close

⬆️ Faollik

Maqolaning mavzulari:

Buyurtmalar

Faollik — bu haydovchilarning safarlarni bajarishdagi daxldorligi ko‘rsatkichi (siz majburiy buyurtmalarni qanday bajarayotganingiz yoki yo‘qligi haqida). Bu haydovchilar orasida buyurtmalarni taqsimlashga va buyurtmalarni qidirish usullarining mavjudligiga ta’sir etuvchi omillardan biri hamdir. Ballar soni qanchalik yuqori bo‘lsa, buyurtmani taqsimlashda ustunlik shunchalik ko‘proq bo‘ladi.

Faollik 0 dan 1000 gacha ballarda ko‘rinadi va uch darajaga ega:

🟢 Yashil: 1000 – 701 ball

✅ Buyurtmalar qidirishning barcha uslublari ochiq.

🟡 Sariq: 700 – 401 ball

🚫 Bloklanadi: Avto va Sikl.
✅ Faol qoladi: Zanjir, Uyga, Navbatli sektor, Efir va Efir filtrlari.

🔴 Qizil: 400 – 1 ball

🚫 Bloklanadi: Zanjir, Avto va Sikl, Uyga filtrlari.
✅ Faol qoladi: Navbatli sektor, Efir va Efir filtrlari.

Faollik 0 ga tushib ketsa, haydovchilar buyurtmalar ololmaydi.


Haydovchilar qanday qilib Faollik darajalariga ta’sir qila oladilar?

Haydovchilar o‘z ko‘rsatkichini bazaviy va qo‘shimcha ballar yordamida ko‘paytirib borishlari mumkin.

Bazaviy ballarni sizda hozir faol bo‘lgan barcha qidiruv usullaridan foydalanib amalga oshirilgan buyurtmalar evaziga olsa bo‘ladi.

Qo‘shimcha ballar esa ma’lum bir turdagi safarlar uchun hisobga yoziladi va haydovchi ko‘rishi mumkin bo‘lgan Faollik ekranida darhol aks etadi. Qo‘shimcha ballar hududdan kelib chiqib darajalanadi va farq qilishi mumkin.


Faollik ushbu holatlar uchun pasayishi mumkin:

  • majburiy buyurtma qabul qilinmagani yoki rad etilgani,
  • qabul qilingan buyurtma bekor qilingani,
  • rejalangan buyurtma tasdiqlanishidan bosh tortish yoki bekor qilganlik uchun.

Agar buyurtma haydovchining aybisiz amalga oshmay qolgan bo‘lsa, u Qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga murojaat qilishi va ballar yechib olinganini muhokama qilishi mumkin.


Faollik ta’sir ETMAYDIGAN omillar:

  • majburiy bo‘lmagan buyurtmalarning qabul qilinmagani,
  • yo‘lovchi tomonidan bekor qilingan buyurtmalar (haydovchining aybisiz),
  • haydovchi reytingi.

O‘z Faolligingizni qanday tekshirish mumkin:

  1. Uklon Driver ilovasini oching
  2. Yon menyuga o‘ting
  3. Faollik bandini tanlang

Bu yerda Faollik darajangiz va buyurtmalarni qidirish uchun mavjud usullarni ko‘rasiz. Shuningdek, ushbu bo‘limda Faolligingiz o‘zgarishlari tarixini ham ko‘rishingiz mumkin. Unda qo‘shilgan va ayrilgan ballar miqdori batafsil ko‘rsatilgan.

Endi haydovchilar har bir buyurtmaning Faollik darajasiga qanday ta’sir qilishini — qancha ball olishlari yoki yo‘qotishlari mumkinligini ko‘ra oladilar.

Har bir safar tafsilotlarida nechta Faollik balli olingani yoki yechib olingani ko‘rsatiladi.


Savollar va javoblar

Mening Faollik ko‘rsatkichim nega tushib ketdi?

Bu quyidagilar sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin:

  • majburiy buyurtmaning qabul qilinmagani yoki rad etilgani,
  • qabul qilingan buyurtmaning bekor qilingani,
  • rejalangan buyurtmani tasdiqlashdan bosh tortilgani yoki bekor qilingani.

O‘z Faollik darajamni qanday oshirsam bo‘ladi?

Bazaviy ballarni olish uchun buyurtmalarni bajaring va qo‘shimcha ballar hisobiga Faolligingizni oshirib boring. Ko‘proq miqdordagi ballar zanjir, avto va sikl bo‘yicha buyurtmalar bajarilgani uchun qo‘shiladi.

Shuningdek, Faollik ekranidagi tavsiyalarga rioya qiling — bu yuqori darajani barqaror ushlab turishga yordam beradi.


Faollik past ko‘rsatkichida nima uchun men kamroq buyurtmalar qabul qilaman?

Faollik ko‘rsatkichi buyurtmalar taqsimotiga ta’sir qiladi, shuning uchun u qanchalik yuqori bo‘lsa, buyurtma olish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.


Bekor qilish mening aybimsiz yuz bergan hollarda Faollik pasayishi bo‘yicha bahslashishim mumkinmi?

Ha, buning uchun Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling va vaziyatni tushuntiring. Operator sizning vaziyatingizni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.


Faqat mos keladigan buyurtmalarni qabul qilish va Faollikni pasaytirmaslik uchun filtrlarni qanday sozlasa bo‘ladi?

Ilovadagi filtrlarni ehtiyojlaringizdan kelib chiqib moslang: kerakli buyurtma parametrlarini kiriting hamda Avto yoki Sikl funksiyasini yoqing. Shunday qilib, siz faqat o‘z kutilmalaringizga mos keladigan majburiy buyurtmalarni olasiz.

Bunday buyurtmalarni bajaring — va siz barqaror tarzda Faollik bazaviy ballariga ega bo‘lib borasiz.
Yodda tuting: mos buyurtmalarni o‘tkazib yuborganlik va rad etganlik uchun ballar pasayishi mumkin.


Hisobim past Faollik tufayli cheklangan bo‘lsa, Efir kabi buyurtma qidirish boshqa usullari qanday ishlaydi?

Agar Faollik ko‘rsatkichi 400 – 1 ball diapazonida joylashgan bo‘lsa, siz Navbatli sektor, Efir va Efir filtrlaridan buyurtmalar qabul qila olasiz. Agar ko‘rsatkich 0 ga tushib ketsa, Efir ham ochilmaydi.


Faollik ko‘rsatkichi ilovada qachon yangilanib turadi?

Faollik ko‘rsatkichi har bir buyurtmadan keyin yangilanadi — va siz u Faolligingizga qanday ta’sir ko‘rsatganini darhol bilib olasiz.