«Birinchi safar uchun 70% gacha chegirma» AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI
«Birinchi safar uchun 70% gacha chegirma» Aksiyasining (keyingi o’rinlarda – Aksiya deb ataladi) ushbu Rasmiy qoidalari (keyingi o ‘rinlarda – Qoidalar deb ataladi) uni o’tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. Aksiyada ishtirok etish bepul. Aksiya qimor, lotereya, qimor biznesidagi xizmat yoki musobaqa emas, uni qimor o’yinlarining har qanday shaklida ishlatish mumkin emas. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchi tomonidan Qoidalarning barcha shartlarini va ularga kiritilgan har qanday o’zgarishlarni to’liq va shartsiz qabul qilganligini anglatadi.
1. USHBU QOIDALARDA QO’LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI
1.1. Aksiya – «Uklon» onlayn-xizmatining qiziqish va iste’mol talabini shakllantirish va yangi foydalanuvchilarni jalb qilishga qaratilgan «Birinchi safar uchun 70% gacha chegirma» reklama aksiyasi. Aksiyaning maqsadi Tashkilotchi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarni, shuningdek Uklon (TM) savdo belgisini targ’ib qilish va reklama qilishdir.
1.2. Aksiya ishtirokchisi(lari) – Aksiyada ishtirok etish vaqtida kamida 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va Aksiyada ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlarni bajargan muomalaga layoqatli shaxs (O’zbekiston Respublikasining fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxs). Aksiya faqat Mobil ilova yordamida birinchi marta ro’yxatdan o’tgan Onlayn xizmatning yangi Foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Tashkilotchining xodimlari va ularning qarindoshlari (birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlik) Ishtirokchilar deb tan olinmaydi va bo’lishi mumkin emas. Tashkilotchi ushbu Qoidalarni haqqoniy bajarilganiligiga shubha paydo bo’lganda yoki ularni ataylab buzish fakti aniqlanganda istalgan Ishtirokchini chiqarib yuborish huquqiga ega.
1.3. Aksiya o’tkaziladigan Hudud – Aksiya shartlari amal qiladigan hudud. Aksiya faqat O’zbekiston Respublikasining Toshkent shahri hududida yangi Foydalanuvchilar uchun o’tkaziladi.
1.4. Aksiyani o’tkazish muddati va/yoki Aksiyani o’tkazish davri – Aksiya o’tkaziladigan muddat (vaqt davri), 17.12.2025 soat 00:00 dan 31.03.2026 soat 23:59 gacha Toshkent vaqti (GMT+5) bo’yicha.
1.5. Buyurtma – Foydalanuvchining yo’lovchilarni yengil transport vositasi bilan tashishga, kichik hajmdagi yuklarni yengil transport vositasi bilan tashishga yoki zarur tafsilotlar bo’yicha tuzilgan vaqti-vaqti bilan Mobil ilova orqali mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa xizmatlarga bo’lgan talabi.
1.6. Foydalanuvchi – Mobil ilovada ro’yxatdan o’tish paytida 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan har qanday muomalaga layoqatli shaxs.
1.7. Veb-sayt – www.uz.uklon.eu Internet manzilidagi veb-sahifa hisoblanadi.
1.8. Hamkor – bu Kompaniya bilan shartnomaviy munosabatlarda bo’lib, Foydalanuvchiga yengil transport vositasida yo’lovchi tashish, yengil transport vositasida kichik gabaritli yuklarni tashish yoki vaqti-vaqti bilan «Uklon» Mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin bo’lgan boshqa xizmatlarni taqdim etuvchi va/yoki taklif qiluvchi uchinchi shaxs (yuridik shaxs yoki mustaqil jismoniy shaxs).
1.9. Kompaniya / Tashkilotchi – “UKLON UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona bo’lib, STIR 310448243, joylashgan joyi: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, P. Mahmud ko‘chasi, 26-uy.
1.10. Mukofot – Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tganidan keyin 7 (yetti) kalendar kun davomida Mobil ilovadan foydalangan holda yangi Foydalanuvchi tomonidan Buyurtma qilingan birinchi safarga 70% gacha chegirma (promo-kod). Har qanday holda, har bir Xizmatga chegirma miqdori 15 000 UZS (o’n besh ming so’m) dan oshmasligi kerak. Chegirma (promo-kod) dan foydalanish shartlari va tafsilotlari Mobil ilovaning «Safar uchun chegirmalar» menyu bo’limida ko’rsatilgan.
1.11. «Uklon» Mobil ilovasi (bundan buyon matnda «Mobil ilova» deb yuritiladi) – «Uklon» Onlayn xizmatidan foydalanish vositasi sifatida Foydalanuvchiga taqdim etiladigan «Uklon»deb nomlangan iOS, Android elektron qurilmalari uchun mobil dastur ko’rinishidagi EHM dasturining nusxasi.
1.12. “Uklon” onlayn xizmati (keyingi o’rinlarda – “Onlayn xizmat”) — Mobil ilova hamda o‘zaro bog‘langan elektron hisoblash mashinalari uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuasi va raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar va ularning kombinatsiyalari (jumladan grafik axborot, videoaxborot va h.k.) ko‘rinishidagi elektron ma’lumotlardan iborat texnologik platforma bo‘lib, u Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar va Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmat takliflari haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish, yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish, shuningdek, talab va taklif nisbatini, ob-havo sharoitlarini, yo‘nalishni, yuklama darajasini va boshqa omillarni inobatga olgan holda Buyurtma qiymatini avtomatik hisoblab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Onlayn-xizmat avtomatik tarzda yo‘nalishlarni tuzadi hamda Foydalanuvchi va Hamkor o‘rtasidagi aloqa uchun zarur bo‘lgan ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. Onlayn-xizmat Foydalanuvchiga o‘zining Buyurtma bajarilishi ehtimoliga doir mezonlariga muvofiq avtomatik ravishda shakllantirilgan Hamkorlar takliflarini izlash va ular bilan tanishish imkonini beradi, Foydalanuvchiga tegishli Buyurtmalar va Hamkor takliflarini o‘z xohishiga ko‘ra joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish, o‘zining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, Xizmatlar tavsiya etilgan qiymatini o‘zgartirish, Onlayn-xizmat va Hamkorlarga baho berish va ular bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, dastur tomonidan qurilgan yo‘nalishlardan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi — bularning barchasi Onlayn-xizmatning foydalanish uchun taqdim etilgan funksional imkoniyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Onlayn-xizmat “Uklon” Mobil Ilovasi doirasida grafik, matnli, video va boshqa turdagi reklama materiallarini joylashtirish va namoyish etish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunday materiallarning ko‘rsatilishi Foydalanuvchining xulq-atvoriga oid belgilar va/yoki uning Onlayn-xizmat bilan o‘zaro aloqasi xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshirilishi mumkin. Onlayn-xizmat kompyuter dasturlash natijasi hisoblanadi va dasturiy mahsulot turiga kiradi.
2. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA MUKOFOT OLISH TARTIBI
2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Aksiya davomida quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak:
– Mobil ilovani yuklab olish va birinchi marta Onlayn xizmatning Foydalanuvchisi sifatida ro’yxatdan o’tsh;
– Mobil ilovadan foydalanganda Mobil ilovaga geolokatsiyadan foydalanishga ruxsat berish;
– Mobil ilova yordamida Xizmatga Buyurtma berish.
2.2. Mukofot qabul qilinganligi haqidagi xabar Mobil ilovada Ishtirokchiga yuboriladi. Xizmat uchun dastlabki uchta Buyurtmaning har biri Ishtirokchi tomonidan amalga oshirilganda Mukofot (chegirma) avtomatik ravishda qo’llaniladi va Ishtirokchi Hamkorga Mukofot (chegirma) ni qo’llagan holda to’lovni amalga oshiradi.
2.3. Mukofotdan foydalanish shartlari va tafsilotlari ushbu Qoidalarning 1.10.-bandida va Mobil ilovaning «Safar uchun chegirmalar» menyu bo’limida ko’rsatilgan.
2.4. Ushbu Qoidalarning barcha shartlariga qat’iy rioya qilish Ishtirokchi tomonidan Mukofot olishning zaruriy shartidir. Qoidalarda nazarda tutilgan har qanday shartni bajarmaslik tegishli Ishtirokchini Mukofot olish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ishtirokchi Mukofot olish yoki undan foydalanishni rad etish huquqiga ega.
2.5. Tashkilotchi Veb-saytda Qoidalarning yangilangan versiyasini joylashtirish (nashr etish) orqali Aksiya shartlari, Hududi va Aksiyani o’tkazish muddatlarini o’zgartirish huquqiga ega. Agar Qoidalar bilan to’g’ridan-to’g’ri boshqacha tartib belgilanadigan bo’lsa ushbu o’zgarishlar Veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
3. CHEKLOVLAR VA TEXNIK SHARTLAR
3.1. Tashkilotchi aloqa operatorlari xizmatlari sifati, Internet-provayderlarning xizmatlari, shu jumladan, Aksiya davomida aloqa kanallaridan foydalanishda ma’lumotlarni uzatish bilan bog’liq texnik muammolar, aloqa operatorlarining ishi, aloqa operatorlari va/yoki Internet-provayderlarning har qanday xatolari sababli Aksiya Ishtirokchilariga xabar berilmagan yoki Mukofot olish huquqi to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilinmaganligi uchun javobgar emas.
3.2. Tashkilotchisi Mukofot olish huquqi bilan bog’liq har qanday nizolar uchun javobgar emas. Har qanday holda, nizolar bo’yicha yakuniy qaror Aksiya Tashkilotchisi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyat qilinmaydi.
3.3. Agar Aksiya Ishtirokchisi Mukofot olish imkoniyatidan foydalanmagan bo’lsa yoki Ishtirokchi Aksiya Tashkilotchisining aybisiz mukofotdan foydalana olmagani uchun Aksiya Tashkilotchisi javobgar bo’lmaydi.
3.4. Mukofotni faqat Mukofot olish huquqiga ega bo’lgan Aksiya Ishtirokchilari olishlari mumkin. Agar Mukofot yoki uni olish huquqi bitim, to’lov vositasi yoki garov predmeti bo’lgan Mukofot olishdan oldin tuzilgan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlar, shartnomalarga yo’l qo’yilmaydi. Mukofotni pul yoki boshqa biron bir foyda bilan almashtirishga yo’l qo’yilmaydi
3.5. Agar Aksiya Ishtirokchisi biron sababga ko’ra shaxsan Mukofotni ololmasa, bunday Ishtirokchi o’z huquqini uchinchi shaxsga berishga haqli emas.
3.6. Mukofot (chegirma) dan faqat bir marta foydalanish mumkin, bunda chegirma boshqa Tashkilotchining aksiyalari va takliflari bilan umumlashtirilmaydi, boshqa Aksiya qoidalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar Xizmat ko’rsatish Aksiya Ishtirokchisining aybi bilan amalga oshirilmagan bo’lsa, chegirma bekor qilinadi va chegirma Aksiya Ishtirokchisi tomonidan navbatdagi Xizmatga Buyurtma berishda ishlatilmaydi.
3.7. Aksiyada ishtirok etish maqsadida Ishtirokchi tomonidan Internet/mobil aloqa tarmog’idan foydalanish qiymati Ishtirokchi tomonidan o’z hisobidan mustaqil ravishda to’lanadi va ushbu xizmat provayderining tarif rejasiga muvofiq xizmatning standart narxiga mos keladi.
3.8. Tashkilotchi, shuningdek u tomonidan jalb qilgan uchinchi shaxslar, Internet/uyali aloqa tarmog’idagi har qanday texnik nosozliklar, shuningdek Tashkilotchidan mustaqil bo’lgan holatlar tufayli yuzaga kelgan boshqa texnik nosozliklar uchun javobgar emaslar.
4. QO’SHIMCHA SHARTLAR
4.1. Foydalanuvchilarning shaxsga oid ma’lumotlarini qayta ishlash bilan bog’liq barcha masalalar (shu jumladan, nafaqat shaxsga oid ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi, asoslari, qayta ishlash tartibi va rozilikni qaytarib olish masalalari) Veb-sayt va Mobil ilovada joylashtirilgan “Maxfiylik siyosati” bilan tartibga solinadi.
4.2. Tabiiy ofatlar, yong’in, suv toshqini, har qanday xarakterdagi harbiy harakatlar, blokadalar, Hududda amal qilayotgan qonunchilikdagi jiddiy o’zgarishlar, Tashkilotchi nazorati doirasida bo’lmagan boshqa holatlar kabi fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchi Qoidalarni buzganligi va/yoki Mukofot bermaganligi va/yoki taqdim etilgan Mukofotdan Foydalanuvchi foydalana olmaganligi uchun javobgar emas.
4.3. Aksiya Ishtirokchisi Aksiyada ishtirok etgan holda, ushbu Qoidalarni to’liq va shartsiz ravishda qabul qilishini tasdiqlaydi.
4.4. Ishtirokchilarni Qoidalar to’g’risida xabardor qilish Qoidalarni Aksiya Veb-saytiga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik paydo bo’lishi mumkin bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar reklama materiallarini turli yo’llar bilan: radio, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda, bosma reklama materiallarida, tashqi reklama vositalarida, onlayn xizmat foydalanuvchilariga elektron pochta orqali yuborish, mobil ilovada Push va TCP xabarlari, Viber yoki SMS-xabarlar va boshqa Internet-media orqali joylashtirish bilan amalga oshirilishi mumkin.
4.5. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan soliqlar va yig’imlarni to’ lash bo’yicha majburiyatlar Aksiya Qoidalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
4.6. Ushbu Qoidalarga o’zgartirishlar va/yoki qo’shimchalar kiritish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan taqdirda yo’l qo’yiladi.
4.7. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha hollarda Aksiya Tashkilotchisi va Ishtirokchilari/G’oliblari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
4.8. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.
4.9. Ushbu Qoidalar Aksiya muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Tahrir 17.12.2025 kuchga kiradi.