti-vaqti bilan «Uklon» va «Uklon Driver» Mobil Ilovalari orqali mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa xizmatlarga bo’lgan talabi.
• Xizmatlar ­– Yo’lovchilarni yengil transport vositasida tashish, kichik hajmdagi yuklarni yengil transport vositasida tashish bo’yicha xizmatlar, shuningdek vaqti-vaqti bilan «Uklon» va «Uklon Driver» Mobil Ilovalari orqali foydalanish mumkin bo’lgan boshqa xizmatlar. Ushbu shartnomaning hech bir qoidasi Ma’muriyatning xizmatlarni taqdim etishi yoki taqdim etishi mumkinligini anglatmaydi.
• Veb-sayt – Internet tarmog`idagi veb-sahifa: www.uz.uklon.eu. Veb-sayt dasturiy mahsulotlar bilan bog’liq bo’lgan kompyuter dasturlash natijasidir.
• «Uklon» mobil ilovasi (bundan buyon matnda «Mobil ilova» deb yuritiladi) – «Uklon» Onlayn xizmatidan foydalanish vositasi sifatida Foydalanuvchiga ushbu Foydalanuvchi shartnomasining amal qilish muddati davomida taqdim etiladigan «Uklon»deb nomlangan iOS, Android elektron qurilmalari uchun mobil dastur ko’rinishidagi EHM dasturining nusxasi.
•  «Uklon Driver» mobil ilovasi – «Uklon Driver» Onlayn xizmatidan foydalanish vositasi sifatida Hamkorga Veb-saytda joylashtirilgan «Uklon Driver» onlayn xizmatidan foydalanishni ta’minlash bo’yicha Ommaviy Oferta amal qilish muddati davomida taqdim etiladigan «Uklon Driver» deb nomlangan iOS, Android elektron qurilmalari uchun mobil dastur ko’rinishidagi EHM dasturining nusxasi.

 

2. FOYDALANUVCHINI RO’YXATDAN O’TKAZISH

2.1.    Onlayn xizmatga kirish uchun foydalanuvchi mobil ilova orqali ro’yxatdan o’tadi, natijada foydalanuvchini onlayn xizmatga kirishini ta’minlaydigan yagona foydalanuvchi hisobi yaratiladi.
2.2.    Ro’yxatdan o’tish paytida foydalanuvchi tegishli ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirish orqali o’zi haqida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
2.3.    Agar foydalanuvchi ro’yxatdan o’tish paytida yoki undan keyin onlayn xizmatga kirishda noto’g’ri ma’lumot bergan bo’lsa, Ma’muriyat foydalanuvchi hisobini (ro’yxatdan o’tishni) oldindan ogohlantirmasdan yoki foydalanuvchining roziligini olmasdan to’xtatib turish yoki bekor qilish huquqiga ega.
2.4.    Ma’muriyat ushbu Shartnomaning 5-bo’limi qoidalariga muvofiq foydalanuvchining harakatlarini darhol bloklash va foydalanuvchining akkauntini oldindan ogohlantirmasdan yoki Foydalanuvchining roziligisiz to’xtatib turish yoki tugatish huquqini o’zida saqlab qoladi.
2.5. Foydalanuvchi 12 (o’n ikki) kalendar oy ichida foydalanuvchi hisobidan foydalanmagan taqdirda, Ma’muriyat uni o’chirish huquqiga ega.
2.6.    Ro’yxatdan o’tish paytida foydalanuvchi yagona parolni kiritishi shart. Bunda, foydalanuvchi taqdim etilgan parolning ishonchliligi va o’z hisobini himoya qilish uchun to’liq javobgardir.
2.7.    Uchinchi shaxs foydalanuvchi hisobiga kirish huquqiga ega bo’lgan taqdirda, agar foydalanuvchi hisobning ma’lum bir foydalanuvchiga tegishli ekanligini tasdiqlanishi mumkin bo’lsa, foydalanuvchi darhol Ma’muriyatga tegishli choralarni ko’rishi uchun xabar berishi shart.
2.8.    Foydalanuvchi o’z parollari to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarning xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlaydi. Ma’muriyat foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari (foydalanuvchi nomi va parol) haqidagi maxfiy ma’lumotlarni yo’qolish oqibatlari uchun javobgar hisoblanmaydi. Ushbu qoida foydalanuvchilarga shaxsiy ma’lumotlar bilan bog’liq ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga ixtiyoriy ravishda berish uchun ham, foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlar bilan bog’liq maxfiy ma’lumotlarni o’z xohishidan qarshi yo’qotishi uchun ham qo’llaniladi.

 

3. SHAXSGA OID MA’LUMOTLAR

3.1.    Foydalanuvchining shaxsga oid ma’lumotlarini qayta ishlash va himoya qilish bilan bog’liq barcha masalalar veb-sayt va xavola orqali mobil ilovada joylashtirilgan shaxsga oid ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish to’g’risidagi alohida Nizom bilan tartibga solinadi.

 

4. ONLAYN XIZMATGA KIRISH

4.1.    Onlayn xizmatga kirish foydalanuvchiga faqat shaxsiy va notijoriy maqsadlarda foydalanish uchun taqdim etiladi hamda foydalanuvchilarga safarlarga buyurtma berish va rejalashtirish imkonini beradi.
4.2.    Ma’muriyat shartnomaviy asosda hamkorlarga buyurtmalarni qayta ishlash va bajarish uchun «Uklon Driver» onlayn xizmatidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Hamkorlar, agar buyurtma qabul qilinsa, foydalanuvchilarga xizmatlarni taqdim etadilar. Ma’muriyat foydalanuvchilar uchun hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar bo’yicha javobgar emas va majburiyatlarni o’z zimmasiga olmaydi va foydalanuvchilarga bunday xizmatlarning sifati va to’liqligi to’g’risida hech qanday kafolat bermaydi.
4.3.    Xizmatlarni taqdim etish hamkorlar tomonidan, har qanday holatda Ma’muriyatning ishtirokisiz, muayyan foydalanuvchilar va hamkorlar o’rtasidagi alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
4.4.    Ma’muriyat hamkorlar tomonidan xizmatlar haqida ma’lumotlarni taqdim etish muddati, mazmuni, dolzarbligi va sifati, ushbu xizmatlarning hozirgi vaqtda mavjudligi uchun javobgar emas, shuningdek Ma’muriyat hamkorlar tomonidan xizmatlarni taqdim etmaslik yoki lozim darajada taqdim etmaslik natijasida foydalanuvchiga yetkazilishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlar, zararlar uchun foydalanuvchilar oldida javobgar bo’lmaydi.
4.5.    «Yetkazib berish» avtomobil sinfiga buyurtma berilgan taqdirda, foydalanuvchi    O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida yetkazib berish va saqlash taqiqlangan buyumlarni yetkazib berishga buyurtma bermaslik majburiyatini oladi. Foydalanuvchi ushbu band buzilgan taqdirda, bunday narsalarni yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan barcha xavf va/yoki oqibatlar uchun javobgar bo’lishga rozi bo’ladi. Shu bilan birga, hamkorlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida yetkazib berish va saqlash taqiqlangan narsalar topilgan taqdirda foydalanuvchiga yetkazib berish xizmatini ko’rsatishni rad etishga haqlidir. Ma’muriyat bunday xizmatlarni taqdim etish uchun javobgar emas va yetkazib berish xizmatlarini ko’rsatmaydi. Yetkazib berish xizmatlari xarajatlari va to’lovlari bo’yicha Ma’muriyatning vazifalari va javobgarligi xizmatlarning tavsiya etilgan narxini aniqlash, hamkor foydasiga to’lanadigan narxni kelishish jarayonini texnik tashkil etish va kelishilgan narxni foydalanuvchilarga yetkazish bilan cheklanadi. Ma’muriyat yetkazib berish xizmatlari amalga oshiriladigan tovarlar yoki xizmatlarning to’lovi uchun javobgar emas.
4.6.    Veb-sayt, mobil ilova, onlayn xizmat, ya’ni bular maxfiy ma’lumotlar, foydalanish imkoniyati cheklangan ma’lumotlar, uchinchi shaxs ma’lumotlarini ma’muriyat tomonidan tegishli ruxsatnomalar va vakolatlar olinmagan holda joylashtirish uchun mo’ljallanmagan.

 

5. ONLAYN XIZMATDAN FOYDALANISH IMKONIYATINI CHEKLASH

5.1.    Foydalanuvchi onlayn xizmatdan foydalanganda ma’lumot va intellektual mulk obyektlarini joylashtirishi mumkin, shu jumladan, lekin onlayn xizmat va/yoki hamkorlarga nisbatan baholar, sharhlar va izohlar bilan cheklanmagan holda. Bunda, ma’lumotlar va/yoki intellektual mulk obyektlari joylashtirilgan taqdirda, foydalanuvchi bunday ma’lumotlarga va/yoki intellektual mulk obyektlariga yoki ularga bo’lgan mulkiy huquqlarga qonuniy egalik qilishini kafolatlaydi va/yoki bunday ma’lumotlarni va / yoki intellektual mulk obyektlarini joylashtirish uchun barcha kerakli ruxsatnomalarni uchinchi shaxslardan olganligini kafolatlaydi. Ma’muriyatga e’tiroz bildirilgan taqdirda, foydalanuvchi bunday e’tirozlarni mustaqil ravishda va o’z hisobidan hal qilishi yoki Ma’muriyat foydasiga foydalanuvchi tomonidan veb-sayt va/yoki mobil ilovadagi ma’lumotlar va/yoki intellektual mulk ob’ektlarini noqonuniy joylashtirganligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi shart.
5.2.    Ma’muriyat ma’lumotlarni joylashtirishdan bosh tortish huquqini o’zida saqlab qoladi, shuningdek har qanday vaqtda foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlar va/yoki intellektual mulk obyektlarini, ma’lumotga va intellektual mulk obyektiga noqonuniy egalik qilish fakti aniqlangan taqdirda olib tashlash/blokirovka qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
5.3.    Ma’muriyat veb-sayt va mobil ilovada ma’lumotlar va/yoki intellektual mulk obyektlarini joylashtirishning ishonchliligi, aniqligi va qonuniyligi ta’minlash uchun hech qanday chora ko’rmaydi va javobgar bo’lmaydi. Ma’muriyat foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlar va intellektual mulk obyektlarini tekshirmaydi va ularning ishonchliligi va qonuniyligi uchun javobgar bo’lmaydi.
5.4.    Ma’muriyat joylashtirilgan ma’lumotlar va intellektual mulk obyektlariga nisbatan uchinchi shaxslarning e’tirozlari to’g’risida foydalanuvchini xabardor qilish majburiyatini oladi. Onlayn xizmatdan foydalangandan holda, foydalanuvchi Ma’muriyatga foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlarni va/yoki intellektual obyektlarini nashr etish yoki ularni o’chirish huquqini taqdim etadi.
5.5.    Foydalanuvchi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq mazmuni jihatdan noqonuniy, tahdid soluvchi, tuhmat qiluvchi, haqoratli, intellektual mulk huquqini buzadigan, nafrat va/yoki har qanday xususiyati bo’yicha insonlari kamsitishni targ’ib etuvchi, boshqa foydalanuvchilarga, ma’muriyatga yoki uchinchi shaxslarga nisbatan haqorat va e’tirozlarni o’z ichiga olgan har qanday ma’lumotni uzatish, joylashtirish yoki tarqatish maqsadlarida onlayn xizmatdan foydalanmaslik majburiyatini oladi. Shuningdek, mobil ilova orqali har qanday erotik, jinsiy va/yoki pornografik ma’lumotlarni tarqatish ta’qiqlanadi. Agar Ma’muriyat foydalanuvchi tomonidan noqonuniy ma’lumotlarni joylashtirish bilan bog’liq har qanday yo’qotishlarga duch kelsa, foydalanuvchi ushbu yo’qotishlarni Ma’muriyatga to’liq qoplab berishi shart.
5.6.    Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan ma’lumot va intellektual mulk obyektlarida tarqatilishi va ulardan foydalanish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va uchinchi shaxslarning huquqlarini buzishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar bo’lmasligi kerak.
5.7.    Onlayn xizmatdan foydalanishda foydalanuvchilar har qanday ma’lumot va/yoki intellektual mulk obyektlarini saqlash, joylashtirish, uzatish yoki boshqa yo’l bilan tarqatish huquqiga ega emaslar, agar bunday harakatlar uchinchi shaxslarning huquqlarini, shu jumladan shaxsga oid ma’lumotlarni himoya qilish huquqlarini buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lsa.
5.8.    Foydalanuvchilar tomonidan foydalanish cheklangan yoki uchinchi shaxslarga tegishli bo’lgan ma’lumotlar va/yoki intellektual mulk obyektlari aniqlangan taqdirda, foydalanuvchi Ma’muriyatga murojaat qilishi va foydalanuvchi uchinchi shaxslarning huquqlarini buzgan deb hisoblagan ma’lumotlar va/yoki intellektual mulk obyektlarining Internet manzilini ko’rsatgan holda huquqbuzarlik to’g’risida xabar berish majburiyatini oladi.
5.9.    Onlayn xizmatdan foydalanishda foydalanuvchilarga O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalarini yoki foydalanuvchi joylashgan boshqa davlat qonunchiligini, shuningdek xalqaro huquqning tegishli normalarini buzadigan yoki buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan har qanday harakatlarni amalga oshirish ta’qiqlanadi.
5.10.    Onlayn xizmatdan foydalanish orqali foydalanuvchi tomonidan olingan har qanday materiallar foydalanuvchining o’z xavf-xatar doirasida foydalaniladi. Foydalanuvchi ushbu materiallarni yuklash va ulardan foydalanish natijasida kompyuterga, mobil qurilmaga yoki boshqa qurilmaga va/yoki ma’lumotlarga yetkazilishi mumkin bo’lgan har qanday zarar yoki yo’qotish uchun mustaqil ravishda javobgardir. Shu bilan birga, Ma’muriyat ushbu shartnomaning shartlari buzilgan taqdirda istalgan vaqtda onlayn xizmatdan yoki uning bir qismidan foydalanish imkoniyatini to’xtatib turish yoki foydalanuvchiga qonun hujjatlari talablariga yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishga qaratilgan boshqa choralarni qo’llash huquqini o’zida saqlab qoladi.
5.11. 2.4-bandga muvofiq, Ma’muriyat, shu jumladan quyidagi hollarda, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Foydalanuvchining xatti-harakatlarini bloklashi, Foydalanuvchi akkauntini to’xtatib turishi yoki tugatishi mumkin, agar Foydalanuvchi:
• Boshqa shaxslarning shaxsiy ma’lumotlaridan tegishli ruxsatsiz foydalansa.
• Moliyaviy operatsiyalarni nomuntazam amalga oshirsa.
• Hisobdagi salbiy balansni saqlasa.
• Spam yuborish bilan shug’ullansa, firibgarlik buyurtmalari va hisoblarini yaratsa.
• Akkauntdan Foydalanuvchi shartnomasi qoidalariga zid maqsadlarda foydalansa.
• Onlayn xizmatning yomonlashuviga olib keladigan yoki Haydovchilar ishini buzishga olib keladigan qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirsa.
• Shaxsiy manfaatlar uchun safar shartlarini o’zgartirishga urinib, Ma’muriyat ishonchini suiiste’mol qilsa.
• Aksiyalar, chegirmalar va dasturlarni suiiste’mol qilsa va ularning qoidalariga rioya qilmasa.
• Safar masofasi ma’lumotlarini soxtalashtirsa.
• Onlayn xizmatlardan foydalanish uchun botlardan yoki avtomatlashtirilgan mexanizmlardan foydalansa.
• Taqiqlangan tovarlarni tashish yoki yetkazib berishda ishtirok etsa.
• Akkaunt yaratish uchun soxta hujjatlardan foydalansa.
• Haydovchilarga, boshqa foydalanuvchilarga, xodimlarga yoki Ma’muriyat vakillariga nisbatan hurmatsizlik qilsa.
• Ma’muriyat uchun moliyaviy va obro’ga xavf tug’diruvchi boshqa noqonuniy harakatlarni amalga oshirsa.

Ushbu holatlar, 5.9-bandni hisobga olgan holda, qonunchilik hujjatlari, qonunosti hujjatlari va inson huquqlarining buzilishi mumkin bo’lgan holatlar, shuningdek, Ma’muriyatga da’vo taqdim qilish yoki foydalanuvchining xatti-harakatlari natijasida uni javobgarlikka tortish imkoniyatini bilan birgalikda, Ma’muriyat tomonidan bunday choralarni ko’rishi uchun sabab bo’la oladi.
5.12. Foydalanuvchi qo’llab-quvvatlash xizmatiga akkauntning to’xtatib turilishi yoki bloklanishini olib tashlash uchun so’rov yuborishi, shu orqali Onlayn xizmatlarga kirishni tiklashi mumkin. Keyinchalik Ma’muriyat tergov boshlashi va so’rov bo’yicha qaror qabul qilishi mumkin. So’rovni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, Ma’muriyat o’z qarorini asoslashga majbur emas.
5.13. Agar Foydalanuvchi 24 soat ichida buyurtma so’rovlarini qayta-qayta bekor qilsa, ogohlantirish sifatida uning akkaunti avtomatik ravishda vaqtincha to’xtatilishi mumkin. Bunday turdagi bir nechta ogohlantirishlardan so’ng, akkaunt uzoqroq muddatga to’xtatilishi mumkin. Avtomatik blokirovka qilingan taqdirda, akkaunt Ma’muriyat tomonidan belgilangan blokirovka muddati yakunlanguniga qadar tiklana olmaydi.

6. XIZMATLAR UCHUN TO’LOV, PROMO-KODLAR

6.1.    Hamkor xizmatlari uchun to’lov foydalanuvchilar tomonidan mobil ilovada va/yoki veb-saytda joylashtirilgan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmatlarga talab/taklifning oshishi davrida (yo’l, ob-havo sharoiti, kunning vaqti va boshqalarga qarab) dinamik koeffitsient qo’llanilishi mumkin, ya’ni foydalanuvchiga xizmatlarning tavsiya etilgan qiymati taklif etiladi. Dinamik koeffitsient avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi va real vaqtda tahrirlanadi. Foydalanuvchi buyurtmani tasdiqlash orqali tavsiya etilgan qiymatga rozi bo’lish yoki xizmatlarning tavsiya etilgan narxini o’zgartirish orqali rad etish huquqiga ega. Yo’nalishni o’zgartirganda yoki yo’lovchini uzoq kutishda xizmatlar narxi tariflarga muvofiq qayta hisoblab chiqiladi. Hamkor tomonidan allaqachon qabul qilingan buyurtma bo’yicha yo’nalish o’zgartirilganda, xizmatlarning narxi pasaytirish orqali qayta hisoblab chiqilmaydi.
6.2.    Foydalanuvchi xizmatlar uchun to’lovni to’g’ridan-to’g’ri hamkorga to’laydi. To’lov foydalanuvchi tomonidan naqd pul ko’rinishida naqd pulni xizmat ko’rsatgan hamkorga uzatish orqali amalga oshirishi mumkin.
6.3.    Foydalanuvchi bank kartasi bilan Mobil ilova orqali hamkor xizmatlari uchun to’lovni amalga oshirishi mumkin. Ma’muriyat foydalanuvchilarning bank kartalari ma’lumotlarini saqlamaydi va vakolatli bo`lmagan uchinchi shaxslarga topshirmaydi.
6.4.    Foydalanuvchi Hamkorlarga Xizmatlar uchun toʻlovni Mobil ilova orqali Google Pay, Apple Pay ilovalaridan foydalangan holda ham, tegishli mobil ilovalar uning mobil qurilmasiga yuklab olinishi sharti bilan amalga oshirishi mumkin,
6.5.    Foydalanuvchi bank kartasi yoki Google Pay, Apple Pay orqali to’lovni amalga oshirgan taqdirda, Uklon hamkorlariga Xizmatlar uchun to`lovdan tashqari, Xizmatlarni taqdim etish tugallangandan so’ng Uklon Hamkorlariga choy-chaqa (Xizmatlar narxidan ortiq mablag’) berish imkoniyatiga ega, agar Foydalanuvchi Hamkor tomonidan bajarilgan Buyurtmani 4 dan 5 yulduzgacha baholagan bo’lsa.
6.6. Ma’muriyatning Xizmatlar narxi va to’lovi bo’yicha vazifa va javobgarligi Xizmatlarning tavsiya etilgan narxini aniqlash, Xizmatlar uchun Hamkor foydasiga to’lanishi kerak bo’lgan narxni kelishish jarayonini texnik tashkil etish, Foydalanuvchilarga kelishilgan narx va Foydalanuvchilardan bank kartalari yordamida to’lovlarni qabul qilishni ta’minlashda axborot yordamini ta’minlash bilan cheklangan. Bank kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish va o‘tkazish tegishli xizmatlarni ko‘rsatishga vakolatli bo’lgan tegishli to‘lov tizimlari tomonidan amalga oshiriladi.
6.7. Foydalanuvchilarning Onlayn xizmatga qiziqishini oshirishga qaratilgan reklama tadbirlari va aksiyalarini o’tkazishda va yangi foydalanuvchilarni jalb qilish uchun Ma’muriyat foydalanuvchilarga foydalanuvchilar buyurtmalarni joylashtirishda foydalanishi mumkin bo’lgan promo-kodlarini taqdim etishi mumkin; promo-kod dan foydalanish uchun foydalanuvchi uni Mobil ilovadagi “Promo-kod qo‘shish” maydoniga kiritishi kerak.
6.8. Foydalanuvchi promo-kodlarni nusxalash, sotish, uzatish yoki chop etish mumkin emasligiga rozilik beradi; promo-kodlar istalgan vaqtda va har qanday sababga ko’ra Ma’muriyat tomonidan noqonuniy deb topilishi yoki bekor qilinishi mumkin; promo-kodlardan faqat bunday promo-kodlar uchun belgilangan muayyan shartlarga muvofiq foydalanish mumkin; promo-kodlar almashtirilmaydi yoki qaytarilmaydi, yo’qolgan yoki amal qilish muddati tugagan taqdirda promo-kod tiklanmaydi; promo-kodni pul yoki boshqa tovarlar bilan almashtirishga yo’l qo’yilmaydi; har bir safar uchun faqat bitta promo-koddan foydalanish mumkin.
6.9. Hamkorlarga Xizmatlar uchun to’lov Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilovaning «To’lov” bo’limidagi balans («Balans») yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Balans – Mobil ilovaning maxsus funksiyasi bo’lib, bunda Foydalanuvchi uchun virtual mablag’lar miqdorlari mavjud bo’lishi mumkin, chunki:
• Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilova orqali xarid qilingan Xizmatlardan foydalanish rad etgan va foydalanuvchi tomonidan bank kartasi orqali to’langan mablag’lari unga Balansga o`tkazish orqali qaytarilgan. Agar bank kartasi orqali to’lov amalga oshirilgan bo’lsa, qaytariladigan mablag’lar miqdori to’lov miqdoriga teng bo’ladi;
• Mablag’lar boshqa sabablar tufayli Ma`muriyatning ixtiyoriga ko`ra Foydalanuvchiga taqdim etildi.
6.10 Foydalanuvchi Balansdagi mablag’larni unga qaytarilishini, naqd pulda to’lanishini yoki Xizmatlar uchun to’lovdan tashqari boshqa yo’l bilan uning ixtiyoriga berilishini talab qilishga haqli emas.
6.11 Foydalanuvchi Balansdagi mablag’larni uchinchi shaxsga o’tkazilishini yoki Xizmatlar uchun to’lovdan tashqari boshqa maqsadlarda uchinchi shaxsga taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.
6.12 Balansdagi mablag‘lar elektron pul, depozit yoki boshqa tarzda Ma’muriyat Foydalanuvchi nomidan ushlab turadigan mablag‘lar sifatida ko‘rilmaydi.
6.13 Balansdagi mablag’lar faqat O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun mavjud.
6.14. Agar Foydalanuvchi Balansni birlamchi to’lov usuli sifatida tanlamagan bo’lsa ham, Mobil ilovadan foydalanish va undan keyin to’lash natijasida Foydalanuvchi qarzdor bo’lgan har qanday mablag`larni Ma`muriyat Foydalanuvchi Balansidan ushlab qolishi mumkin.

 

7.    MA’MURIYAT HUQUQLARI VA KAFOLATLARI

7.1. Ma’muriyat shuni kafolatlaydiki, u o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanuvchilarga Onlayn xizmat va mobil ilovadan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun barcha zarur va tegishli intellektual mulk huquqlariga ega, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Onlayn xizmat, mobil ilova, ularning har qanday komponentlari, shu jumladan dastur kodi, raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar va ularning kombinatsiyasi ko’rinishidagi boshqa elektron ma’lumotlar, dizayn elementlari, matn, grafikalar, rasmlar, videoma’lumotlarga va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo’lgan intellektual mulk huquqlari kiradi.
7.2.    Ushbu shartnomada onlayn xizmat, mobil ilova yoki ularning tarkibiy qismlariga bo’lgan mulk huquqlarini har qanday uchinchi shaxsga o’tkazish ko’zda tutilmagan. Ma’muriyat foydalanuvchiga onlayn xizmatdan va unda mujassam etgan intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish uchun mutlaq bo’lmagan huquqlarni beradi, aynan ularni to’liq yoki qisman o’z kompyuterida va/yoki mobil yoki boshqa qurilmada, har bir qurilmada bitta nusxada, foydalanish, ommaviy ijro va ommaviy namoyish etish.
7.3.    Ushbu shartnomaning tuzilishi har qanday uchinchi shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzmaydi. Foydalanuvchining onlayn xizmatdan foydalanishi bilan bog’liq uchinchi shaxslar tomonidan biron bir e’tiroz yuzaga kelgan taqdirda, Ma’muriyat bunday e’tirozlarni mustaqil ravishda va o’z hisobidan hal qilishga majburdir.

 

8.    MA’MURIYAT JAVOBGARLIGINI CHEKLASH

8.1. Ma’muriyat hayot va sog’liqqa yetkazilgan zarar, to’g’ridan-to’g’ri va/yoki bilvosita yo’qotishlar, moddiy va/yoki ma’naviy zarar, foydalanuvchi tomonidan onlayn xizmatga, veb-saytga va/yoki mobil ilovaga joylashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish yoki foydalanmaslik natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar yoki yo’qotishlar, hamkorlar tomonidan foydalanuvchilarga xizmatlarni taqdim etmaslik yoki lozim darajada taqdim etmaslik munosabati bilan onlayn xizmatdan foydalana omaslik yoki bunday imkoniyatdan foydalanmaslik; hamkorlarning har qanday harakati yoki harakatsizligi; hamkorlarda biron bir vakolat, ruxsatnomalar, litsenziyalar, tasdiqlarning mavjudligi yoki yo’qligi, bunday shaxslar uchun maxsus huquqiy maqomning mavjudligi yoki yo’qligi va boshqalar; onlayn xizmatdan foydalanish natijasida foydalanuvchi ma’lumotlarini ruxsatsiz tarqatish, o’zgartirish yoki yo’q qilish uchun javobgar emas.
8.2.    Onlayn xizmat, veb-sayt, mobil ilova foydalanuvchilar tomonidan «as is» (qanday bo’lsa) asosida foydalanish va ko’rish uchun taqdim etiladi. Onlayn xizmat, veb-sayt, mobil ilova foydalanuvchining umidlariga mos kelishi va/yoki onlayn xizmatga kirish muammosiz, ishonchli va xatosiz taqdim etilishi uchun ma’muriyat foydalanuvchi oldida javobgar emas. Ma’muriyat onlayn xizmatni, veb-saytni, mobil ilovani yoki uning biron bir qismini va/yoki onlayn xizmatdan foydalanish imkoniyatini o’zgartirish, vaqtincha yoki to’liq to’xtatish uchun javobgar emas. Onlayn xizmatning ishlashi va undan foydalanish fors-major holatlari va boshqa omillar tufayli cheklanishi yoki vaqtincha to’xtatilishi mumkin, ularning oldini olish yoki bartaraf etish Ma’muriyatning imkoniyatlari doirasidan tashqarida.
8.3.    Ma’muriyat har doim har qanday onlayn xizmat foydalanuvchisi, mobil ilova, shuningdek veb-saytga tashrif buyuruvchilarning o’zining faoliyatiga oid istaklari va takliflarini inobatga olishga tayyor.

 

9. YAKUNIY QOIDALAR

9.1.    Mazkur shartnoma O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi. Ushbu shartnoma bilan hal etilmagan masalalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinishi lozim.
9.2.    Ushbu shartnoma bilan tartibga solinadigan munosabatlardan kelib chiqishi mumkin bo’lgan barcha nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan nizolar bo’yicha sud yoki boshqa organlarga topshirilgan da’vo arizalari, arizalar, shikoyatlar va boshqa protsessual hujjatlar Ma’muriyatning joylashgan joyidagi sudlar yoki tegishli organlar tomonidan ko’rib chiqiladi. Ushbu shartnomaning matni bo’yicha hamma joyda, agar boshqacha ko’rsatilmagan bo’lsa, «Qonunchilik» atamasi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligini anglatadi.
9.3.    Ushbu shartnomada hech narsa foydalanuvchi va Ma’muriyat o’rtasida agentlik munosabatlari, topshiriqlar, sheriklik munosabatlari, qo’shma faoliyat munosabatlari, mehnat munosabatlari yoki ushbu shartnomada bevosita ko’zda tutilmagan boshqa munosabatlarni o’rnatish deb tushunilmaydi.
9.4.    Agar biron sababga ko’ra ushbu shartnomaning bir yoki bir nechta qoidalari haqiqiy emas deb topilsa yoki qonuniy kuchga ega bo’lmagan deb topilsa, bu ushbu shartnomaning qolgan qoidalarining amal qilish muddati yoki qo’llanilishiga ta’sir qilmaydi.
9.5.    Har qanday foydalanuvchi shartnomaning qoidalarini buzgan taqdirda Ma’muriyatning harakatsizligi Ma’muriyatni keyinchalik o’z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli choralar ko’rish huquqidan mahrum qilmaydi, shuningdek kelajakda bunday yoki shunga o’xshash qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda Ma’muriyatning o’z huquqlaridan voz kechishini belgilamaydi.
9.6.    Ushbu shartnoma rus va o’zbek tillarida ikkita versiyada tuzilgan. Agar ushbu hujjatning rus va o’zbek versiyalari o’rtasida nomuvofiqlik bo’lsa, rus tilidagi versiyaning qoidalari ustunlik qiladi.

 

10. REKVIZITLAR:

«UKLON UB» XK MChJ,
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Oliy ximmat ko’chasi
STIR 310448243,
Telefon: +998 781139995
E-mail: uz.uklon1@uklon.eu 
Tuzatish 20.09.2023 yildan kuchga kiradi.

«Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va

himoya qilish toʻgʻrisida»gi

 

Nizom

Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash va himoya qilish toʻgʻrisidagi ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda “Nizom” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi O‘RQ-547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda “Qonun” deb yuritiladi) muvofiq shaxsiy ma’lumotlarning operatori va mulkdori bo‘lgan “UKLON UB” Masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Xorijiy korxona, STIR 310448243, yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Oliy Himmat ko‘chasi, (keyingi o‘rinlarda “Biz” deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan va ushbu Qonun bilan tartibga solinadi.

Bizning ustuvor vazifalarimizdan biri shaxsiy ma’lumotlaringizni izchil va samarali himoya qilishdir, shuning uchun Biz shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizlikda boʻlishi uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

Ushbu Nizom orqali Biz Sizga aynan qanday shaxsiy ma’lumotlarni va qanday tarzda qayta ishlashimiz, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishning maqsadlari va vositalari haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Mazkur Nizomda quyida keltirilgan atamalar quyidagi ma’nolarda qo‘llaniladi:

      • Shaxsga doir ma’lumotlar – elektron, qog‘oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida qayd etilgan, muayyan shaxsga tegishli yoki uni identifikasiyalash imkonini beruvchi ma’lumot;

      • Shaxsiyga doir ma’lumotlarni qayta ishlash – shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, qo‘llash, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlantirish va yo‘q qilishga doir bir yoki bir nechta harakatlarni amalga oshirish;

      • Foydalanuvchi (shaxsiy ma’lumotlar subyekti) – shaxsga doir ma’lumotlar tegishli boʻlgan “Uklon” Mobil ilovasidan foydalangan holda Buyurtma joylashtirgan har qanday toʻliq layoqatli jismoniy shaxs;

      • Hamkor (shaxsiy ma’lumotlar subyekti) – transport vositalarida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshiruvchi, Veb-saytda joylashtirilgan “Uklon Driver” Mobil ilovasidan foydalanishni ta’minlash uchun Ommaviy ofertani qabul qiluvchi (akseptlovchi) yuridik yoki oʻzini oʻzi band qiluvchi shaxs;

      • Buyurtma – Foydalanuvchining Hamkorning yengil transport vositasi yordamida yo‘lovchilarni tashish, kichik hajmli yuklarni yengil transport vositasi yordamida tashish boʻyicha xizmatlarni, shuningdek vaqti-vaqti bilan “Uklon” va “Uklon Driver” Mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlarni olish uchun kerakli rekvizitlar boʻyicha struklashtirilgan so‘rovi (arizasi);

      • Xizmatlaryengil transport vositasi yordamida yo‘lovchilarni tashish, kichik hajmli yuklarni yengil transport vositasi yordamida tashish boʻyicha xizmatlar, shuningdek vaqti-vaqti bilan “Uklon” va “Uklon Driver” Mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlar Ushbu Nizomning hech bir qoidasi Biz xizmatlarni taqdim etishimiz yoki taqdim etishimiz mumkinligini koʻzda tutmaydi yoki anglatmaydi.

      • Veb-sayt – Internet tarmogʻidagi quyidagi manzilga ega veb-sahifa: www.uz.uklon.eu. Veb-sayt dasturiy mahsulotlarga tegishli boʻlgan kompyuterda dasturlash natijasidir;

      • Mobil ilova – iOS, Android elektron qurilmalari uchun moʻljallangan “Uklon” yoki “Uklon Driver” nomli mobil ilova ko‘rinishidagi EHM uchun dasturning nusxasi, u Biz tomondan mos ravishda Foydalanuvchi yoki Hamkorga ”Uklon” yoki “Uklon Driver” Onlayn-xizmatlaridan foydalanish uchun vosita sifatida taqdim etiladi.

      • Uchinchi shaxs – shaxsiy ma’lumotlarning subyekti, mulkdori va (yoki) operatori hisoblanmagan, biroq ular bilan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga doir holatlar yoki munosabatlar orqali bog‘liq bo‘lgan har qanday shaxs.

Ushbu Nizom Biz tomondan Veb-sayt, Mobil ilovalar, shuningdek, ushbu Nizomda quyida koʻrsatilgan boshqa manbalar orqali toʻplanadigan va qayta ishlanadigan Foydalanuvchilar va Hamkorlarning shaxsiy ma’lumotlarining barcha turlariga taalluqlidir. Veb-saytdan foydalanish va «Uklon» yoki «Uklon Driver» Mobil ilovalarida roʻyxatdan oʻtish bilan Siz ushbu Nizomni oʻqib chiqqanligingizni va tushunganingizni tasdiqlaysiz, kafolatlaysiz va Biz tomondan ushbu Nizomga muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlanishiga soʻzsiz roziligingizni bildirasiz. Agar Siz ushbu Nizom bilan toʻliq hajmda rozi boʻlmasangiz, Veb-sayt va/yoki Mobil ilovalardan foydalanmang.

Biz vaqti-vaqti bilan ushbu Nizomni toʻldirishimiz yoki boshqa tarzda oʻzgartirishimiz mumkin. Biz ushbu Nizomga oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirishlar kiritishimiz mumkin, shuning uchun Veb-saytda joylashtirilgan ushbu Nizomni muntazam ravishda tekshirib turishni tavsiya qilamiz va shu tarzda Siz Nizomga har qanday oʻzgarishlarni kiritishga rozilik bildirasiz. Biz ushbu Nizomga biron bir muhim qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar kiritilishi haqida Sizni xabardor qilishimiz mumkin. Agar Siz kiritilgan yoki kelajakda kiritilishi mumkin boʻlgan har qanday ahamiyatli va boshqa qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar bilan rozi boʻlmasangiz, Veb-sayt va/yoki Mobil ilovalardan foydalanmang.

Mazkur Nizom rus va o‘zbek tillarida ikki nusxada yozilgan. Ushbu hujjatning rus va o‘zbek tillaridagi tahrirlari o‘rtasida nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda, rus tilidagi tahriri qoidalari ustuvor kuchga ega boʻladi.

Biz qanday shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlaymiz?

Siz Bizga taqdim etgan shaxsga doir ma’lumotlarni

A) “Uklon” Mobil ilovasi foydalanuvchilari.

Siz Bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaymiz, xususan:

– “Uklon” Mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtishda majburiy tartibda taqdim etilgan telefon raqamingiz;

– “Uklon” Mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtishda yoki roʻyxatdan oʻtgandan keyin ixtiyoriy ravishda taqdim etiladigan Sizning ismingiz, jinsingiz va tugʻilgan sanangiz.

Shuningdek, Biz Siz qoʻllab-quvvatlash xizmatimiz bilan bogʻlanshingiz yoki boshqa aloqa kanallari orqali (masalan, ijtimoiy tarmoqlar orqali) Bizga murojaat qilishingiz kerak boʻlgan hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlaymiz.

Siz Bizga shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etadigan boshqa holatlar ham mavjud. “Uklon” Mobil ilovasida shaxsiy sozlamalarni saqlash, oldingi buyurtmalarni ko‘rish, kelajakdagi buyurtmalarni rejalashtirish va joriylarini boshqarish imkonini beruvchi hisob qaydnomasini (akkaunt) yaratishingiz mumkin.

Reklama aksiyalarda yoki oʻyinlarda ishtirok etish orqali – Siz, shuningdek, Bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni ham taqdim etasiz. Bundan tashqari, Siz Veb-sayt va “Uklon” Mobil ilovasi haqida bizga fikr-mulohazalaringizni yuborishingiz, fikringiz bilan boʻlishishingiz yoki Veb-sayt yoki “Uklon” Mobil ilovasidan foydalanish boʻyicha yordam soʻrashingiz mumkin.

B) Hamkorlar (“Uklon Driver” Mobil ilovasi foydalanuvchilari).

Bizga Siz majburiy tartibda Bizga taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlaymiz, xususan:

– Biz bilan Ommaviy ofertani aksept yoʻli bilan tuzish vaqtida “Uklon” xizmatidan foydalanish va uni targʻibot qilish shartlarini ta’minlash uchun ism, familiya, telefon raqami, transport vositasi haqidagi ma’lumotlar (rusumi, modeli, ishlab chiqarilgan yili, rangi, davlat roʻyxatidan oʻkazilgan raqamlari), transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning ma’lumotlari, Hamkor shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari (pasport, shaxsiy guvohnoma, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki boshqa hujjat), Hamkorning haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlari va transport vositasining oltita (6) chop etilgan fotosurati.

Shuningdek, Biz Siz qoʻllab-quvvatlash xizmatimiz bilan bogʻlanashingiz yoki boshqa aloqa kanallari orqali (masalan, ijtimoiy tarmoqlar orqali) Bizga murojaat qilishingiz kerak boʻlgan hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlaymiz.

Siz Bizga shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etadigan boshqa holatlar ham mavjud. “Uklon” Mobil ilovasida shaxsiy sozlamalarni saqlash, oldingi buyurtmalarni ko‘rish, kelajakdagi buyurtmalarni rejalashtirish va joriylarini boshqarish imkonini beruvchi hisob qaydnomasini (akkaunt) yaratishingiz mumkin.

Reklama aktsiyalarda yoki oʻyinlarda ishtirok etish orqali – Siz, shuningdek, Bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni ham taqdim etasiz. Bundan tashqari, Siz Veb-sayt va “Uklon” Mobil ilovasi haqida bizga fikr-mulohazalaringizni yuborishingiz, fikringiz bilan boʻlishishingiz yoki Veb-sayt yoki “Uklon” Mobil ilovasidan foydalanish boʻyicha yordam soʻrashingiz mumkin.

Biz avtomatik tarzda qayta ishlaydigan ma’lumotlar

Biz ma’lum bir ma’lumotlarni qayta ishlashimiz mumkin, ular orasida Sizning IP-manzilingiz, Xizmatlardan foydalangan sana va vaqtingiz, apparat va dasturiy ta’minot ma’lumotlari, Siz foydalanayotgan Internet-brauzer, shuningdek, kompyuteringiz, mobil yoki boshqa qurilmangizning operatsion tizimi haqidagi ma’lumotlar (masalan, ilova versiyalari va til sozlamalari) mavjud. Shuningdek, Biz koʻrsatgan sahifalarni bosishlar haqida ham ma’lumot toʻplashimiz mumkin. Bu bilan, siz shaxsiy ma’lumotlaringizni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlashga rozilik berasiz.

Siz mobil qurilmadan foydalanganingizda, Biz ushbu qurilmani, uning sozlamalari va xususiyatlarini, joylashgan joyi maʼlumotlarini, dasturning ishlash vaqtidagi uzilishlarni, boshqa tizim operatsiyalari va Sizning reklama identifikatorlaringizni identifikatsiyalovchi maʼlumotlarni ham olishimiz mumkin. Siz mobil ilova orqali buyurtmani amalga oshirganingizda, Bizning tizimimiz u qaysi vositalar yordamida amalga oshirilganligi yoki qaysi veb-saytlardan Mobil ilovalarga kirganingizni qayd qiladi.

Mobil ilovalar mobil qurilmangizdagi turli xizmatlar va ma’lumotlardan foydalanishi mumkin, xususan, lekin bu bilan cheklanmagan holda: telefon kitobi (kontaktlar), joylashish joyi va ma’lumotalrni saqlash tashqi qurilmalariga (xotira kartalari). Har qanday holatda, Sizning mobil qurilmangiz xizmatlaridan foydalanish faqat Bizning push-xabarimizga (suzib chiquvchi bildirishnoma) javoban alohida roziligingizni bergan taqdirdagina mumkin boʻladi.

Yuqoridagi ma’lumotlar turlari har doim ham shaxsiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olmasligi mumkin (ya’ni sizni identifikatsiyalovchi yoki identifikatsiyalashi mumkin boʻlgan ma’lumotlar). Ushbu ma’lumotlarning bir qismi shaxsga doir boʻlmagan ma’lumotlarni tashkil qilishi mumkin (ya’ni sizni identifikatsiya qilmaydigan va qila olmaydigan ma’lumotlar).

Siz Bizga taqdim etadigan boshqa shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari

Uklon” Mobil ilovasi foydalanuvchilari.

Albatta, siz nafaqat oʻzingiz uchun buyurtmalar berishingiz mumkin. Bizga Telefon raqami va ismini koʻrsatgan holda, istalgan shaxs uchun tashish xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin. Bundan tashqari, yetkazib berish xizmatiga buyurtma berishda Siz Bizga qabul qiluvchining shaxsiy ma’lumotlarini, xususan: qabul qiluvchining telefon raqami va yetkazib berish manzilini taqdim etasiz. Biroq, shu borada shuni ta’kidlashimiz kerakki, Siz shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etgan shaxs siz buni qilganingizni bilishi, shaxsiy ma’lumotlardan qanday foydalanishimizni tushunganligi va rozilik berganligi uchun javobgarsiz (ushbu Nizomda koʻrsatilganidek).

Buning uchun Siz bunday shaxs bilan Veb-saytda mavjud boʻlgan Nizomga havolani oldindan boʻlishishingiz shart va bu bilan Siz buni amalga oshirganligingizni, bunday shaxsning uning ma’lumotlarini ushbu Nizomda bayon etilgan shartlarga muvofiq qayta ishlashga soʻzsiz roziligini olganligingizni tasdiqlaysiz va soʻrov boʻyicha Bizga bunday rozilik berasiz.

Boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar

Ushbu turdagi ma’lumotlar baholar yoki sharhlar kabi Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini, yoki da’volar yoki nizolar bilan bogʻliq ma’lumotlarni taqdim etuvchi Foydalanuvchilar yoki boshqa shaxslardan olingan ma’lumotlarni, moliyaviy sheriklardan (moliyaviy xizmatlarni yetkazib beruvchi provayderlar) olingan ma’lumotlarni va ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Biz ushbu manbalardan toʻplangan ma’lumotlarni Bizning tasarrufimizda boʻlgan boshqa ma’lumotlar bilan birlashtirishimiz mumkin.

Nima uchun biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlaymiz?

Biz quyida koʻrsatilgan maqsadlar uchun quyidagi shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlaymiz. Xususan, Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz quyidagicha foydalanilishi mumkin:

A) “Uklon” mobil ilovasi Foydalanuvchilari

– Buyurtmalarni joylashtirish: Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan “Uklon” mobil ilovasida yoʻlovchilarni tashish va/yoki yetkazib berish boʻyicha buyurtmalaringizni joylashtirish va Hamkorlar tomonidan tegishli buyurtmalarni bajarilishi maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizni Hamkorlarga uzatish uchun foydalanamiz. Shaxsiy maʼlumotlaringizni boshqa hollarda, faqat alohida rozilik olingan taqdirda, Hamkorlarga uzatishimiz mumkin.

Qoʻllab-quvvatlash xizmati: Biz tunu-kun (24/7) mijozlarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaymiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizga ega boʻlgan holda qoʻllab-quvvatlash xizmati jamoasi Sizga buyurtma berishingizda yordam beradi, tegishli savollarga javob beradi, hamda boshqa har qanday savollarga javob beradi.

– Hisob qaydnomasi (akkaunt): Foydalanuvchi Mobil ilovada hisob qaydnomasini yaratganda, Biz hisob qaydnomasini boshqarish uchun Foydalanuvchi bizga taqdim etgan ma’lumotlardan foydalanamiz.

– Marketing: Shuningdek, Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan (telefon raqamingiz va elektron pochta manzilingiz) ma’lumotlar, yangiliklar bilan xatlat, reklama va promo- materiallarini yuborish (joʻnatish) uchun foydalanamiz. Reklama aktsiyalarida ishtirok etgan taqdirda, tegishli ma’lumotlar ushbu aktsiyalarni boshqarish uchun ishlatiladi. Shuningdek, biz Mobil ilovada va/yoki Veb-saytda ma’lumotlar, yangiliklar bilan xatlat, reklama va promo- materiallarini joylashtiramiz.

Siz uz.uklon1@uklon.eu elektron pochta manziliga tegishli xabarni yuborish orqali ma’lumotlar, yangiliklar bilan xatlat, reklama va promo- materiallarini olish (joʻnatish)ni rad etishga haqlisiz.

– Siz bilan muloqot qilish: Bizga tqadim etgan aloqa uchun ma’lumotlaringiz turiga qarab, boshqa masalalar boʻyicha Siz bilan telefon va/yoki elektron pochta orqali ham murojjat qilishimiz mumkin. Shuningdek, Biz tomondan yuborilgan barcha soʻrovlarni qayta ishlash uchun butun kuchimizni sarflaymiz.

– Qoʻngʻiroqlarni kuzatish: Siz qoʻllab-quvvatlash xizmatiga qoʻngʻiroq qilganingizda, Biz Sizning telefon raqamingizni Buyurtmangiz bilan aniqlash uchun raqamni avtomatik aniqlash tizimidan foydalanamiz – bu Sizga ham, Bizga ham vaqtni tejash imkonini baradi. Xizmat xodimlari bilan suhbatlar real vaqt rejimida eshitilishi yoki xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish va jamoamizni keyingi oʻqitish maqsadida yozib olinishi mumkin. Yozuvlar ularni qayta ishlash maqsadiga muvofiq cheklangan vaqt davomida saqlanadi va agar Biz ularni uzoqroq saqlash zarur deb hisoblamasak (zarur boʻlgan hollarda, shu jumladan, qonunchilikning buzilishi bilan bogʻliq ishlarni tergov qilish maqsadida) avtomatik ravishda oʻchiriladi. Telefon suhbatlarining barcha yozuvlaridan ushbu Nizomga muvofiq foydalaniladi. Bu bilan, Siz va Bizning oʻrtamizdagi telefon suhbatlarini eshitish va yozib olish va tegishli shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga Siz soʻzsiz rozilik bildirasiz.

– Sizning Mobil qurilmangiz xizmatlaridan foydalansh: “Uklon” Mobil ilovasi mobil qurilmangizning turli xizmatlari va maʼlumotlaridan, xususan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, telefon kitobi (kontaktlar), joylashuvi va tashqi ma’lumotlarni saqalsh qurilmalaridan (xotira kartalari) foydalanishi mumkin. Mobil qurilmangiz xizmatlaridan foydalanish faqat bizning push-xabarimizga (suzib chiquvchi bildirishnoma) javoban alohida rozilik berilgan taqdirdagina mumkin boʻladi.

«Telefon kitobi (Kontaktlar)» boʻlimi: Telefon kitobingizdagi telefon raqamini Bizga taqdim etish orqali Siz istalgan boshqa shaxsga buyurtma berishingiz uchun ushbu boʻlimdan foydalanish talab qilinadi. Biz telefon kitobi ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga uzatmaymiz, faqat tashish boʻyicha buyurtma qilingan shaxsning telefon raqamini ushbu shaxs uchun buyurtmani bajarish uchun Sherikga uzatish bundan mustasno va Biz ulardan ushbu Nizom bilan koʻzda tutilgan “Uklon” mobil ilovasidan foydalanish bilan bogʻliq masalalardan boshqa maqsadlarda foydalanmaymiz.

• “Joylashuv” boʻlimi: Xizmatlar taqdim etish sifatini ta’minlash maqsadida Biz Sizning joylashgan joyingizdan foydalanish huquqiga egamiz, xususan, Sizning buyurtmangizni bajaradigan avtomobilning joylashgan joyini koʻrsatish. Biz ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatmaymiz, mashinada yurish paytida hayotingiz yoki sogʻligʻingizga tahdidlar mavjudligi ehtimolligi boʻlgan holatlar bundan mustasno va faqat “Uklon” mobil ilovasidagi SOS tugmasini bosganingizdan keyingina.

• “Xotira kartasiga yozish” boʻlimi: Biz telefonning xotira kartasiga buyurtmangiz bilan bogʻliq ba’zi texnik vaqt boʻyicha ma’lumotlarni (kesh) yozib borishimiz mumkin. Biz ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatmaymiz va undan “Uklon” mobil ilovasining uzluksiz ishlashini ta’minlashdan tashqari boshqa maqsadda foydalanmaymiz.

– Tashish paytida hayotingiz va sogʻlig’ingizni muhofaza qilish: agar Siz “Uklon” mobil ilovasida SOS tugmasini bosgan boʻlsangiz mashinada yurib ketayotgan vaqtingizda Sizning hayotingiz yoki sogʻligʻingizni saqlab qolish va/yoki zarar yetkazilishi tahdidining oldini olish maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizni (ism, familiya, telefon raqami, mashinada yurish yoʻnalishi va joylashuvi) favqulodda xizmatlarga uzatishimiz mumkin.

– Yuridik maqsadlar: Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash va ularni vakolatli organlarga uzatish uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik bilan koʻzda tutilgan hollardagina foydalanishimiz mumkin.

B) Hamkorlar (“Uklon Driver” mobil ilovasi foydalanuvchilari)

– Buyurtmalarni bajarish: Agar Siz Buyurtmani bajarishga qabul qilgan boʻlsangiz, Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ularni “Uklon” mobil ilovasi Foydalanuvchisiga uzatish uchun qayta ishlaymiz.

– Qoʻllad-quvvarlash xizmati: Biz Hamkorlarga qoʻllab-quvvatlashni ta’minlaymiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizga ega boʻlgan holda qoʻllab-quvvatlash xizmati jamoasi Sizga yordam beradi va Buyurtmalar bilan bogʻliq barcha savollarga, shuningdek, har qanday savollarga javob beradi.

– Hisob qaydnomasi (akkaunt): Biz “Uklon Driver” mobil ilovasida hisob qaydnomasini boshqarish uchun Siz tomondan Bizga taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanamiz. Biz “Uklon Driver” mobil ilovasidagi sozlamalar va statistik ma’lumotlarga oid ma’lumotlarni xavfsizishonchli tarzda saqlaymiz va uchinchi shaxslarga uzatmaymiz (Buyurtmalarni tanlash uchun filtrlar va algoritmlarni sozlash, bajarilgan Buyurtmalar statistikasi va boshqalar).

– Marketing: Shuningdek, Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan ma’lumotlar, yangiliklar bilan xatlat, reklama va promo- materiallarini yuborish (joʻnatish) uchun foydalanamiz. Reklama aktsiyalarida ishtirok etgan taqdirda, tegishli ma’lumotlar ushbu aktsiyalarni boshqarish uchun ishlatiladi.

Siz uz.uklon1@uklon.eu. elektron pochta manziliga tegishli xabarni yuborish orqali ma’lumotlar, yangiliklar bilan xatlat, reklama va promo- materiallarini olish (joʻnatish)ni rad etishga haqlisiz.

– Siz bilan muloqot qilish: Bizga tqadim etgan aloqa uchun ma’lumotlaringiz turiga qarab, boshqa masalalar boʻyicha Siz bilan telefon va/yoki elektron pochta orqali ham murojjat qilishimiz mumkin. Shuningdek, Biz tomondan yuborilgan barcha soʻrovlarni qayta ishlash uchun butun kuchimizni sarflaymiz.

– Qoʻngʻiroqlarni kuzatish: Siz qoʻllab-quvvatlash xizmatiga qoʻngʻiroq qilganingizda, Biz Sizning telefon raqamingizni Buyurtmangiz bilan aniqlash uchun raqamni avtomatik aniqlash tizimidan foydalanamiz – bu Sizga ham, Bizga ham vaqtni tejash imkonini baradi. Xizmat xodimlari bilan suhbatlar real vaqt rejimida eshitilishi yoki xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish va jamoamizni keyingi oʻqitish maqsadida yozib olinishi mumkin. Yozuvlar ularni qayta ishlash maqsadiga muvofiq cheklangan vaqt davomida saqlanadi va agar Biz ularni uzoqroq saqlash zarur deb hisoblamasak (zarur boʻlgan hollarda, shu jumladan, qonunchilikning buzilishi bilan bogʻliq ishlarni tergov qilish maqsadida) avtomatik ravishda oʻchiriladi. Telefon suhbatlarining barcha yozuvlari ushbu Nizomga muvofiq foydalaniladi. Bu bilan, Siz va Bizning oʻrtamizdagi telefon suhbatlarini eshitish va yozib olish va tegishli shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga Siz soʻzsiz rozilik bildirasiz.

– Sizning Mobil qurilmangiz xizmatlaridan foydalansh: “Uklon” Mobil ilovasi mobil qurilmangizning turli xizmatlari va maʼlumotlaridan, xususan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, telefon kitobi (kontaktlar), joylashuvi va tashqi ma’lumotlarni saqalsh qurilmalaridan (xotira kartalari) foydalanishi mumkin. Mobil qurilmangiz xizmatlaridan foydalanish faqat bizning push-xabarimizga (suzib chiquvchi bildirishnoma) javoban alohida rozilik berilgan taqdirdagina mumkin boʻladi.

  • Joylashuv” boʻlimi: Xizmatlar taqdim etish sifatini ta’minlash maqsadida Biz Sizning joylashgan joyingizdan foydalanish huquqiga egamiz, xususan, joylashgan joyingiz yaqinida joylashgan Buyurtmalar haqida dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik holarlarining oldini olish va aniqlash. “Uklon Driver” mobil ilovasi ustivor boʻlgan (ochiq va ekranda koʻrsatiladigan) yoki fon (ochiq, lekin ekranda koʻrsatilmaydigan) rejimida ishlayotganida joylashgan joyingiz haqidagi ma’lumotlar qayta ishlanadi. Joylashuv ma’lumotlarini qayta ishlashni toʻxtatish uchun Siz “Uklon Driver” ilovasini yopishingiz kerak. Har qanday holatda ham, Biz Sizning joylashuvingiz ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga uztamaymiz.

  • Xotira kartasiga yozish” boʻlimi: Biz telefonning xotira kartasiga Siz tomondan «Uklon Driver» mobil ilovasidan foydalanish bilan bogʻliq ba’zi texnik vaqt boʻyicha ma’lumotlarni (kesh) yozib borishimiz mumkin. Biz ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatmaymiz va ulardan “Uklon Driver” mobil ilovasining uzluksiz ishlashini ta’minlashdan tashqari boshqa maqsadda foydalanmaymiz.

– Avtomobilda qoldirilgan buyumlarni izlash: Buyurtmani bajarish jarayonida avtomobilda qoldirilgan shaxsiy buyumlarni qaytarishda yordam berish maqsadida “Uklon” mobil ilovasi foydalanuvchilariga ismingiz va telefon raqamingiz toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uzatamiz.

Biz sizning telefon raqamingizni “Uklon” mobil ilovasi foydalanuvchilariga sizdan alohida rozilik olingan taqdirda boshqa holatlarda uzatishimiz mumkin.

– Buxgalteriya maqsadlari: Biz sizning familiyangiz, ismingizdan Sizga taqdim etilgan xizmatlarning buxgalteriya va soliq hisobini yuritish maqsadida foydalanamiz.

– Yuridik maqsadlar: Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash va ularni vakolatli organlarga uzatish uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik bilan koʻzda tutilgan hollardagina foydalanishimiz mumkin.

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga qanday tarzda uzatamiz?

Muayyan vaziyatlarda Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga uzatishimiz mumkin.

Ushbu Nizomga muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashga Sizning roziligingiz asosida amalga oshiriladigan har qanday shaxsiy ma’lumotlaringizni uzatish Sizning alohida roziligingizni yoki sizga alohida xabar yuborilishini talab qilmaydi.

A) “Uklon” mobil ilovasi Foydalanuvchilari

– Buyurtmalarni joylashtirish: Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni Hamkorlar tomonidan Sizning buyurtmalaringizning bajarilishi maqsadida Hamkorlarga uzatamiz. Boshqa hollarda, Hamkorning yozma yoki ogʻzaki soʻrovi boʻyicha, Biz Sizning telefon raqamingizni Hamkorga faqat sizning alohida roziligingiz olingan taqdirda uzatishimiz mumkin.

– Xizmatlarni ta’minlovchi uchinchi shaxslar: Qonun manosida shaxsiy ma’umotlarning mulkdorlari deb hisoblanishi mumkin boʻlgan Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni oʻz nomimizdan qayta ishlash uchun uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanishimiz mumkin. Ushbu qayta ishlash turli xil, ammo har doim qonuniy maqsadlarda amalga oshiriladi, masalan, Bizning nomimizdan va Bizning manfaatlarimizda ma’lumotlar va reklama materiallarini joʻnatish uchun. Xizmatlarni mustaqil yetkazib beruvchilari majburiy tarzda maxfiylikka rioya qilishga rozilik bildiradilar va Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan boshqa maqsadlarda foydalana olmaydilar. Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni Bizdan boshqa shaxslar nomidan va uarning manfaatida ma’lumotlar va reklama materiallarini joʻnatish uchun uchinchi shaxslarga uzatmaymiz.

– Vakolatli davlat organlari: Biz shaxsiy ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi, soliq, fiskal va boshqa vakolatli organlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hajmda va hollarda, xususan, jinoiy harakatlar va firibgarlikni oldini olish, aniqlash va toʻxtatish uchun zarur bo‘lganda uzatamiz. Bundan tashqari, tegishli hajmda shaxsiy ma’lumotlar Bizning huquqlarimiz yoki mulkimizni, shuningdek, Hamkorlarning huquqlari va mulkini himoya qilish uchun vakolatli organlarga uzatilishi mumkin.

– Tashish paytida hayotingiz va sogʻlig’ingizni muhofaza qilish: agar Siz “Uklon” mobil ilovasida SOS tugmasini bosgan boʻlsangiz mashinada yurib ketayotgan vaqtingizda Sizning hayotingiz yoki sogʻligʻingizni saqlab qolish va/yoki zarar yetkazilishi tahdidining oldini olish maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizni (ism, familiya, telefon raqami, mashinada yurish yoʻnalishi va joylashuvi) favqulodda xizmatlarga uzatishimiz mumkin.

B) “Uklon” Hamkorlari (“Uklon Driver”mobil ilovasi foydalanuvchilari).

– Buyurtmalarni bajarish: Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni Siz buyurtmasini bajarayotgan “Uklon” mobil ilovasi foydalanuvchilariga uzatamiz.

– Xizmatlarni ta’minlovchi uchinchi shaxslar: Qonun manosida shaxsiy ma’umotlarning mulkdorlari deb hisoblanishi mumkin boʻlgan Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni oʻz nomimizdan qayta ishlash uchun uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanishimiz mumkin. Ushbu qayta ishlash turli xil, masalan, Bizning nomimizdan va Bizning manfaatlarimizda ma’lumotlar va reklama materiallarini joʻnatish uchun. Xizmatlarni mustaqil yetkazib beruvchilari majburiy tarzda maxfiylikka rioya qilishga rozilik bildiradilar va Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan boshqa maqsadlarda foydalana olmaydilar.

– Vakolatli davlat organlari: Biz shaxsiy ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi, soliq, fiskal va boshqa vakolatli organlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hajmda va hollarda, xususan, jinoiy harakatlar va firibgarlikni oldini olish, aniqlash va toʻxtatish uchun zarur bo‘lganda uzatamiz. Bundan tashqari, tegishli hajmda shaxsiy ma’lumotlar Bizning huquqlarimiz yoki mulkimizni, shuningdek, Hamkorlarning huquqlari va mulkini himoya qilish uchun vakolatli organlarga uzatilishi mumkin.

– Avtomobilda qoldirilgan buyumlarni izlash: “Uklon” mobil ilovasi Foydalanuvchilarining yozma yoki ogʻzaki soʻrovi boʻyicha Biz tashish vaqtida avtomobilda qoldirilgan shaxsiy buyumlarni qaytarishda yordam berish maqsadida “Uklon” mobil ilovasi foydalanuvchilariga ismingiz va telefon raqamingiz toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uzatamiz. Boshqa hollarda, “Uklon” mobil ilovasi Foydalanuvchilarining yozma yoki ogʻzaki soʻroviga Biz Sizning telefon raqamingizni ularga faqat sizning alohida roziligingiz olingan taqdirda uzatishimiz mumkin.

– Moliyaviy hamkorlar: Hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadlarida moliyaviy hamkorlar – moliyaviy xizmatlarni yetkazib beruvchilarning tegishli soʻrovlariga koʻra, Biz bajarilgan buyurtmalar tarixini, “Uklon Driver” Mobile ilovasida roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatgan shaxsiy ma’lumotlaringizni, akkauntingizdagi ma’lumotlarni, shuningdek, Siz bilan amalga oshirilgan mashinada bosilgan yoʻl toʻgʻrisida siz bilan aloqa qilish faktini tasdiqlovchi ma’lumotlar, shu jumladan, lekin istisnosiz, elektron pochta va boshqa aloqa vositalari orqali yozishmalarning skrinshotlarini uzatamiz. Bu bilan Siz moliyaviy hamkorlarga yozishmalarning koʻrsatilgan skrinshotlarini oʻz ichiga olgan holda uzatishimizga rozilik bildirasiz va bunday uzatish yozishmalar sirining buzilishi boʻlib hisoblanmasligini tasdiqlaysiz.

Biz nima uchun sizning roziligingizni olamiz va uni qanday qilib chaqirib olish mumkin?

Mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tishda ushbu Nizom shartlarini qabul qilgan holda, Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu Nizomga muvofiq qayta ishlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozilik bildirasiz va bunday rozilik berish orqali siz o‘z xohishingiz va o‘z manfaatlaringiz uchun harakat qilayotganingizni tasdiqlaysiz. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan shaxsiy ma’lumotlar bo’yicha har qanday harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladi, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: toʻplash, tizimlashtirish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), foydalanish, tarqatish ( shu jumladan amalga oshirish yoki uzatish yo‘li bilan), transchegaraviy uzatish, shaxssizlashtirish, yo‘q qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlar bilan har qanday boshqa harakatlarni amalga oshirish.

Bizga ularni qayta ishlash usullarini qoʻllashda cheklanishlar yoʻq. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirish vositalari yordamida amalga oshiriladi.

Yuqorida koʻrsatilgan rozilik, shuningdek, Mobil ilovalarda roʻyxatdan oʻtgan kuni Veb-saytga tashrif buyuruvchilar hamda “Uklon” va “Uklon Driver” mobil ilovalari foydalanuvchilari maʼlumotlar bazasiga kiritilishiga roziligingizni ham oʻz ichiga oladi.

Shaxsiy ma’lumotlarning quyidagi turlari faqat Bizning push-xabarimizga (suzib chiquvchi bildirishnoma) javoban Sizning alohida, soʻzsiz roziligingiz asosida qayta ishlanishi mumkin: joylashuv, telefon kitobi (kontaktlar), xotira kartasiga yozib olish. Bunday alohida rozilikni istalgan vaqtda chaqirib olishingiz mumkin. Agar Siz roziligingizni chaqirib olsangiz, Biz alohida rozilik asosida toʻplagan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni talab qiladigan hech qanday xizmatlar yoki funksiyalardan foydalana olmaysiz.

Siz uz.uklon1@uklon.eu elektron pochta manziliga tegishli xabarni yuborish orqali roziligingizni chaqirib olishingiz mumkin. Iltimos, Biz tomondan javob berilishini tezlashtirish uchun Bizning xabarimizdagi mavzuda “Rozilikni chaqirib olish” ni koʻrsating.

Agar bunday shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish yoki bizning qonuniy manfaatlarimiz yoki shaxsiy ma’lumotlarni uzatish mumkin boʻlgan shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xususan, firibgarlikning oldini olish maqsadlari uchun zarur boʻlsa, Biz shaxsiy ma’lumotlarni oʻchirmaslik yoki yoʻq qilmaslik huquqiga egamiz.

Ba’zi shaxsiy ma’lumotlar “Uklon” va “Uklon Driver” mobile ilovalaridan foydalanish uchun zarur boʻlganligi sababli, bunday shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik chaqirib olingandan soʻng Sizning akkauntingiz oʻchiriladi.

Uklon” mobil ilovasidan foydalanish huquqini “Uklon” mobil ilovasi foydalanuvchilarining quyidagi shaxsiy ma’lumotlarisiz taqdim etib boʻlmaydi:

  • telefon raqami.

Uklon Driver” mobil ilovasidan foydalanish huquqini Hamkorlarning (“Uklon Driver” mobil ilovasi foydalanuvchilari) quyidagi shaxsiy ma’lumotlarisiz taqdim etib boʻlmaydi:

  • ismi, familiyasi, telefon raqami, transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, Hamkorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, Hamkorning haydovchilik guvohnomasining malumotlari.

Mobil ilovalardan foydalanish uchun zarur boʻlmagan boshqa shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik chaqirib olingan taqdirda, Sizning akkauntingiz faol boʻlib qoladi. Soʻrov akkaunt egasidan kelganiga ishonch hosil qilish uchun Biz har doim so‘rovni identifikatsiya qilishga harakat qilamiz. Agar so‘rovni muvaffaqiyatli identifikatsiya qila olmasak, rozilikni chaqirib olishni amalga oshirolmaymiz.

Shuningdek, siz mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga +998781139995 raqamiga yoki uz.uklon1@uklon.eu elektron pochta manziliga akkauntingizni o‘chirish so‘rovi bilan murojaat qilishingiz mumkin. Sizning soʻrovingizni koʻrib chiqqandan va identifikatsiyani amalga oshirgandan soʻng, akkauntingizni oʻchirib tashlaymiz, ushbu Nizom bilan koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.

Siz shaxsiy ma’lumotlaringizga oid qanday huquqlarga egasiz?

Qonunning 8-moddasiga muvofiq Siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • toʻplash manbalari, oʻz shaxsiy ma’lumotlaringizning joylashuvi, ularni qayta ishlash uchun asoslar, operator yoki shaxsiy ma’lumotlar mulkdorining joylashgan joyi yoki yashash joyi (joylash joyi), shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usullari, qayta ishlangan shaxsiy ma’lumotlarning tarkibi, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari toʻgʻrisida bilish;

  • shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega boʻlish shartlari, xususan, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz uzatiladigan uchinchi shaxslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shaxsiy ma’lumotlarning amalga oshirilgan yoki taklif qilinayotgan transchegaraviy uzatilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish;

  • oʻz shaxsiy malumotlaringizdan foydalanish;

  • so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan kechiktirmay, qonun hujjatlari bilan koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno, shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlanayotganligi to‘g‘risida javob olish, shuningdek, bunday shaxsiy ma’lumotlarning mazmunini olish;

  • shaxsiy ma’lumotlar egasiga oʻz shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga e’tiroz bildirgan holda asoslantirilgan talabni taqdim etish;

  • har qanday operator va shaxsiy maʼlumotlar mulkdori tomonidan oʻz shaxsiy maʼlumotlarini oʻzgartirish yoki yoʻq qilish toʻgʻrisida, agar ushbu maʼlumotlar noqonuniy qayta ishlangan yoki haqiqiy boʻlmasa, asoslantirilgan talabni taqdim etish;

  • shaxsiy maʼlumotlarini noqonuniy qayta ishlash va ularni qasddan yashirish, taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik natijasida tasodifiy yoʻqolishi, yoʻq qilinishi, zararlanishi, shuningdek, haqiqiy boʻlmagan yoki jismoniy shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obroʻsini kamsituvchi maʼlumotlarni taqdim etishdan himoya qilish;

  • vakolatli davlat organiga yoki sudga o‘z shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilganligi yuzasidan shikoyatlar bilan murojaat qilish;

  • shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda qonuniy choralar ko‘rish;

  • shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilikni chaqirib olish.

Bizga taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni qanday boshqarishingiz mumkin?

Siz har doim qayta ishlanadigan oʻz shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanish huquqiga egasiz. Siz oʻz shaxsiy ma’lumotlaringizni to’plash uchun soʻrovni quyidagi manzilga elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin: uz.uklon1@uklon.eu. Jarayonni tezlashtirish uchun xatning mavzusida «Shaxsiy ma’lumotlarni olish uchun soʻrov» ni koʻrsating.

Shuningdek, agar Bizda Siz haqingizda noto‘g‘ri yoki ishonchli boʻlmagan ma’lumotlar bor deb hisoblasangiz va Bizdan bunday shaxsiy ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki yo‘q qilishimizni talab qilsangiz yoki Shaxsiy ma’lumotlaringiz Biz tomondan qayta ishlanishiga e’tiroz bildirsangiz yoki Sizda shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanish boʻyicha boshqa savollar yoki ushbu Nizomga oid savollaringiz boʻlsa, Siz quyidagi manzil boʻyicha Biz bilan bogʻlanishingiz: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 34-uy,.

Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash muddati:

A) “Uklon” mobil ilovasi foydalanuvchilari.

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan muddat davomida saqlanadi, IP-manzil ma’lumotlari bundan mustasno, buyurtma berilgan kundan boshlab uch hafta davomida saqlanadi. Agar Sizning hisob qaydnomangiz oʻchirilgan bo’lsa, Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, agar ularni qayta ishlashni davom ettirish uchun qonuniy asoslar mavjud bo’lmasa, ushbu Nizomda belgilangan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadiga erishgandan soʻng, Bizning ma’lumotlar bazamizdan yoʻq qilinadi.

Qayta ishlash maqsadlariga erishganimizdan soʻng, Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni endi Siz bilan shaxsan bogʻlanmasligi uchun anonimlashtiramiz (egasizlantiramiz). Bunday holda, Biz ushbu ma’lumotdan reklama va/yoki axborot materiallarini statistik, tahliliy yoki tadqiqot maqsadlarida Sizga keyinchalik qoʻshimcha ma’lumot bermasdan foydalanishimiz mumkin, chunki bunday ma’lumotlar endi shaxsiy ma’lumotlarni tashkil etmaydi.

Qurilmadagi Mobil ilovani oʻchirish shaxsga doir ma’lumotlarning yoʻq qilinishiga olib kelmaydi.

Agar Siz oʻz shaxsiy ma’lumotlaringizni yoʻq qilish huquqidan foydalansangiz, Biz, ushbu ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun boshqa qonuniy asoslar yoki amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ushbu ma’lumotlarni saqlash uchun talablar boʻlmasa, Biz Siz tomondan e’tiroz bildirgan maqsadda Biz tomondan qayta ishlangan shaxsiy ma’lumotlaringizni kechiktirmasdan yoʻq qilamiz.

B) Hamkorlar (“Uklon Driver” mobil ilovasi foydalanuvchilari).

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan muddat davomida saqlanadi, IP-manzil ma’lumotlari bundan mustasno, buyurtma berilgan kundan boshlab uch hafta davomida saqlanadi. Agar Sizning hisob qaydnomangiz oʻchirilgan bo’lsa, Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, agar ularni qayta ishlashni davom ettirish uchun qonuniy asoslar mavjud bo’lmasa, ushbu Nizomda belgilangan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadiga erishgandan soʻng, Bizning ma’lumotlar bazamizdan yoʻq qilinadi.

Qayta ishlash maqsadlariga erishganimizdan soʻng, Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni endi Siz bilan shaxsan bogʻlanmasligi uchun anonimlashtiramiz (egasizlantiramiz). Bunday holda, Biz ushbu ma’lumotdan reklama va/yoki axborot materiallarini statistik, tahliliy yoki tadqiqot maqsadlarida Sizga keyinchalik qoʻshimcha ma’lumot bermasdan foydalanishimiz mumkin, chunki bunday ma’lumotlar endi shaxsiy ma’lumotlarni tashkil etmaydi.

Qurilmadagi Mobil ilovani oʻchirish shaxsga doir ma’lumotlarning yoʻq qilinishiga olib kelmaydi.

Agar Siz oʻz shaxsiy ma’lumotlaringizni yoʻq qilish huquqidan foydalansangiz, Biz, ushbu ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun boshqa qonuniy asoslar yoki amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ushbu ma’lumotlarni saqlash uchun talablar boʻlmasa, Biz Siz tomondan e’tiroz bildirgan maqsadda Biz tomondan qayta ishlangan shaxsiy ma’lumotlaringizni kechiktirmasdan yoʻq qilamiz.

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizning joylashuvi:

Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligi haqida qaygʻuramiz va shuning uchun Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlaymiz.

Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa mamlakatlarga ham uzatishimiz mumkin, lekin mutlaq ushbu Nizomda yoki amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlarida. Bu orqali Siz shaxsiy maʼlumotlaringizni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga, shu jumladan maʼlumotlarning tegishli tarzda himoyalanishini taʼminlamaydigan yurisdiktsiyalardan tashqariga transchegaraviy oʻtkazishga (shuningdek, qayta ishlash va saqlashga) aniq roziligingizni bildirasiz. Shu bilan birga, Biz har doim ma’lumotlaringizni tegishli tarzda himoya qilish choralarini koʻramiz.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday himoya qilamiz?

Biz xavfsizlik Foydalanuvchilarimiz uchun muhim ekanligini bilamiz va Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligi haqida qaygʻuramiz. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizning yoʻqotilishi, notoʻgʻri foydalanish, ruxsatsiz foydalanish, oshkor qilish yoki oʻzgartirishdan himoya qilish uchun texnik, fizik va ma’muriy xavfsizlik choralarini qoʻllaymiz. Biz koʻrayotgan chora-tadbirlarning ba’zilari tarmoqlararo himoya vositalari, ma’lumotlarni shifrlash, Bizning ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarimizga fizik jihatdan kirishni nazorat qilish va shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni nazorat qilash tadbirlarini ichiga oladi.

Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqi tarkibiy boʻlinmalar va/yoki alohida xodimlarga ular tomonidan bizning shartnomaviy, yuridik majburiyatlarimizni bajarish bilan bogʻliq funksional majburiyatlarini bajarilishi uchun taqdim etiladi. Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo’lgan har bir xodim / vakolatli shaxs oʻz funktsional majburiyatlarini bajarishda foydalanish huquqiga ega boʻlgan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini imzolaydi.

Biz sizning yordamingizga ham muhtojmiz – aynan Siz shaxsiy ma’lumotlaringiz toʻgʻri boʻlishi, Sizning parolingiz va hisob qaydnomasinig roʻyxatga olinishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar himoyalanganligi va uchinchi shaxslarga uzatilmasligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Shaxsiy maʼlumotlaringiz himoyasi va xavfsizligi bilan bogʻliq barcha savollar boʻyicha quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 34-uy.

Voyaga yetmagan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlariga qanday munosabatda boʻlamiz?

Biz voyaga yetmagan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarining himoya qilinishiga qat’iy rioya qilamiz. Biz 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini ongli tarzda yigʻmaymiz, qayta ishlamaymiz yoki saqlamaymiz.

Veb-sayt va mobil ilovalar 18 yoshga toʻlmagan shaxslar tomonidan foydalanish uchun moʻljallanmagan.

Agar Siz 18 yoshga toʻlmagan boʻlsangiz, iltimos, Veb-saytlar yoki Mobil ilovalardan istalgan vaqtda yoki biron-bir tarzda foydalanmang yoki ularga kirmang.

Agar bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili (farzand asrab oluvchi, vasiy, homiy) voyaga etmagan farzandi veb-sayt va/yoki mobil ilovalarga kirgan va shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etgan deb hisoblasa, bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili bilan bog‘lanishni qat’iy tavsiya qilamiz. Biz darhol va biz bunday shaxsiy ma’lumotlarni darhol yo’q qilish (yo’q qilish) uchun barcha sa’y-harakatlarimizni qilamiz.

Agar bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili (farzand asrab oluvchi, vasiy, homiy) voyaga yetmagan farzandi Veb-sayt va/yoki Mobil ilovalarga kirgan va shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etgan deb hisoblasalar, bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili Biz bilan bog‘lanishini qat’iy tavsiya qilamiz va Biz bunday shaxsiy ma’lumotlarni darhol oʻchirib tashlash (yoʻq qilish) uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz.

Cookie-fayllar

Biz ma’lum maqsadlar uchun: Sizning autentifikatsiyangiz, sozlamalaringizni eslab qolish va quyida koʻrsatilgan boshqa maqsadlar uchun Veb-saytga tashrif buyurish yoki Mobil ilovalardan foydalanish bilan bogʻliq ravishda “cookie”-fayllardan, veb-mayoqlardan, teglardan, skriptlardan, HTML5 kabi lokal umumiy ob’yektlardan va reklama identifikatorlaridan (jumladan, Apple IDFA yoki Google reklama identifikatori kabi mobil identifikatorlar) va shunga oʻxshash texnologiyalardan (keying oʻrinlarda “Cookie”) foydalanishimiz mumkin.

Cookie-fayl – bu kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizdagi brauzerga yuboriladigan ma’lumotlarning kichik bir boʻlagi (fragmenti). Veb-sayt yoki Mobil ilovalarga tegishli cookie-fayllar asosiy cookie-fayllar boʻlib hisoblanadi. Biz boshqa tashkilotlarga sayt orqali yuborishga ruxsat beradigan cookie-fayllar «qoʻshimcha cookie-fayllar» deb ataladi.

Bundan tashqari, seans cookie-fayllari va doimiy cookie-fayllar ajratiladi. Seans cookie-fayllari brauzer yoki Mobil ilovani yopguningizga qadar amal qiladi. Doimiy cookie-fayllarning amal qilish muddati uzoqroq, ular brauzer yopilganda avtomatik ravishda oʻchirilmaydi.

«Software Development Kits» (SDKs) piksellar va cookie-fayllar kabi ishlaydi, lekin piksellar va cookie-fayllar har doim ham ishlamasligi mumkin boʻlgan mobil ilova muhitida ishlaydi. Asosiy dasturni ishlab chiquvchisi ilovadagi hamkorlardan kod parchalarini (SDK) oʻrnatishi va shu orqali hamkorga foydalanuvchining dastur bilan oʻzaro aloqasi va foydalanuvchi qurilmalari va tarmoq ma’lumotlari haqida ma’lum ma’lumotlarni toʻplash imkonini berishi mumkin.

Cookie-fayllar turli maqsadlarda ishlatiladi. Ular Sizni Veb-saytning turli sahifalarida yoki Mobil ilovalardan foydalanganda bitta foydalanuvchining oʻzi sifatida tanib olishga yordam beradi.

Veb-sayt va Mobil ilovalar cookie-fayllardan turli maqsadlarda foydalanadi:

– Texnik cookie-fayllar: Biz foydalanuvchilarimiz zamonaviy, qulay veb-saytlar va ularning ehtiyojlariga avtomatik moslashuvchi ilovalardan foydalana olishlarini istaymiz. Biz Veb-sayt va Mobil ilovalarning toʻgʻri koʻrsatilishi va xatosiz ishlashini taʼminlash, shuningdek, Siz akkauntingizni yaratishingiz, tizimga kirish va buyurtmalaringizni boshqarish imkonini berish uchun texnik cookie-fayllardan foydalanamiz. Texnik cookie-fayllar Veb-sayt va Mobil ilovalarning mukammal xatolarsiz ishlashini ta’minlash uchun zarurdir.

– Funksional Сookie-fayllar: ular sizning afzal koʻrgan narasliklaringizni eslab qolish va Veb-sayt va Mobil ilovalardan samarali foydalanishga yordam berish uchun zarur. Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni eslab qolish va har safar foydalanuvchi nomi va parolni kiritish muammosidan xalos qilish uchun cookie-fayllardan foydalanishimiz mumkin. Bunda parol har doim shifrlangan boʻladi. Funksional Cookie-fayllar “Uklon” mobil ilovasiga va/yoki “Uklon Driver”dan foydalanish uchun shart emas, lekin ular Veb-sayt va Mobil ilovalarni yanada funksionalroq va foydalanishda qulayroq qiladi.

– Analitik Сookie-fayllar: Ular tashrif buyuruvchilarning Veb-sayt yoki Mobil ilovalardan qanday foydalanishini oʻrganish uchun zarur. Biz turli funksiyalar qanchalik yaxshi ishlashini tushunishimiz, Veb-sayt va Mobil ilovalarning ishlashini optimallashtirish, reklama va aloqalarni tahlil qilishimiz mumkin. Analitik cookie-fayllar Veb-sayt va Mobil ilovalar foydalanuvchilar uchun qiziqarli va foydali boʻlishini ta’minlashga yordam beradi.

  • Marketing Cookie-fayllar: Biz ushbu cookie-fayllardan ma’lumotlar, yangiliklar bilan xatlar, reklama va promo-materiallarini uzatish yoki reklama kampaniyalarini oʻkazish uchun foydalanamiz. Masalan, Biz Sizni qiziqtiradigan ma’lumotlar, yangiliklar bilan xatlar, reklama va promo-materiallarini uzatish uchun ushbu Cookie-fayllar orqali olingan ma’lumotlarga tayanishimiz mumkin.

  • Bu shuningdek, Biz Veb-sayt bilan qanday oʻzaro munosabatda boʻlishingiz haqidagi ma’lumotlardan, xususan, sahifadagi bosishlar soni, sichqonchaning harakatlari va aylantirishlar, qidiruv soʻzlari va Siz turli maydonlarga kiritgan boshqa matnlardan foydalanishimiz mumkinligini anglatadi.

  • Uklon” va “Uklon Driver” foydalanuvchilari uchun Siz mobil qurilmangizning operatsion tizimi orqali cookie-fayllarni tanlash, ulardan foydalanishga ruxsat berish yoki Sizning reklama identifikatoringizni Biz yoki reklama xizmatlarini yetkazib beruvchilarimiz bilan bolishishingiz mumkin.

Agar Siz shaxsiy ma’lumotlaringiz Veb-saytdagi cookie-fayllar orqali toʻplanishini istamasangiz, Internet-brauzeringizni cookie-fayllarni oʻchirish, bloklash yoki faollashtirmaslik (oʻchirib qoʻyish) uchun, koʻrish tarixini oʻchirib tashlagan va Internet-brauzeringizdan keshni tozalagan holda sozlash orqali cookie-fayllarni faollashtirmasligingiz (oʻchirib qoʻyishingiz) mumkin. Shuningdek, siz mobil qurilmangiz sozlamalari yordamida maʼlumotlar almashinuvini cheklab qoʻyishingiz mumkin.

Biz bilan qanday bogʻlanish mumkin?

Ushbu Nizom boʻyicha savollar, mulohazalar va soʻrovlar ma’qullanadi va ularni +998781139995 raqami orqali Bizning qoʻllab-quvvatlash xizmatimizga yoki uz.uklon1@uklon.eu elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

Agar Siz Biz tomondan ushbu Nizom shartlari buzilgan deb hisoblasangiz, biz bilan bogʻlaning va ushbu Nizomning aynan qaysi shartlari buzilganligini Bizga ma’lum qiling. Biz sizning shikoyatingizni tezkorlik bilan bilan koʻrib chiqamiz.

Tahrir 2023 yil 19 iyundan boshlab amal qiladi.

UKLON XIZMATIDAN FOYDALANISH VA UNI TARG’IB QILISH SHARTLARI BO’YICHA OMMAVIY OFERTA

 

Uklon UB” MChJ (keyingi o‘rinlarda “Uklon” deb yuritiladi) quyida ko’rsatilgan harakatlarni amalga oshirish orqali ushbu ommaviy ofertani qabul qilgan a) transport vositalarida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi o`z o`zini band qilgan shaxslarga va (b) transport vositalarida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi o’rinlarda «Foydalanuvchi» deyiladi) quyida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatadi. Uklon va Foydalanuvchi bundan keyin birgalikda “Tomonlar” va yakka tartibda “Tomon” deb yuritiladi.

 1. SHARTNOMANI TUZISH VA FOYDALANUVCHIGA BERILADIGAN KAFOLATLAR

1.1. Foydalanuvchi tushunadiki, Xizmatdan foydalanish imkoniyati ushbu ommaviy ofertada ko’rsatilgan shartlar, tartiblar va belgilangan hajmda taqdim etiladi.

1.2. Foydalanuvchi Shartnoma matni bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi, uning mazmunini to’g’ri tushunib o’z roziligini beradi.

1.3. Foydalanuvchi tomonidan Mobil Ilovani yuklab olish va o’rnatish, unga ma’lumotlarni kiritish, ro’yxatdan o’tish va uning funksiyalaridan foydalanishni boshlash orqali Foydalanuvchi Shartnoma shartlarini to’liq qabul qilganligini tasdiqlaydi.

1.4. Foydalanuvchi tomonidan qabul qilingandan so’ng, Shartnoma tomonlar uchun majburiy bo’lib, uning shartlariga muvofiq ijrosi ta’minlanishi kerak.

1.5. Foydalanuvchi, Shartnoma shartlarini qabul qilib, ushbu Shartnomaning 4.1.3 va 4.1.4-bandlarida ko’rsatilgan tegishli Buyurtmalarni bajarishda qo’llaniladigan Qonunchilik talablariga javob berishini ta’minlaydi.

1.6. Shartnoma Uklon va Foydalanuvchi o’rtasida ushbu Shartnomada aniq belgilangan munosabatlardan tashqari boshqa huquqiy munosabatlarni (shu jumladan mehnat munosabatlarini) o’rnatmaydi.

 2.  ATAMALAR VA TA’RIFLAR

2.1 “Uklon mukofoti”Xizmatdan foydalanish imkoniyati uchun Foydalanuvchi tomonidan Uklon foydasiga to’lanadigan mukofot.

2.2 «Qo’shimcha to’lov» – amaldagi qo’shimcha to’lov dasturlariga muvofiq Mijozlar tomonidan Xizmat orqali Buyurtma qilingan yo’lovchi transport vositasida yo’lovchilarni tashish bo’yicha xizmatlarni taqdim etish uchun Uklon tomonidan Foydalanuvchiga to’lanadigan pul mukofoti.

2.3 “Buyurtma”Xizmat orqali joylashtirilgan Mijozning yo’lovchilarni yengil transport vositasi bilan tashish, kichik hajmdagi yuklarni yengil transport vositasi bilan tashish bo’yicha xizmatlarni qolga kiritish, shuningdek zarur tafsilotlar bo’yicha tuzilgan vaqti-vaqti bilan mobil ilova orqali mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa xizmatlarga bo’lgan talabi.

2.4 “Mijoz” – Xizmatdan foydalangan holda Buyurtma bergan har qanday muomalaga layoqatli shaxs.

2.5 “Mobil ilova” – Uklon Driver deb nomlangan Uklon tomonidan Foydalanuvchiga Shartnoma muddati davomida Xizmatdan foydalanish uchun vosita sifatida taqdim etiladigan iOS, Android elektron qurilmalari uchun Mobil Ilova ko’rinishidagi kompyuter dasturining nusxasi.

2.6 “To’lov kartasi” – bu To’lov tizimining protsessing tizimi tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan, tovarlar (xizmatlar, ishlar) haqqini to’lash, mablag’larni bir hisobdan boshqasiga o’tkazish, shuningdek naqd pul mablag’larini kiritish va olish uchun ishlatiladigan to’lov vositasidir.

2.7 “To’lov tizimi” – «INSPIRED» MCHJ QK, «PAYME» to’lov tizimi operatori, (O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020 yil 04 apreldagi 3-sonli litsenziyasi) yoki Uklon bilan hamkorlik qiladigan va Foydalanuvchi tomonidan yakka o’zi yoki boshqa operatorlar bilan hamkorlikda to’lov tizimi (bank) sifatida qabul qilinadigan boshqa to’lov tashkilotlari va banklari, xizmat doirasidagi Buyurtmalar uchun Mijozlarning naqd pulsiz to’lovlarini tashkil etish, shuningdek tomonlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni, xususan, Foydalanuvchi tomonidan Uklon foydasiga to’lanadigan pul magblag’larini ushlab qolish uchun vakolatli shaxs.

2.8 “Promokod” – Promokod faollashtirilgan va boshqa foydalanish shartlariga rioya qilingan taqdirda Mijozga Buyurtma narxiga chegirma beradigan ma’lum belgilar to’plami.

2.9 “Xizmat” — mobil dastur va raqamlar, harflar, belgilar, rasmlar va ularning kombinatsiyalari (shu jumladan grafik ma’lumotlar, video ma’lumotlar va boshqalar) ko’rinishidagi kompyuter dasturlari va elektron ma’lumotlarning o’zaro bog’liq to’plamidan iborat texnologik platforma), Mijoz tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish, to’plash, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish, talab va taklif nisbati, ob-havo sharoiti, marshrut, ish yuki va boshqa omillarni hisobga olgan holda buyurtma narxini avtomatik hisoblash uchun mo’ljallangan, marshrutlarni avtomatik ravishda quradigan va foydalanuvchi va mijoz o’rtasidagi aloqa uchun ma’lumot almashishni ta’minlaydigan, mijozga o’z xohishiga ko’ra tegishli buyurtmalarni joylashtirish va o’zgartirish, foydalanuvchi tasdiqlash yoki rad etish, joylashuvi to’g’risidagi ma’lumotlarni nashr etish, mijozlarga baho berish, dastur tomonidan qurilgan marshrutlardan Real vaqt rejimida xizmatning mavjud funksiyalari doirasida foydalanish imkonini beradi.

2.10 “Hisob qaydnomasi” – bu Foydalanuvchi tomonidan qabul qilingan Buyurtmalar soni va tafsilotlarini, ushbu Buyurtmalarni to’lash to’g’risidagi ma’lumotlarni va Foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan transport xizmatlari bilan bog’liq holda Foydalanuvchining Uklonga bo’lgan qarzi yoki talablarini qisqacha hisobga olish uchun ishlatiladigan yagona Foydalanuvchi identifikatori. Hisob qaydnomasi texnik xususiyatga ega va hisob-kitob yoki bank hisobvarag’i maqomiga ega emas.

 3.  SHARTNOMA MAVZUSI

3.1 Uklon shartnomasida belgilangan shartlar, tartib va hajmda Uklon Foydalanuvchiga haq evaziga Internet tarmogi orqali Xizmatdan foydalanish imkoniyatini beradi.

3.2 Foydalanuvchi Uklon Buyurtmalarni bajarish jarayonida hech qanday transport xizmatlarini korsatmasligini va hech qanday holatda Uklon Mijozlar oldida foydalanuvchi buyurtmalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, shuningdek, mijozlarning hayoti va sogligiga zarar yetkazishi yoki Mijozning mulkiga zarar yetkazishi uchun javobgar bolmasligini tasdiqlaydi.

3.3 Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning aybi aniqlanmasa, Foydalanuvchi Buyurtmalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, shuningdek, Mijozlarning hayoti va sogligiga yetkazilishi mumkin bolgan zarar yoki Foydalanuvchi Buyurtmalarini bajarish jarayonida Mijozlarning mulkiga yetkazilishi mumkin bolgan zarar uchun Mijozlar oldida yakka ozi (mustaqil ravishda) javobgar bolishini tasdiqlaydi.

3.4 Buyurtmalarni qabul qilish tartibi. Buyurtmani qabul qilish uchun Foydalanuvchi ijobiy Hisob balansiga ega bolishi kerak, bu esa Foydalanuvchining Uklon mukofotini tolash boyicha qarzi yoqligini korsatadi. Agar Hisob qaydnomasining salbiy qoldigi 3000 somdan oshsa, Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanish imkoniyati Hisob qydnomasining ijobiy qoldigi tiklanmaguncha toxtatiladi. Foydalanuvchi oz xohishiga kora Buyurtmani qabul qilish yoki qabul qilmaslik togrisida qaror qabul qiladi. Buyurtmani qabul qilishda Foydalanuvchi Shartnomaning 5-moddasida belgilangan tartibda Shartnomada nazarda tutilgan Uklon Mukofotini tolash majburiyatini oladi.

3.5 Xizmatdan foydalanish shartlari. Xizmatdan foydalanish uchun Foydalanuvchi Mobil Ilova orqali royxatdan otishi kerak. Natijada Xizmatdan foydalanish uchun Hisob qaydnomasi yaratiladi.

3.5.1  Xizmatdan foydalanish Foydalanuvchiga faqat xizmatning funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda Mijoz va Uklon bilan o’zaro aloqa o’rnatish uchun, buyurtmalarni qayta ishlash va amalga oshirish uchun taqdim etiladi. Ushbu maqsadlar uchun Foydalanuvchiga ushbu Xizmatdan va unga kiritilgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanish, xususan ularni to’liq yoki qisman o’zlariga tegishli elektron qurilmalarida ishlatish uchun mutlaq bo’lmagan huquq beriladi.

3.5.2 Xizmatdan foydalanish uchun Foydalanuvchi bir nechta Hisob qaydnomasiga ega bo’lishi mumkin emas.

3.5.3 Hisob qaydnomasini ro’yxatdan o’tkazishda Foydalanuvchi tegishli shaklni to’ldirib, ishonchli va to’liq ma’lumotlarni taqdim etishi shart. Agar Foydalanuvchi Hisob qaydnomasini ro’yxatdan o’tkazishda yoki undan keyin Xizmatdan foydalanishda noto’g’ri yoki to’liq bo’lmagan ma’lumotlarni taqdim etsa, Uklon o’z xohishiga ko’ra Foydalanuvchining Hisob qaydnomasiga kirishini to’xtatib turish yoki uni oldindan ogohlantirmasdan bekor qilish huquqiga ega.

3.5.4 Agar Foydalanuvchining xatti-harakatlari (yoki harakatsizligi) amaldagi qonunchilikni yoki Uklon yoki Mijozlarning har qanday huquq va manfaatlarini buzishi yoki Uklonni xavf ostiga qo’yishi mumkin bo’lsa, shu jumladan Foydalanuvchining harakatlari (yoki harakatsizligi) tufayli Foydalanuvchiga yoki Uklonga e’tiroz bildirishga olib kelsa, Uklon o’z xohishiga ko’ra Foydalanuvchining Hisob qaydnomasiga kirishini to’xtatib turish yoki uni oldindan ogohlantirmasdan bekor qilish huquqiga ega.

3.55 Xizmatda ro’yxatdan o’tishda Foydalanuvchi Hisob qaydnomasiga kirish uchun yagona parolni kiritishi kerak. Foydalanuvchi kiritilgan parolning ishonchliligi va o’z Hisob qaydnomasшni himoya qilish uchun to’liq javobgardir.

3.5.6 Foydalanuvchi o’z parolining xavfsizligini, shuningdek ro’yxatdan o’tish kodlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni mustaqil ravishda ta’minlaydi. Foydalanuvchi hech qanday holatda ushbu ma’lumotni uchinchi shaxslarga yetkazmasligi kerak. Uklon Foydalanuvchining o’z parolini, ro’yxatga olish kodlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarning yo’qolishi bilan bog’liq oqibatlar uchun javobgar emas.

3.5.7 Foydalanuvchi Hisob qaydnomasiga ruxsatsiz kirish va har qanday uchinchi tomon tomonidan xizmatdan foydalanish bilan bog’liq barcha xavflarni o’z zimmasiga oladi (shu jumladan foydalanuvchi o’z parolini, ro’yxatdan o’tish kodlarini va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga ixtiyoriy ravishda topshirganda).

3.5.8 Agar Foydalanuvchi uchinchi tomon uning Hisob qaydnomasiga kirgan deb ishonish uchun asosga ega bo’lsa, Foydalanuvchi o’zining Hisob qaydnomasini yuritish huquqini tasdiqlashi sharti bilan tegishli choralarni ko’rish uchun darhol Uklonni xabardor qilishi kerak.

3.6  To’lov tizimidan foydalanish. Foydalanuvchi Uklonga xabar almashish va shartnomani bajarish uchun zarur bo’lgan to’lov tizimi bilan kelishuvlarga erishish uchun o’z nomidan harakat qilish huquqini beradi.

3.6.1 To’lov tizimi bilan bunday xabarlar va kelishuvlar Uklonning xohishiga ko’ra amalga oshiriladi, bunda Foydalanuvchi bunday kelishuvlarning hajmi va tafsilotlari to’g’risida asosli ma’lumot so’rash huquqiga ega. Foydalanuvchi hech qanday holatda Uklon va To’lov tizimi Foydalanuvchi va Mijozlar o’rtasidagi Buyurtmalarni bajarish bilan bog’liq har qanday munosabatlar (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda) uchun javobgar emasligini tan oladi va qabul qiladi.

3.6.2 Shuningdek, Foydalanuvchi Uklonga Mijozlar tomonidan To’lov tizimi orqali, shu jumladan To’lov kartalari orqali naqd pulsiz to’langan Buyurtmalar uchun to’lovlarni qabul qilish va o’tkazish uchun Foydalanuvchi nomidan harakat qilish huquqini beradi.

3.6.3 Foydalanuvchi rozilik bildiradiki, To’lov tizimi Buyurtmalarni bajarish uchun Foydalanuvchi tomonidan qo’lga kiritilgan to’lovni olishga rozilik bildiradi. Uklon mukofoti va to’lov tizimi mukofoti chegirib tashlanganidan so’ng, shartnomaning 5-moddasiga muvofiq, qolgan summa To’lov tizimi tomonidan Foydalanuvchining tegishli hisob raqamlariga o’tkazilishi kerak.

3.7 Qo’shimcha to’lovlar. Foydalanuvchi o’z xohishiga ko’ra amaldagi Uklon Qo’shimcha to’lov dasturlarining shartlarini bajarish yoki bajarmaslik to’g’risida qaror qabul qiladi. Tegishli shartlar to’g’ri bajarilgan taqdirda, Uklon Foydalanuvchiga Shartnomaning 5-moddasida belgilangan tartibda Qo’shimcha to’lov taqdim qilish majburiyatini oladi.

 4.  TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

4.1 Foydalanuvchining majburiyatlari quyidagilar:

4.1.1 Shartnoma doirasida o’z majburiyatlariga rioya qilish, ro’yxatdan o’tish jarayonida havola orqali internet tarmogida joylashtirilgan «Hamkorlik shartlari va/yoki qoidalari» bilan tanishib chiqish https://uklon.eu/driver-update/ va ularning qoidalariga rioya qilish;

4.1.2 Qabul qilgan barcha Buyurtmalarni bajarish;

4.1.3 Buyurtmalarni bajarish uchun foydalaniladigan transport vositasini yaxshi texnik holatda saqlash, shuningdek, tegishli transport vositalariga nisbatan qo’llaniladigan yo’l harakati qoidalari va boshqa Qonunchilik talablariga rioya qilish (xususan, transport vositalarining rangi va maxsus seriyali davlat raqami bo’yicha belgilangan talablarga rioya qilish, vaqti-vaqti bilan texnik ko’rikdan o’tkazish, shuningdek «TAXI» farqlash belgisi, axborot belgilari, to’lovni amalga oshirish va masofani elektron qayd etish uchun maxsus dasturlarga ega elektron qurilmalar va boshqalarga ega bo’lish);

4.1.4 Buyurtmalarni bajarish uchun qonun hujjatlarida belgilangan barcha zarur ruxsatnomalarga ega bo’lish, ularning nusxalarini birinchi so’rov bo’yicha Uklonga taqdim qilish hamda Uklonga ularning har qanday o’zgarishlari to’g’risida yozma shaklda darhol xabar berish (xususan, yo’lovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati uchun litsenziya, tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro ‘yxatdan o’ tkazish to’g’risidagi guvohnoma, uchinchi shaxslar transport vositasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo’lsa), OSAGO sug’urta polisi, muntazam tibbiy ko’rikdan o’tganligini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar);

4.1.5 Xizmatdan foydalanish huquqi va ikmoniyatini uchinchi shaxslarga bermaslik;

4.1.6 Xizmatdan foydalanish uchun to’lovni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish;

4.1.7 Uklonga Shartnoma shartlarini bajarish bilan bog’liq zarur ma’lumotlarni taqdim etish;

4.1.8 Qabul qilingan Buyurtmani bajarishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda Uklonga xabar berish;

4.19 Chekmaslik, ovqat iste`mol qilmaslik yoki boshqa axloqiy xulq-atvor qoidalarini buzmaslik va Buyurtmani bajarishda mahalliy urf-odatlar hurmat qilish;

4.1.10 Buyurtmani bajarishda faqat Mijozlarning roziligi bilan audio va video materiallarni ijro etish;

4.1.11 Uklonga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish va Uklonga (va to’lov tizimiga) uning har qanday o’zgarishi to’g’risida yozma ravishda darhol xabar berish:

Foydalanuvhci – O’z-o’zini band qilgan shaxs uchun

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

  • Ozozini band qilgan shaxs sifatida royxatdan otganligi togrisida guvohnoma;

  • Yengil avtomobillar bilan yo’lovchilarini shahar ichida tashish uchun litsenziya kartasi;

  • STIR/JSHIR;

  • Buyurtmalarni bajarish uchun foydalaniladigan Foydalanuvchiga tegishli transport vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma;

  • Haydovchilik guvohnomasi;

  • Manzil, aloqa telefoni, elektron pochta;

  • Uklon mukofotining to’g’ri to’lanishini nazorat qilish yoki Qo’shimcha to’lovlarni hisoblash uchun zarur bo’lgan hajmlarda bank hisobvaraqlari va Xizmat yoki Qo’shimcha to’lovlar bilan bog’liq har qanday to’lov operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar.

Foydalanuvchi – yuridik shaxs uchun –

  • Yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma;

  • Yengil avtomobillar bilan yo’lovchilarini shahar ichida tashish uchun litsenziya;

  • Yengil avtomobillar bilan yo’lovchilarini shahar ichida tashish uchun litsenziya kartasi (buyurtmalarni bajarish uchun ishlatiladigan har bir transport vositasi uchun);

  • STIR;

  • Manzil, aloqa telefoni, elektron pochta;

  • Uklon mukofotining to’g’ri to’lanishini nazorat qilish yoki Qo’shimcha to’lovlarni hisoblash uchun zarur bo’lgan hajmlarda bank hisobvaraqlari va Xizmat yoki Qo’shimcha to’lovlar bilan bog’liq har qanday to’lov operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar;

4.1.12 Uklon Qo’shimcha to’lov dasturlari shartlarini bajarishda Mijozlar va uchinchi shaxslarning huquqlari va manfaatlarini buzmaslik.

4.2 Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

4.2.1 Xizmatdan foydalanish va uni Shartnoma shartlariga muvofiq ishlatish;

4.2.2 Amaldagi Uklon Qo’shimcha to’lov dasturlari shartlariga muvofiq Qo’shimcha to’lovlarni to’plash;

4.2.3 Uklondan Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq zarur tushuntirishlarni olish;

4.2.4 Qonun hujjatlariga muvofiq tashish taqiqlangan yoki Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulki uchun boshqa xavf tug’diradigan buyumlarni (predmetlarni) tashishni rad etish.

4.3 Uklon majburiyatlari quyidagilar:

4.3.1 Foydalanuvchi Hisob qaydnomasini ro’yxatdan o’tkazish va Foydalanuvchiga tegishli elektron qurilma orqali Xizmatdan foydalanish imkoniyatini berish;

4.3.2 Foydalanuvchilar tomonidan Qoshimcha tolovlarni hisoblashni ta’minlaydigan Buyurtmalarning bajarilishini osonlashtirish, Qoshimcha tolovlarni o’z vaqtida va to’liq hisoblash va Foydalanuvchilarga mavjud Uklon Qoshimcha tolov dasturlari to’g’risida to’liq va dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish;

4.3.3 Foydalanuvchiga Shartnoma shartlarini bajarish bilan bog’liq zarur ma’lumotlarni taqdim etish;

4.3.4 Buyurtma naqd pulsiz to’langan taqdirda, Mijozlarning pul mablag’larini depozitga qo’yishni ta’minlash (eskrou xizmatlari);

4.3.5 Depozit qilingan pul mablag’larini tegishli Buyurtma bilan bog’liq holda hisobga olishni ta’minlash;

4.3.6 Pul mablag’larini depozitga qo’yish holati va ularni Foydalanuvchiga yoki Mijozga o’tkazish holatiga oid ma’lumotlarni taqdim etish.

4.4 Uklon quyidagi huquqlarga ega:

4.4.1 Foydalanuvchining Shartnoma shartlariga, shuningdek «Hamkorlik shartlari va/yoki qoidalariga» muvofiqligini tekshirish;

4.4.2 Foydalanuvchidan Mijozlarga tegishli darajada xizmat ko’rsatishga rioya qilishni talab qilish;

4.4.3 Agar Foydalanuvchi Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan bo’lsa, yo’l qo’yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishni talab qilish;

4.4.4 Shartnomaning 6.1-bandida nazarda tutilgan tartibda Shartnomani bir tomonlama bekor qilish;

4.4.5 Qo’shimcha to’lov dasturlarini ishga tushirish va Foydalanuvchilarga Qo’shimcha to’lovlarni hisoblash va Mijozlarga Promo-kodlarni taqdim etish;

4.4.6 Agar Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxs (shu jumladan, boshqalar qatorida, mijoz) Foydalanuvchining ko’magida yoki uning xabardorligida firibgarlik va/yoki boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirayotganiga ishonish uchun asoslar mavjud bo’lsa, qonunchilikni, ushbu shartnomani, to’lov tizimining qoidalarini buzish yoki boshqa yo’l bilan Uklon huquqlari va manfaatlarini buzsa yoki Uklonni xavf ostiga qo’ysa, Xizmatdan foydalanish imkoniyatini to’xtatib turish yoki bekor qilish, kelishuv doirasidagi har qanday hisob-kitoblarni to’xtatib turish yoki ushbu Shartnomani o’z xohishiga ko’ra bir tomonlama bekor qilish;

4.4.7 To’lov tizimiga Foydalanuvchi to’g’risidagi barcha ma’ lumotlarni (shu jumladan uning shaxsga oid ma ‘lumotlarini), Mijozlar, Qo’shimcha to’lovlar va bitim to’g’risidagi barcha Ma’lumotlarni Shartnomaning lozim darajada bajarilishi uchun zarur bo’lgan hajmda va maqsadlarda olish va uzatish;

4.4.8 Foydalanuvchining qo’shimcha roziligisiz To’lov tizimiga har qanday huquqni topshirish.

 5.  TO’LOV QIYMATI VA TARTIBI

5.1 Xizmatdan foydalanish uchun mukofot. Uklon mukofoti Mijoz tomonidan to’langan har bir Buyurtma qiymatining 15 foizini tashkil etadi, barcha amaldagi soliq va yig’imlarni o’z ichiga olgan holda.

5.1.1 Mijozlar tomonidan Foydalanuvchiga naqd pulsiz shaklda to’lanadigan Buyurtmalar uchun Uklon mukofoti to’g’ridan-to’g’ri Uklon tomonidan ushlab turiladi. Mijozlar tomonidan naqd pul bilan to’lanadigan Buyurtmalar uchun Uklon ixtiyoriga ko’ra, Uklon mukofoti Uklon tomonidan Foydalanuvchi hisobining ijobiy qoldig’i hisobidan ushlab qolinadi yoki hisoblangan Qoshimcha tolovlar uchun Foydalanuvchining qarshi talablari hisobga olinishi mumkin.

5.1.2 Shartnomaga muvofiq foydalanuvchi tomonidan Uklon foydasiga to’lanishi kerak bo’lgan har qanday pul miqdori (jarimalar, yetkazilgan zarar va boshqalar) Uklonning xohishiga ko’ra Foydalanuvchiga tegishli pul miqdoridan ushlab qolinadi.

5.2 Mijozlar va Foydalanuvchi o’rtasidagi hisob-kitoblar Internet-ekvayring («ekvayring xizmati») texnologiyasi orqali naqd yoki naqd pulsiz tartibda tashkil etiladi, bunda Mijozlar tomonidan Foydalanuvchi foydasiga to’lovlar to’lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Ushbu bandning maqsadlari uchun «ekvayring xizmati» deganda turli xil to’lov vositalari va vositalaridan foydalangan holda Foydalanuvchi, Mijozlar va Uklon bilan hisob-kitob qilish uchun Buyurtmalarni bajarishda ko’rsatiladigan To’lov xizmati tushuniladi.

5.3 To’lov tizimining komissiyasi. Foydalanuvchi tomonidan To’lov tizimiga to’lanadigan komissiya miqdori Foydalanuvchi tomonidan hisob balansidan olingan mablag’lar miqdorining 3 foizigacha tashkil etadi.

5.4 Uklon va Foydalanuvchi-yo’lovchilarni transport vositalari bilan tashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs tomonlarning o’zaro roziligi bilan Foydalanuvchi tomonidan Xizmatni targib qilish shartlari va tomonlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar tartibini tartibga soluvchi qo’shimcha bitim tuzishi mumkin.

5.5 Soliqlar, tartibga solish talablari va boshqa xarajatlar. Foydalanuvchi o’z hisobidan Buyurtmalarni bajarishdan kelib chiqadigan yoki ular bilan bog’liq bo’lgan barcha soliqlar, yig’imlar, royalti to’lovlarini to’lash, shuningdek Buyurtmalarni bajarish, qonun hujjatlari va ushbu bitim talablariga rioya qilish bilan bog’liq yoki ular bilan bog’liq barcha boshqa xarajatlarni o’z zimmasiga oladi. Agar foydalanuvchi ushbu majburiyatlarni buzsa va shu munosabat bilan Uklonga pul jarimalari qo’llanilsa, foydalanuvchi Uklonga bunday jarimalar miqdorini qoplab berishni o’z zimmasiga oladi, shu jumladan Uklon Foydalanuvchiga tegishli mablag’lardan tegishli summani undirish huquqiga ega.

5.6 Qo’shimcha to’lovlar. Amaldagi Qo’shimcha to’lov dasturlari shartlarini bajarganligi uchun Foydalanuvchiga to’lanadigan Qo’shimcha to’lovlar amaldagi Uklon Qo’shimcha to’lov dasturlariga muvofiq hisoblanadi. Qo’shimcha to’lovlar tegishli buyurtma yoki buyurtmalar uchun Uklon mukofotini kamaytirish orqali foydalanuvchiga taqdim etiladi va to’lanadi. Agar Qo’shimcha to’lov tegishli buyurtma yoki buyurtmalar uchun Uklon mukofotidan katta bo’lsa, Uklon Foydalanuvchiga buyurtma qiymatiga qo’shimcha sifatida tegishli farqni to’laydi.

5.7 Qo’shimcha to’lov shartlari va tegishli Qo’shimcha to’lovlar miqdori Uklon Qo’shimcha to’lov dasturlarida belgilanadi. Amaldagi Qo’shimcha to’lov dasturlari internet tarmog`ida havola orqali e’lon qilinadi https://uklon.eu/driver-update/, shuningdek, Foydalanuvchi yangi Qo’shimcha to’lov dasturlari haqida Push va TCP bildirishnomalarini oladi.

5.8 Qo’shimcha to’lov dasturlari Qo’shimcha to’lovlarni hisoblash haqida shartlarni qisman o’z ichiga olishi mumkin, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda:

5.8.1  Buyurtmani bajarish uchun Foydalanuvchining o’ziga xos Uklon brend belgilariga ega transport vositasidan foydalanishi;

5.8.2 Tegishli Qo’shimcha to’lov dasturida belgilangan talab yuqori bo’lgan va/yoki talab yuqori bo’lgan joylarda buyurtmalarni bajarish;

5.8.3 Narxi tegishli Qo’shimcha to’lov dasturida ko’rsatilgan hajmga yetmaydigan past byudjetli buyurtmalarni bajarish;

5.8.4 Mijozga Uklon tomonidan Promo-kod taqdim etilganligi sababli Mijozlar uchun qiymati pasaytirilgan buyurtmalarni bajarish;

5.8.5 Belgilangan vaqt oralig’ida ma’lum miqdordagi Buyurtmalarni bajarish.

5.9 Аktuallashtirish. Shartnomaning ushbu 5-moddasida nazarda tutilgan stavkalar va tariflar Shartnomaning 6.4-bandida ko’rsatilgan tartibda Shartnomaga o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritish orqali Uklon tomonidan maqullangan omillarni hisobga olgan holda vaqtincha yoki doimiy ravishda, qisman yoki to’liq ravishda o’zgartirilishi mumkin.

 6.  SHARTNOMANING AMAL QILISHI VA BEKOR QILINISHI

6.1 Shartnoma noma’lum muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonni bekor qilish kutilayotgan sanadan kamida 5 (besh) ish kuni oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.

6.2 Agar Hisob balansi oxirgi marta to‘ldirilgan kundan boshlab 1 (bir) yil ichida Foydalanuvchi hech qanday Buyurtmani bajarmagan bo‘lsa, Shartnoma Foydalanuvchining tashabbusi bilan bekor qilingan hisoblanadi. Ushbu holat Foydalanuvchini yangi shartnoma tuzish uchun Uklonga murojaat qilish huquqidan mahrum qilmaydi.

6.3 Shartnomaning joriy versiyasi Mobil ilovaning “Xizmat haqida” bo‘limida va internet tarmog‘ida uz.uklon.eu/privacy-policy/ havolasi, “Ommaviy taklif” yorlig‘ida e’lon qilinishi kerak. Foydalanuvchi Shartnomaning joriy nashr etilgan versiyasi bilan muntazam ravishda tanishishni o’z zimmasiga oladi va Shartnomaning joriy versiyasi bilan bog’liq yoki undan kelib chiqadigan barcha xavf va javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

6.4 Uklon o’z xohishiga ko’ra istalgan vaqtda Shartnoma shartlarini bir tomonlama o’zgartirish yoki to’ldirish huquqiga ega. Shartnomaga kiritilgan barcha o’zgartirishlar va qo’shimchalar, shu jumladan Shartnomaning yangi versiyasi, Agar Uklon tomonidan boshqacha muddat belgilanmagan bo’lsa, ular e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi va Foydalanuvchi tegishli o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar bilan tanishish va ularga rioya qilish uchun javobgardir.

6.4.1 Agar Foydalanuvchi biron sababga ko’ra Shartnomaga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar bilan kelisha olmasa, Foydalanuvchi Buyurtmalarni qabul qilishdan bosh tortishi va Uklonga ularning kelishmovchilik sabablarini yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Agar tomonlar kelishuvning 8.3-bandida belgilangan tartibda kelisha olmasalar, kelishuv nizolarni hal qilish uchun ajratilgan muddat tugagandan so’ng Foydalanuvchi tashabbusi bilan bekor qilingan deb hisoblanadi.

6.4.2 Agar Foydalanuvchi Shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar e’lon qilingandan so’ng Buyurtmalarni qabul qilishni davom ettirsa, bu Foydalanuvchi tomonidan ushbu o’zgartirish va qo’shimchalarni to’liq va shartsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi.

 7.  TOMONLAR JAVOBGARLIGI

7.1 Agar foydalanuvchi qabul qilingan dastlabki ikkita buyurtmadan voz kechsa, Uklon Foydalanuvchiga ogohlantirish berish huquqiga ega, Agar shartnoma muddati davomida uchinchi va har bir keyingi qabul qilingan buyurtma rad etilsa, har bir rad etish uchun 10 000 so’m jarima solinadi.

7.2 Agar foydalanuvchi buyurtmalarni bajarishda faqat favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun mo’ljallangan SOS tugmachasini bir necha marta asossiz bossa, Uklon 10 000 so’m miqdorigacha jarima solish huquqiga ega.

7.3 Agar Foydalanuvchi tomonidan buyurtma qiymati o’zboshimchalik bilan oshirilgan bo’lsa, Uklon Foydalanuvchidan Buyurtma qiymatining o’zboshimchalik bilan oshirilgan miqdorida jarima undirish huquqiga ega.

7.4 Agar Foydalanuvchi Qoshimcha tolovlarni asossiz hisoblash va / yoki Promo-kodlarni asossiz taqdim etish maqsadida sun’iy Buyurtmalarni yaratish sxemalarida ishtirok etsa, Uklon hisoblangan Qoshimcha tolovlar va / yoki taqdim etilgan Promo-kodlar miqdorida jarima solishga haqlidir.

7.5 Agar Foydalanuvchi ushbu Shartnomani yoki Qonunchilik talablarini buzganligi sababli Uklon zarar ko’rgan bo’lsa, Uklon talabiga binoan foydalanuvchi Uklon tomonidan yetkazilgan zararni, shu jumladan yo’qotilgan foydani to’liq qoplaydi.

7.6 Mijozning foydalanuvchi buyurtmalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi bilan bog’liq yoki undan kelib chiqadigan har qanday shikoyatlari (da’volari) Uklon tomonidan qabul qilinishi va ko’rib chiqilishi mumkin. Agar shikoyatni ko’rib chiqish natijalariga ko’ra, Uklonning oqilona fikriga ko’ra, ular asosli ekanligi aniqlansa, Uklon Foydalanuvchiga tegishli buyurtma qiymati miqdorida jarima solishga, shuningdek Foydalanuvchidan ushbu shikoyat tufayli Uklonga yetkazilgan zararni to’liq qoplashni talab qilishga haqlidir.

7.7 Agar foydalanuvchi shartnomaning 3-8-moddalarida ko’rsatilgan majburiyatlardan birini buzsa, Uklon Foydalanuvchining xizmatidan foydalanish imkoniyatini oldindan ogohlantirmasdan to’xtatish huquqiga ega. Shartnoma maqsadlari uchun sanab o’tilgan moddalarni buzish foydalanuvchi tomonidan shartnoma bo’yicha shartnoma majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan deb hisoblanadi.

7.8 Shartnomaning 7.7-bandida ko’rsatilgan asoslar bo’yicha Uklon xizmatidan foydalanishni to’xtatish foydalanuvchini xizmatdan foydalanish imkoniyatini to’xtatishdan oldin yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

7.9 Shartnomaning 7.7-bandiga muvofiq xizmatdan foydalanish imkoniyati to’xtatilgan taqdirda, bunday foydalanish imkoniyatni qayta tiklash uchun foydalanuvchi yo’l qo’yilgan qoidabuzarliklarni to’liq bartaraf etish va bu haqida Uklonga imkon qadar tezroq xabar berish majburiyatini oladi. Agar foydalanuvchi ruxsat etilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etmasa va Uklondan foydalanish imkoniyati to’xtatilgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida bu haqda xabar bermasa, Uklon shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.

8.  BOSHQA QOIDALAR

8.1 Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda tomonlar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga amal qiladilar.

8.2 Ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan shaxsga oid ma’lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashning barcha shartlari internet tarmog’ida havola orqali joylashtirilgan “Maxfiylik siyosati” bilan belgilanadi: uz.uklon.eu/privacy-policy/, «Maxfiylik siyosati” yorlig’i.

2.3 Ushbu bitim bilan bog’liq yoki undan kelib chiqadigan har qanday nizo va kelishmovchiliklar, uni tuzish, ijro etish yoki tugatish tomonlar o’rtasidagi muzokaralar yo’li bilan hal qilinishi kerak. Agar tomonlardan biri boshqa tomonga bunday nizo yoki kelishmovchilik yuzaga kelganligi to’g’risida yozma ravishda xabar berganidan keyin tomonlar 30 (o’ttiz) kalendar kun ichida nizoni muzokaralar yo’li bilan hal qila olmasalar, unda bunday nizo O’zbekiston Respublikasi sudlarida hal qilinishi kerak.

8.4 Foydalanuvchining xizmatlardan foydalanish natijasida hosil bo’lgan ma’lumotlar bazasi Uklonning mutlaq mulki bo’lib, Foydalanuvchi unga nisbatan hech qanday huquq va vakolatlarga ega bo’lmaydi.

8.5 Ushbu shartnoma rus va o’zbek tillarida ikkita versiyada tuzilgan bo’lib, ularning har biri Mobil ilovaning «Xizmat haqida» bo’limida va internet tarmog`ida havola orqali mavjud uz.uklon.eu/privacy-policy/, «Ommaviy oferta» yorlig’i. Ushbu hujjatning rus va o’zbek tilidagi versiyalari o’rtasida tafovutlar mavjud bo’lsa, rus tilidagi versiyaning shartlari ustunlik qiladi.

9. UKLON REKVIZITLARI

Yuridik (pochta) adresi: Toshkent shahri М. Ulug’bek tumani., Oliy himmat ko’chasi

E-mail: uz.uklon1@uklon.eu

Тel.: +998781139995

STIR: 310448243

OKED: 63110

Nashr 31.08.2023 dan kuchga kiradi.