close
← Back to stocks

«Do’stingni taklif qil» AKSIYASINI O’TKAZISH QOIDALARI 

«Do’stingni taklif qil» AKSIYASINI O’TKAZISH QOIDALARI

«Do’stingni taklif qil» Aksiyasining (keyingi o’ rinlarda – Aksiya deb ataladi) ushbu Rasmiy qoidalari (keyingi o ‘rinlarda – Qoidalar deb ataladi) uni o’tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. Aksiyada ishtirok etish bepul. Aksiya qimor, lotereya, qimor biznesidagi xizmat yoki musobaqa emas, uni qimor o’yinlarining har qanday shaklida ishlatish mumkin emas. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchi tomonidan Qoidalarning barcha shartlarini va ularga kiritilgan har qanday o’zgarishlarni to’liq va shartsiz qabul qilganligini anglatadi.

1. USHBU QOIDALARDA QO’LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI

1.1. Aksiya – «Uklon» onlayn-xizmatining qiziqish va iste’mol talabini shakllantirish va yangi foydalanuvchilarni jalb qilishga qaratilgan «Do’stingni taklif qil» reklama aksiyasi. Aksiyaning maqsadi Tashkilotchi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarni, shuningdek Uklon (TM) savdo belgisini targ’ib qilish va reklama qilishdir.

1.2. Aksiya veb-sayti (keyingi o’rinlarda – Veb-sayt deb ataladi) – Internet tarmog’idagi veb-sahifa: www.uz.uklon.eu. Veb-sayt dasturiy mahsulotlar bilan bog’liq bo’lgan kompyuter dasturlash natijasidir.

1.3. Mukofot – yangi yoki joriy Foydalanuvchi uchun (Onlayn-xizmat yordamida 5 (besh) yoki undan ko’p Buyurtmalar amalga oshirgan Foydalanuvchi joriy Foydalanuvchi deb hisoblanadi) Xizmat narxini 6000 UZS (olti ming so’m)gacha kamaytirish huquqini beruvchi Mukofot amal qilish muddatida faol bo’lgan Promo-kod. Agar yangi Foydalanuvchi Referal havolasi orqali o’tib, Onlayn-xizmatda birinchi marta ro’yxatdan o’tsa yoki birinchi Buyurtmani amalga oshirishdan oldin Promo-kodni qo’llasa (uni Mobil ilovaning Promo-kodlar bo’limiga kiritgan bo’lsa) yangi Foydalanuvchiga mukofot beriladi. Agar yangi Foydalanuvchi joriy Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan Referal havolasi orqali kirib, Onlayn-xizmatda birinchi marta ro’yxatdan o’tsa yoki joriy Foydalanuvchi tomonidan berilgan Promo-kodni birinchi Buyurtma berishdan oldin qo’llasa joriy Foydalanuvchiga mukofot beriladi. Har qanday holatda ham, yangi va joriy Foydalanuvchilar uchun bir xizmat uchun taqdim etiladigan chegirma miqdori 6000 UZS (olti ming so’m) dan oshmasligi kerak. Chegirma (promo-kod)dan foydalanish shartlari va tafsilotlari Mobil ilovada “Safar uchun chegirmalar” menyu bo’limida ko’rsatilgan.

1.4. Buyurtma – Foydalanuvchining yo’lovchilarni yengil transport vositasi bilan tashishga, kichik hajmdagi yuklarni yengil transport vositasi bilan tashishga yoki zarur tafsilotlar bo’yicha tuzilgan vaqti-vaqti bilan Mobil ilova orqali mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa xizmatlarga bo’lgan talabi.

1.5. Tashkilot va/yoki Ijrochi va/yoki Tashkilotchi – «UKLON UB» Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Xorijiy korxona, STIR 310 448 243, yuridik manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko’chasi, 34-uy, 306-xona.

1.6. «Uklon» Mobil ilovasi (bundan buyon matnda «Mobil ilova» deb yuritiladi) – «Uklon» Onlayn xizmatidan foydalanish vositasi sifatida Foydalanuvchiga taqdim etiladigan «Uklon»deb nomlangan iOS, Android elektron qurilmalari uchun mobil dastur ko’rinishidagi EHM dasturining nusxasi.

1.7. «Uklon» Onlayn xizmati (bundan buyon matnda «Onlayn xizmat» deb yuritiladi) – mobil ilova va raqamlar, harflar, belgilar, rasmlar va ularning kombinatsiyalari (shu jumladan grafik ma’lumotlar, video ma’lumotlar va boshqalar) ko’rinishidagi EHM dasturlari va elektron ma’lumotlarning o’zaro bog’liq to’plamidan iborat texnologik platforma hisoblanib, Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan boshqarish, to’plash, qayta ishlash, tarqatish, saqlash, taqdim etish uchun mo’ljallangan. Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmatlar takliflari to’g’risida, talab va taklif nisbati, ob-havo sharoiti, marshrutni hisobga olgan holda buyurtma narxini avtomatik hisoblash, marshrutlarni avtomatik ravishda quradigan va Foydalanuvchini Hamkor bilan bog’lash uchun ma’lumot almashishni ta’minlaydigan, Foydalanuvchiga avtomatik ravishda yaratilgan Hamkorlarning  takliflarini qidirish va ko’rib chiqish imkoniyatini beradigan, Foydalanuvchining mumkin bo’lgan bajarilish mezonlariga muvofiq, Foydalanuvchiga Hamkorlarlarning tegishli buyurtmalari va takliflarini o’z xohishiga ko’ra joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish imkonini beradigan va yana  boshqa omillar: joylashuv, xizmatlarning tavsiya etilgan narxini o’zgartirish, Onlayn xizmat va Hamkorlarga baho berish va ular bilan o’zaro aloqada bo’lish, foydalanish uchun mavjud bo’lgan Onlayn xizmat funktsiyalarida ko’zda tutilganidek, real vaqt rejimida dastur tomonidan qurilgan marshrutlardan foydalanish va boshqalar  Onlayn xizmatlarning dasturiy mahsulotlar bilan bog’liq kompyuter dasturlash natijasi hisoblanadi.

1.8. Hamkor – Foydalanuvchiga yengil transport vositasi bilan yo’lovchilarni tashish bo’yicha Xizmatlar, yengil transport vositasi bilan kichik yuklarni tashish bo’yicha xizmatlar yoki vaqti-vaqti bilan Mobil ilova orqali mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan xizmatlarni ko’rsatuvchi va/yoki taklif qiluvchi Tashkilot bilan shartnomaviy munosabatlarda bo’lgan uchinchi shaxs (yuridik yoki o’z-o’zini band qilgan jismoniy shaxs).

1.9. Foydalanuvchi – Mobil ilovada ro’yxatdan o’tish paytida 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan har qanday muomalaga layoqatli shaxs.

1.10. Promo-kod – joriy Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilovada Onlayn-xizmat orqali yaratilgan belgilar to’plami bo’lib, uni potentsial yangi Foydalanuvchiga birinchi Buyurtma berishdan oldin Mobil ilovada Promo-kodni qo’llash uchun uzatish maqsadida yaratiladi.

1.11. Referal havola – joriy Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilovada Onlayn-xizmat orqali yaratilgan havola bo’lib, uning maqsadi potentsial yangi Foydalanuvchini Onlayn-xizmatga taklif qilishdir.

1.12. Mukofotning amal qilish muddati – bu yangi yoki joriy Foydalanuvchi tomonidan Mukofotdan foydalanish mumkin bo’lgan davr, bu muddat yangi Foydalanuvchi Onlayn-xizmatda Referal havola orqali ro’yxatdan o’tgandan yoki 2.1.1 bandida keltirilgan shartlar asosida Promo-kodni qo’llagandan keyingi 14 (o’n to’rt) taqvim kunidan iborat.

1.13. Aksiyani o’tkazish muddati va/yoki Aksiyaning Davomiyligi va/yoki Aksiyani o’tkazish davri – Aksiya o’tkaziladigan muddat (vaqt davri), 26.12.2023 soat 00:00 dan 31.12.2024 soat 23:59 gacha Toshkent vaqti (GMT+5) bo’yicha.

1.14. Aksiya o’tkaziladigan Hudud – Aksiya shartlari amal qiladigan hudud. Aksiya faqat O’zbekiston Respublikasining Toshkent shahri hududida yangi va joriy Foydalanuvchilar uchun o’tkaziladi.

1.15. Aksiya ishtirokchisi(lari) – Aksiyada ishtirok etish vaqtida kamida 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va Aksiyada ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlarni bajargan muomalaga layoqatli shaxs (O’zbekiston Respublikasining fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxs). Aksiya Mobil ilovada birinchi marta ro’yxatdan o’tish jarayonida joriy Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan Referal havola orqali yoki birinchi Buyurtmani bajarishdan oldin Promo-kodni qo’llagan yangi Onlayn-xizmat Foydalanuvchilari uchun, shuningdek, yangi Foydalanuvchiga Referal havola yoki Promo-kodni ulashgan Onlayn-xizmat joriy Foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Tashkilotchining xodimlari va ularning birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari Aksiya ishtirokchilari sifatida tan olinmaydi va ularning ishtiroki mumkin emas. Agar ishtirokchi ushbu Qoidalariga rioya qilishida halollik borasida shubhalar yuzaga kelsa yoki ularni ataylab buzganligi aniqlansa, Tashkilotchi har qanday ishtirokchini chetlashtirish huquqiga ega.

2. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA MUKOFOT OLISH TARTIBI

2.1. Aksiyada ishtirok etish va Mukofot olish uchun Ishtirokchi Aksiya davomida quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak:

2.1.1. Agar Ishtirokchi Onlayn-Xizmatning yangi Foydalanuvchisi bo’lsa:

  • Mobil ilovani Referal havola orqali yuklab olish va Onlayn-xizmatning Foydalanuvchisi sifatida birinchi marta ro’yxatdan o’tish yoki ilovalarni yuklab olish uchun mavjud bo’lgan marketpleys orqali Mobil ilovani yuklab olish, Onlayn-xizmatning Foydalanuvchisi sifatida birinchi marta ro’yxatdan o’tish va birinchi Buyurtmani amalga oshirishdan oldin Promo-kodni qo’llash;
  • Mobil ilovadan foydalanish chog’ida geolokatsiyadan foydalanishga Mobil ilovaga ruxsat berish;
  • Mobil ilova orqali Xizmatni buyurtma qilish.

2.2. Agar Ishtirokchi Onlayn-Xizmatning joriy Foydalanuvchisi bo’lsa:

  • Onlayn-xizmatning potentsial yangi Foydalanuvchisiga ro’yxatdan o’tish uchun Referal havolani yoki Mobil ilovada qo’llanishi mumkin bo’lgan Promo-kodni yaratib, ulashish kerak. Bunda, yangi Foydalanuvchi Referal havola orqali o’tib, Onlayn-xizmatda birinchi marta ro’yxatdan o’tishi yoki birinchi Buyurtmani bajarishdan oldin Promo-kodni qo’llashi lozim;
  • Mobil ilovadan foydalanish chog’ida geolokatsiyadan foydalanishga Mobil ilovaga ruxsat berish;
  • Mobil ilova orqali Xizmatni buyurtma qilish.

2.3. Ushbu Aksiya doirasida, Onlayn-xizmat joriy Foydalanuvchisi bir oy davomida 5 (besh) yangi Foydalanuvchini Onlayn-xizmatga taklif qilishi mumkin, ya’ni 5 (besh) Referal havola yoki Promo-kodni potentsial yangi Foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin. Agar yangi Foydalanuvchi Referal havola orqali o’tib, Onlayn-xizmatda birinchi marta ro’yxatdan o’tsa, Referal havola taqdim etilgan deb hisoblanadi. Agar Promo-kod yangi Foydalanuvchi tomonidan qo’llanilgan bo’lsa (Mobil ilovaning Promo-kodlar menyu bo’limidagi ro’yxatga kiritilgan bo’lsa) va birinchi Buyurtmani amalga oshirishdan oldin Onlayn-xizmat orqali qo’llanilgan bo’lsa, Promo-kod taqdim etilgan deb hisoblanadi.

2.4. Mukofotdan foydalanish shartlari va tafsilotlari ushbu Qoidalarning 1.3-bandida va Mobil ilovaning “Safar uchun chegirmalar” menyu bo’limida ko’rsatilgan.

2.5. Ushbu Qoidalarning barcha shartlariga qat’iy rioya qilish Ishtirokchi tomonidan Mukofot olishning zaruriy shartidir. Qoidalarda nazarda tutilgan har qanday shartni bajarmaslik tegishli Ishtirokchini Mukofot olish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ishtirokchi Mukofot olish yoki undan foydalanishni rad etish huquqiga ega.

2.6. Tashkilotchi Veb-saytda Qoidalarning yangilangan versiyasini joylashtirish (nashr etish) orqali Aksiya shartlari, Hududi va Aksiyani o’tkazish muddatlarini o’zgartirish huquqiga ega. Agar Qoidalar bilan to’g’ridan-to’g’ri boshqacha tartib belgilanadigan bo’lsa ushbu o’zgarishlar Veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

3. CHEKLOVLAR VA TEXNIK SHARTLAR

3.1. Tashkilotchi aloqa operatorlari xizmatlari sifati, Internet-provayderlarning xizmatlari, shu jumladan, Aksiya davomida aloqa kanallaridan foydalanishda ma’lumotlarni uzatish bilan bog’liq texnik muammolar, aloqa operatorlarining ishi, aloqa operatorlari va/yoki Internet-provayderlarning har qanday xatolari sababli Aksiya Ishtirokchilariga xabar berilmagan yoki Mukofot olish huquqi to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilinmaganligi uchun javobgar emas.

3.2. Tashkilotchisi Mukofot olish huquqi bilan bog’liq har qanday nizolar uchun javobgar emas. Har qanday holda, nizolar bo’yicha yakuniy qaror Aksiya Tashkilotchisi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyat qilinmaydi.

3.3. Agar Aksiya Ishtirokchisi Mukofot olish imkoniyatidan foydalanmagan bo’lsa yoki Ishtirokchi Aksiya Tashkilotchisining aybisiz mukofotdan foydalana olmagani uchun Aksiya Tashkilotchisi javobgar bo’lmaydi.

3.4. Mukofotni faqat Mukofot olish huquqiga ega bo’lgan Aksiya Ishtirokchilari olishlari mumkin. Agar Mukofot yoki uni olish huquqi bitim, to’lov vositasi yoki garov predmeti bo’lgan Mukofot olishdan oldin tuzilgan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlar, shartnomalarga yo’l qo’yilmaydi. Mukofotni pul yoki boshqa biron bir foyda bilan almashtirishga yo’l qo’yilmaydi

3.5. Agar Aksiya Ishtirokchisi biron sababga ko’ra shaxsan Mukofotni ololmasa, bunday Ishtirokchi o’z huquqini uchinchi shaxsga berishga haqli emas.

3.6. Mukofotdan faqat bir marotaba foydalanish mumkin, bunda, agar boshqa aksiyaning qoidalarida boshqacha ko’rsatilmagan bo’lsa, mukofot boshqa aksiyalar va tashkilotning takliflari bilan umumlashtirilmaydi. Ushbu Aksiya «-35%gacha x3» Aksiyasi bilan kesishishi mumkin, shuning uchun ushbu Aksiya maqsadlari uchun ikkala Aksiya doirasida belgilangan Mukofotlarni taqdim etish tartibi quyidagicha bo’lishi kerak:

  • agar Foydalanuvchi Onlayn-xizmatda ilk bor Referal havola orqali ro’yxatdan o’tsa – Foydalanuvchi avval ushbu Aksiya doirasida taqdim etiladigan Mukofotni oladi, so’ngra «-35%gacha x3» Aksiyasi doirasidagi Mukofotni oladi;
  • agar Foydalanuvchi ilk bor Onlayn-xizmatda Mobil ilova orqali, ilovalarni yuklab olish uchun mavjud marketpleysdan yuklab olib, birinchi Buyurtmani Mobil ilova orqali rasmiylashtirishdan oldin Promo-kodni qo’llasa – Foydalanuvchi avval «-35%gacha x3» Aksiyasi doirasida taqdim etiladigan Mukofotni oladi, so’ngra ushbu Aksiya doirasidagi Mukofotni oladi.

Agar Xizmat ko’rsatish Aksiya Ishtirokchisining aybi bilan amalga oshirilmagan bo’lsa, Mukofot bekor qilinadi va Mukofot Aksiya Ishtirokchisi tomonidan navbatdagi Xizmatga Buyurtma berishda ishlatilmaydi.

3.7. Aksiyada ishtirok etish maqsadida Ishtirokchi tomonidan Internet/mobil aloqa tarmog’idan foydalanish qiymati Ishtirokchi tomonidan o’z hisobidan mustaqil ravishda to’lanadi va ushbu xizmat provayderining tarif rejasiga muvofiq xizmatning standart narxiga mos keladi.

3.8. Tashkilotchi, shuningdek u tomonidan jalb qilgan uchinchi shaxslar, Internet/uyali aloqa tarmog’idagi har qanday texnik nosozliklar, shuningdek Tashkilotchidan mustaqil bo’lgan holatlar tufayli yuzaga kelgan boshqa texnik nosozliklar uchun javobgar emaslar.

4. QO’SHIMCHA SHARTLAR

4.1. Foydalanuvchilarning shaxsga oid ma’lumotlarini qayta ishlash bilan bog’liq barcha masalalar (shu jumladan, nafaqat shaxsga oid ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi, asoslari, qayta ishlash tartibi va rozilikni qaytarib olish masalalari) Veb-sayt va Mobil ilovada joylashtirilgan “Maxfiylik siyosati” bilan tartibga solinadi.

4.2. Tabiiy ofatlar, yong’in, suv toshqini, har qanday xarakterdagi harbiy harakatlar, blokadalar, Hududda amal qilayotgan qonunchilikdagi jiddiy o’zgarishlar, Tashkilotchi nazorati doirasida bo’lmagan boshqa holatlar kabi fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchi Qoidalarni buzganligi va/yoki Mukofot bermaganligi va/yoki taqdim etilgan Mukofotdan Foydalanuvchi foydalana olmaganligi uchun javobgar emas.

4.3. Aksiya Ishtirokchisi Aksiyada ishtirok etgan holda, ushbu Qoidalarni to’liq va shartsiz ravishda qabul qilishini tasdiqlaydi.

4.4. Ishtirokchilarni Qoidalar to’g’risida xabardor qilish Qoidalarni Aksiya Veb-saytiga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik paydo bo’lishi mumkin bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar reklama materiallarini turli yo’llar bilan: radio, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda, bosma reklama materiallarida, tashqi reklama vositalarida, onlayn xizmat foydalanuvchilariga elektron pochta orqali yuborish, mobil ilovada Push va TCP xabarlari, Viber yoki SMS-xabarlar va boshqa Internet-media orqali joylashtirish bilan amalga oshirilishi mumkin.

4.5. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan soliqlar va yig’imlarni to’ lash bo’yicha majburiyatlar Aksiya Qoidalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

Tahrir 2024-yil 07-oktabrdan kuchga kiradi.