Atamalar ta’rifi
Veb-sayt – Internet tarmog`idagi veb-sahifa: www.uz.uklon.eu. Veb-sayt dasturiy mahsulotl bilan bog’liq bo’lgan kompyuter dasturlash natijasidir.
Mukofot – Mobil ilova orqali Foydalanuvchi tomonidan buyurtma qilingan Xizmatlarga chegirma. Chegirmaning (promokod) miqdori, shartlari va chegirmadan foydalanish bo’yicha barcha tafsilotlar Mobil ilovada Safar uchun chegirmalar menyu bo’limida ko’rsatiladi.
Buyurtma – Foydalanuvchining yo’lovchilarni yengil transport vositasi bilan tashishga, kichik hajmdagi yuklarni yengil transport vositasi bilan tashishga yoki zarur tafsilotlar bo’yicha tuzilgan vaqti-vaqti bilan mobil ilova orqali mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa xizmatlarga bo’lgan talabi.
Tashkilot – «UKLON UB» Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Xorijiy korxona, STIR 310 448 243, yuridik manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Oliy Ximmat ko’chasi.
«Uklon» Mobil ilovasi (bundan buyon matnda «Mobil ilova» deb yuritiladi) – «Uklon» Onlayn xizmatidan foydalanish vositasi sifatida Foydalanuvchiga taqdim etiladigan «Uklon»deb nomlangan iOS, Android elektron qurilmalari uchun mobil dastur ko’rinishidagi EHM dasturining nusxasi.
«Uklon» Onlayn xizmati (bundan buyon matnda «Onlayn xizmat» deb yuritiladi) – mobil ilova va raqamlar, harflar, belgilar, rasmlar va ularning kombinatsiyalari (shu jumladan grafik ma’lumotlar, video ma’lumotlar va boshqalar) ko’rinishidagi EHM dasturlari va elektron ma’lumotlarning o’zaro bog’liq to’plamidan iborat texnologik platforma hisoblanib, Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan boshqarish, to’plash, qayta ishlash, tarqatish, saqlash, taqdim etish uchun mo’ljallangan. Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmatlar takliflari to’g’risida, talab va taklif nisbati, ob-havo sharoiti, marshrutni hisobga olgan holda buyurtma narxini avtomatik hisoblash, marshrutlarni avtomatik ravishda quradigan va Foydalanuvchini Hamkor bilan bog’lash uchun ma’lumot almashishni ta’minlaydigan, Foydalanuvchiga avtomatik ravishda yaratilgan Hamkorlarning takliflarini qidirish va ko’rib chiqish imkoniyatini beradigan, Foydalanuvchining mumkin bo’lgan bajarilish mezonlariga muvofiq, Foydalanuvchiga Hamkorlarlarning tegishli buyurtmalari va takliflarini o’z xohishiga ko’ra joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish imkonini beradigan va yana boshqa omillar: joylashuv, xizmatlarning tavsiya etilgan narxini o’zgartirish, Onlayn xizmat va Hamkorlarga baho berish va ular bilan o’zaro aloqada bo’lish, foydalanish uchun mavjud bo’lgan Onlayn xizmat funktsiyalarida ko’zda tutilganidek, real vaqt rejimida dastur tomonidan qurilgan marshrutlardan foydalanish va boshqalar Onlayn xizmatlarning dasturiy mahsulotlar bilan bog’liq kompyuter dasturlash natijasi hisoblanadi.
Hamkor – Foydalanuvchiga yengil transport vositasi bilan yo’lovchilarni tashish bo’yicha Xizmatlar, yengil transport vositasi bilan kichik yuklarni tashish bo’yicha Xizmatlar yoki vaqti-vaqti bilan «Uklon» Mobil ilovasi orqali Foydalanuvchilar uchun mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa Xizmatlarni taqdim etuvchi va/yoki taklif qiluvchi va Tashkilot bilan shartnomaviy munosabatlarda bo’lgan shaxs (yuridik yoki o’z-o’zini band qilgan jismoniy shaxs).
Foydalanuvchi – mobil ilovada ro’yxatdan o’tish paytida 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan har qanday muomalaga layoqatli shaxs.
«Uklon» Onlayn xizmati Foydalanuvchilari tomonidan Promo – kodlarni olish va ulardan foydalanish Qoidalari (bundan buyon matnda «Qoidalar» deb yuritiladi) – Tashkilotning Foydalanuvchilarning Onlayn xizmatga qiziqishini oshirishga va Promo – kodlarni taqdim etish orqali yangi Foydalanuvchilarni jalb qilishga qaratilgan marketing tadbirlarini o’tkazish qoidalari.
Promo – kod – Mobil ilovada faollashtirilgan holda Foydalanuvchiga Mukofot olish imkoniyatini beruvchi belgilar to’plami. Promo – kodning amal qilish muddati va Promo – koddan foydalanish tafsilotlari mobil ilovada Safar uchun chegirmalar menyu bo’limida ko’rsatiladi.
Hudud – bu Qoidalar amal qiladigan hudud. Ushbu Qoidalarning maqsadlari uchun O’zbekiston Respublikasining Toshkent shahri Hudud deb hisoblanadi. Shu bilan birga, Tashkilot Foydalanuvchini ogohlantirmasdan istalgan vaqtda o’z xohishiga ko’ra Hududni o’zgartirish (kengaytirish yoki cheklash) huquqiga ega.
Xizmatlar – Tashkilot bilan shartnomaviy munosabatlarda bo’lgan Hamkorlar tomonidan Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan yo’lovchilarni yengil transport vositasi bilan tashish, kichik hajmdagi yuklarni yengil transport vositasi bilan tashish bo’yicha Xizmatlar, shuningdek vaqti-vaqti bilan mobil ilova orqali mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa Xizmatlar. Ushbu Qoidalarning hech bir qoidasi Tashkilot Xizmatlarni taqdim etishi yoki taqdim etishi mumkinligini anglatmaydi.
- Promo-kodlarni olish va ulardan foydalanish tartibi
1.1. Promo-kodni olish uchun shaxs «Uklon» Onlayn xizmatining Foydalanuvchisi bo’lishi kerak.
1.2. Tashkilot Foydalanuvchiga «Uklon» Onlayn xizmati orqali Buyurtma qilingan Xizmatlarga chegirmalar uchun Mobil ilovaga Promo-kodlarni yuborish huquqiga ega. Promo – kodning amal qilish muddati, Promo – koddan foydalanish tafsilotlari va chegirma miqdori mobil ilovada Safar uchun chegirmalar menyu bo’limida ko’rsatiladi.
1.3. Mukofot (chegirma) olish imkoniyati uchun Foydalanuvchi quyidagilardan birini bajarishi kerak:
– «Uklon» Onlayn xizmatidan foydalangan holda Xizmatga Buyurtma qilish, bunda Tashkilot tomonidan yuborilgan chegirma Promo-kodi avtomatik tarzda Foydalanuvchi tomonidan buyurtma amalga oshirilganda qo’llanadi;
– Mobil ilovaning «Safar uchun chegirmalar» bo’limidagi «Promo-kod qo’shish» maydoniga belgilar kombinatsiyasini (Promo-kod) kiritish.
Chegirma miqdori va chegirmadan foydalanish bo’yicha barcha tafsilotlar Mobil ilovada Safar uchun chegirmalar menyu bo’limida ko’rsatiladi.
- Cheklovlar
2.1. Agar Foydalanuvchi Mukofotdan foydalanish imkoniyatidan foydalanmagan yoki undan foydalanishni rad etgan yoki Foydalanuvchi Tashkilotning aybi bo’lmagan sabablarga ko’ra undan foydalana olmasa, Tashkilot javobgar bo’lmaydi.
2.2. Promo-koddan faqat bir marta foydalanish mumkin. Promo-kodlar almashtirilmaydi yoki qaytarilmaydi, Promo-kod yo’qolgan holda qayta tiklanmaydi. Mukofotlarni, shu jumladan pul ekvivalenti yoki boshqa biron bir foyda bilan almashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Agar Xizmatlar Onlayn xizmat Foydalanuvchisining aybi bilan taqdim etilmagan bo’lsa, kiritilgan Promo – kod bekor qilinadi va Foydalanuvchi keyingi Xizmatlarga Buyurtma berishda Promo – koddan foydalana olmaydi.
2.3. Foydalanuvchi shaxsan, o’z nomidan, ixtiyoriy va mustaqil ravishda harakat qiladi.
2.4. Tabiiy ofatlar, yong’in, suv toshqini, har qanday xarakterdagi harbiy harakatlar, blokadalar, hududda amal qilayotgan qonunchilikdagi jiddiy o’zgarishlar, Tashkilot nazorati doirasida bo’lmagan boshqa holatlar kabi fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilot Qoidalarni buzganligi va/yoki Mukofot bermaganligi va/yoki taqdim etilgan Mukofotdan Foydalanuvchi foydalana olmaganligi uchun javobgar emas.
2.5. Mukofot olish faqat Foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi va uni pul majburiyati sifatida ko’rib bo’lmaydi. Mukofot olish kelishuv predmeti sifatida qaralishi mumkin bo’lgan har qanday harakatlar, bitimlar, kelishuvlarni amalga oshirishga yo’l qo’yilmaydi.
2.6. Promo – koddan foydalangan holda Foydalanuvchi ushbu Qoidalar bilan tanishganligini tasdiqlaydi.
- Boshqa shartlar
3.1. Foydalanuvchilarni Qoidalar to’g’risida xabardor qilish Qoidalarni Veb-saytga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Qoidalar to’g’risida ma’lumot berish, shuningdek keyinchalik paydo bo’lishi mumkin bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni taqdim etish turli usullar orqali: Internet tarmog’ida qoidalarni e’lon qilish, ijtimoiy tarmoqlar (shu jumladan, nafaqat Facebook, Instagram), Onlayn xizmat Foydalanuvchilariga elektron pochta orqali xabarlar, Mobil ilovadagi xabarlar, Viber yoki SMS-xabarlar va boshqa Internet-media orqali reklama materiallarini joylashtirish yoki yuborish orqali amalga oshirilishi mumkin.
3.2. Ushbu Qoidalar istalgan vaqtda Tashkilot tomonidan bir tomonlama o’zgartirilishi va/yoki to’ldirilishi mumkin. Ushbu Qoidalarning o’zgarish va/yoki to’ldirilishi, Tashkilot tomonidan tasdiqlangan holda amalga oshishi mumkin. Ushbu o’zgarishlar va qo’shimchalar ularning e’lon qilinishi paytidan boshlab kuchga kiradi, agar ushbu Qoidalarga kiritilgan o’zgartirishlar/qo’shimchalar orqali boshqa maxsus tartib belgilanmagan bo’lsa. Agar Foydalanuvchi Qoidalarga o’zgartirishlar va/yoki qo’shimchalar kiritilgandan so’ng, Tashkilot tomonidan taqdim etilgan Promo-koddan foydalansa, u bunday o’zgarishlarni qabul qilgan deb hisoblanadi.
3.3. O ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan soliqlar va yig ‘imlarni to’ lash bo ‘ yicha majburiyatlar, ushbu qonun hujjatlari normalari asosida, Qoidalarda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
3.4. Foydalanuvchilarning shaxsga oid ma’lumotlarini qayta ishlash bilan bog’liq barcha masalalar (shu jumladan, nafaqat shaxsga oid ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi, asoslari, qayta ishlash tartibi va rozilikni qaytarib olish masalalari) Veb-saytda va Mobil ilovadagi havola orqali joylashtirilgan va mavjud bo’lgan “Shaxsga oid ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish to’g’risidagi” Nizomi bilan tartibga solinadi
3.5. Qoidalarni va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalarni noaniq talqin qilishga imkon beradigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qaror Tashkilot tomonidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qilinadi. Shu bilan birga, Tashkilotning qarori yakuniy hisoblanadi va shikoyat qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Tahrir 2023 yil 19 iyundan kuchga kiradi.