Cookie fayllar siyosati
COOKIE-FAYLLARI SIYOSATI
KIRISH
Ushbu Cookie-fayllari siyosati (keyingi o‘rinlarda – “Siyosat”) Uklon veb-saytlari (keyingi o‘rinlarda – “Veb-sayt”) va uchinchi shaxslar tomonidan qanday cookie-fayllar va boshqa kuzatuv vositalaridan (keyingi o‘rinlarda – “Cookie-fayllar”) foydalanilishi va qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot beradi, shuningdek cookie-fayllar afzalliklari yoki ularning ko’rinishi va saqlashidan voz kechish haqida ma’lumot beradi.
Ba’zi hollarda, biz Cookie-fayllarni boshqa ma’lumotlar bilan birlashtirganimizda Sizning Shaxsiy Ma’lumotlaringizni qayta ishlanishiga olib kelishi sababli, Cookie-fayllardan Shaxsiy Ma’lumotlarni to’plash yoki Shaxsiy Ma’lumotlarga aylanadigan ma’lumotlarni to’plash uchun foydalanishimiz mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz haqida batafsil maʼlumot olish uchun Maxfiylik Siyosatimiz bilan tanishib chiqing.
HUQUQIY VA ALOQA MA’LUMOTI
Ushbu Siyosatdagi “Uklon”, “Biz”, “Bizning”, “Bizga” degan har qanday havola “UKLON UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonani anglatadi, STIR 310448243, joylashgan manzili: 100060, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko’chasi, 34, 306-ofis.
Ushbu Siyosatdagi “Siz”, “Sizning”, “O’zingiz” degan har qanday ibora Veb-saytga tashrif buyuradigan/Mobil ilova(lar)ni yuklab oladigan va ushbu Veb-sayt va Mobil ilova(lar)da hisobni ro‘yxatdan o‘tkazadigan jismoniy shaxsni anglatadi.
Cookie-fayllardan foydalanish va Sizning shaxga doir ma’lumotlaringizga ishlov berish va himoya qilish bo‘yicha barcha amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi, bunda O‘zbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida” Qonuniga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan keyin birgalikda “Ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha amaldagi qonunlar” deb yuritiladi.
Ushbu Siyosat Siz bizning veb-saytlarimizdan va mobil ilovalarimizdan foydalanganda Maʼlumotlarni Himoya Qilish Toʻgʻrisida Amaldagi Qonunlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Siyosat maqsadlari uchun “Mobil ilova” deganda iOS va Android mobil qurilmalari uchun “Uklon” (foydalanuvchilar uchun) va “Uklon Driver” (hamkorlar uchun) ilovalari, “Veb-sayt” deganda esa quyidagi domenlarga ega har qanday veb-saytni anglatadi: driverregistrationuz.uklon.eu, uz.uklon.eu .
Ushbu Siyosatda ishlatilgan bosh harf bilan yozilgan atamalarning ma`nosi aniqlanmagan bo‘lsa, ular Maxfiylik siyosatida ko`rsatilgan maʼnoga ega bo‘ladi.
Agar Sizda ushbu Siyosat bilan bog’liq savollaringiz bo’lsa yoki Ma’lumotlarni Himoya Qilish Toʻgʻrisida Amaldagi Qonunlar bilan berilgan huquqlaringizdan foydalanishni xohlasangiz, iltimos, Bizning Maxfiylik Siyosatimizni tekshiring yoki quyidagi elektron pochta manzillari orqali Biz bilan bog`laning: privacy@uklon.eu.
COOKIE-FAYLLARI TA’RIFI
Cookie-fayllar identifikatorga (harflar va raqamlar qatori) ega bo’lgan kichik hajmli matnli fayllar bo`lib, ular:
- Veb-saytga har safar tashrif buyurganizda, Sizning kompyuteringiz yoki boshqa qurilmangizdagi veb-brauzerda saqlanadi;
- Veb-sayt yoki mobil ilovaga tashrif buyurish uchun Sizning tomondan foydalanilgan kompyuter yoki boshqa qurilmani aniqlash uchun ishlatiladi; va
- Foydalanuvchilarning afzalliklari va sahifa ko’rinishlari, shuningdek Veb-sayt tarkibini har bir foydalanuvchiga moslashtirish va Sizning ko’rib chiqish tajribangizni yaxshilash va umumiy Veb-sayt va Mobil ilova xavfsizlik funktsionalini va hokazolarni saqlash uchun ishlatiladi.
Cookie-fayllar odatda shaxsni identifikatsiyalash mumkin bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga olmaydi, ammo Biz Siz haqingizda saqlagan Shaxsiy ma`lumotlar Cookie-fayllarda saqlangan va ular orqali olingan ma`lumotlarga bog`langan bo`lishi mumkin, masalan, IP-manzil, qurilma identifikatori, mamlakat yoki hudud, bosish (klik) tarihi.
Cookie-fayllarini yaxshiroq tushunish va ongli tanlovni amalga oshirish uchun brauzeringizning Cookie-fayllar boʻyicha qoʻllanmasiga murojaat qilishingizni yoki www.aboutcookies.org yoki www.allaboutcookies.org veb-saytlariga tashrif buyurishingizni tavsiya qilamiz.
COOKIE-FAYLLARINING KO’RINISHI VA O’CHIRILISHI
Veb-saytga kirganingizda, Sizga Veb-saytning pastki qismidagi joylashgan tegishli banneri orqali Сookie-fayllar to`g`risida ma`lumot beriladi. Har qanday foydalanuvchi yoki hamkor Veb-saytda
ba`zi yoki barcha toifadagi Cookie-fayllarni qabul qilish yoki rad etish erkinlikka ega, shunday qilish uchun ular: 1) qurilma brauzer sozlamalari orqali; 2) Uklonga elektron xat yozish orqali yoki
3) “Cookie-fayllar deklaratsiyasi”ga kirish orqali nazorat qilish mumin.
Maʼlumotlarni Himoya Qilish Toʻgʻrisida Amaldagi Qonunlarga muvofiq, Veb-saytning ishlashi uchun muhim/texnik Cookie-fayllarni Biz Sizning qurilmaingizda saqlash imkoniyatimiz mavjud. Cookie-fayllarning boshqa turlarini saqlash uchun Bizga Sizning roziligingiz kerak. Sizning roziligingiz ushbu Siyosatda ko’rsatilgan Uklonga tegishli barcha Veb-saytlari va Mobil ilovalari uchun amal qiladi.
BIZ FOYDALANADIGAN COOKIE-FAYLLARI TURLARI
1-toifa – Tashabbuskor tomonga bog’liq:
Birinchi tomon Сookie-fayllari | Uchinchi tomon Сookie-fayllari |
Uklon tomonidan o’rnatilgan, faqat Biz tomonimizdan ko`rilib, o’qilish mumkin. | Google Analytics, Facebook va boshqalar kabi uchinchi tomon provayderlari tomonidan o’rnatilgan. |
2-toifa – Xizmat muddatiga bog’liq:
Nomi | Tavsifi | Namuna |
Seans Cookie-fayllari | Faqat Veb-saytdan foydalanish muddati uchun yoqiladi, ya’ni Veb-sayt yuklanishidan va to’liq yopilgunga qadar. | Umumiy vaqt; foydalanuvchi qurilmasi tafsilotlari (masalan, geo-joylashuv); muayyan jonli chat seanslarini taqdim etish; is lash bo`yicha muammolarini aniqlash. |
Doimiy Cookie-fayllari | Ma’lum vaqt davomida Sizning kompyuteringizda yoki boshqa qurilmalarda fayl sifatida saqlanadi. | Parol, Veb-sayt tili. |
3-toifa – Funktsionalga bog’liq:
Nomi | Tavsifi | Namuna |
Kerakli Cookie-fayllari | Sizga Veb-saytni ko’rib chiqish va uning xususiyatlaridan foydalanish imkoniyatini berish uchun zarur, chunki ular ishlash uchun mo’ljallangan va ishlab chiqarilgan. Bular Birinchi va Uchinchi tomon Cookie-fayllari deb hisoblanadi. | Ma’lumotlaringizni himoya qilish va xavfsiz saqlash uchun; Veb-sayt ishi va xizmatlarini optimallashtirish va hokazolar uchun Sizning va foydalanilgan qurilmangiz ma`lumotlarini autentifikatsiya qilish. |
Afzalliklar Cookie-fayllari | Veb-sayt o’zini tutishi yoki ko’rinishini o’zgartiradigan ma’lumotlarni saqlab qolish uchun yordam beradi. Bular Birinchi va Uchinchi tomon Cookie-fayllari deb hisoblanadi. | Siz tanlagan til yoki siz joylashgan hududni aniqlash va qoʻllash uchun. |
Statistik ma’lumotlar Cookie-fayllari | Foydalanuvchining Veb-saytdagi faoliyati/foydalanishi va Veb-saytning umumiy ishlashi to’g’risida ma’lumot to’plash maqsadida yoqilgan. Bular Birinchi va Uchinchi tomon Cookie-fayllari deb hisoblanadi. | Qurilma, vaqt va afzal sahifalar haqida ma’lumot olish uchun; foydalanuvchi tomonidan Veb-saytda qolish va undan foydalanish vaqtida veb-saytning ishlashi haqida (Google Analytics); qayta yo’naltirish qanday ishlashi haqida, bu qayta yo’naltirish tarmog’idagi ayrim Veb-saytlarga tashrif buyurganingizda Sizga tegishli reklamalarni ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik haqida qaror qabul qilishga yordam beradi. Google Analytics qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun ushbu saytga tashrif buyurishni tavsiya qilamiz. |
Marketing cookie-fayllari | Marketing cookie-fayllari veb-saytlarga tashrif buyuruvchilarni kuzatish uchun ishlatiladi. | Muayyan foydalanuvchi uchun tegishli va qiziqarli bo’lgan va shu tariqa noshirlar va uchinchi tomon reklama beruvchilarga ahamiyatli bo’lgan reklamalarni ko’rsatish uchun. |
COOKIE-FAYLLARIDAN VOZ KECHISH
Veb-saytga kirganingizda, Sizga Veb-saytning pastki qismidagi tegishli Cookie-fayllari Banneri orqali xabar beriladi.
1) Har qanday foydalanuvchi yoki haydovchi qurilma brauzeri sozlamalari orqali nazorat qilish (ya`ni: ruxsat berish; oʻchirish; har qanday, shu jumladan uchinchi tomon Cookie-fayllarini bilan cheklangan botlarni oʻchirish yoki blokirovka qilish) mumkin boʻlgan baʼzi yoki barcha turdagi Cookie-fayllarni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Brauzerlar odatda Sizga Cookie-fayllarni rad etish va o’chirishga imkon beradi. Tegishli brauzerlarda Cookie-fayllarni qanday bloklash va o’chirish haqida ma’lumot olish uchun quyidagi veb-sahifalarga tashrif buyurishni tavsiya qilamiz:
Afzalliklar Cookie-fayllari o’chirilgan bo’lsa, Veb-saytning ba’zi xususiyatlaridan foydalanishda Siz qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkinligiga e`tibor bering.
Statistika Сookie-fayllari Veb-saytning umumiy samaradorligini oshirish maqsadida ishlatilishiga e’tibor bering.
Qurilmangiz va operatsion tizimingizga qarab, Siz barcha cookie-fayllarni oʻchira yoki bloklay olmaysiz. Bundan tashqari, agar Siz barcha brauzerlaringiz va qurilmalaringizda Cookie-fayllarni rad etishni istasangiz, buni Siz faol foydalanadigan har bir qurilmadagi har bir brauzerda qilishingiz kerak bo’ladi.
2) Siz ushbu Siyosatda yoki Maxfiylik Siyosatida ko’rsatilgan aloqa ma’lumotlari bo’yicha Bizga yozish orqali afzalliklaringizni o’zgartirishingiz va roziligingizdan voz kechishingiz mumkin. Iltimos, bizga roziligingiz identifikatorini (ID) taqdim etish kerakligini unutmang (quyida Cookie deklaratsiyasida keltirilgan).
3) Cookie-Fayllari Deklaratsiyasi
Agar Cookie-Fayllari Deklaratsiyasida uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan har qanday xizmatlar eslatib o’tilgan bo’lsa, ular bu yerda taqdim etilgan ma’lumotlarga qo’shimcha ravishda va Uklon yoki foydalanuvchi/haydovchini bilmasdan, sizning ko’rish odatlaringizni kuzatish uchun ishlatilishi mumkin. To’plangan ma’lumotlar va uning tegishli Uchinchi Tomon tomonidan saqlanish muddati haqida to’liq ma’lumot olish uchun yuqoridagi Cookie-Fayllari Deklaratsiyasida sanab o’tilgan uchinchi tomonning tegishli maxfiylik siyosati bilan tanishing, xususan:
- Doubleclick;
- Google AdSense;
- Google Analytics;
- Meta Platforms, Inc.;
- YouTube;
- CookieBot;
- Hotjar;
- Wixstudio;
- Weblium.
SIYOSAT TAHLILI
Uklon istalgan vaqtda ushbu Siyosatni oldindan ogohlantirmasdan o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi va bunday o’zgarishlarning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlari uchun hech qanday tomon oldida javobgar hisoblanmaydi. Har qanday o’zgarishlar kuzatilgan holatda, Uklon ushbu Siyosatning qayta ko’rib chiqilgan versiyasini joylashtiradi va ularning amal qilish sanasini o’zgartiradi. Barcha o’zgartirishlar, agar xabarnomada boshqa muddat ko`rsatilmagan bo’lmasa, e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Agar Biz ushbu Siyosatga jiddiy o’zgartirishlar kiritadigan bo’lsak, Biz Sizni Veb-saytimizda yoki boshqa tegishli aloqa kanallari orqali e’lon qilish orqali xabar beramiz.
Uklon Veb-saytga har safar va/yoki kirganingizda har qanday o’zgarishlardan xabardor bo’lishingiz uchun ushbu Siyosatni vaqti-vaqti bilan ko’rib chiqishingizni tavsiya qiladi.
Veb-sayt va Mobil ilovadan foydalanishda davom etsangiz, Siz ushbu o‘zgarishlarni o‘qib chiqqan, tushungan, qabul qilgan va rozi ekanligizni anglatadi.
Kuchga kirish sanasi: 05.11.2024