close

UKLON XIZMATIGA KIRISH HUQUQINI TAQDIM ETISH BO’YICHA KURYERLAR UCHUN OMMAVIY OFERTA

“Uklon UB” MChJ (keyingi o‘rinlarda — “Uklon”) dasturiy ta’minotni Xizmatga (quyida belgilanganidek) kirish huquqini taqdim etish orqali buyurtma asosida jo‘natmalarni yetkazib berish faoliyatini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ushbu ofertani quyida ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish orqali qabul qilgan (aksept qilgan) holda taqdim etadi (keyingi o‘rinlarda — “Kuryer”). Uklon va Kuryer keyingi o‘rinlarda birgalikda “Tomonlar”, alohida holda esa “Tomon” deb yuritiladi.

  1. BITIMNI TUZISH VA KURYERNING KAFOLATLARI

1.1. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi, Xizmatga kirish huquqi unda belgilangan shartlar, tartib va hajmda taqdim etilishini Kuryer tushunadi.

1.2. Kuryer ushbu Ommaviy oferta matni bilan tanishganini, uning mazmunini tushunganini va unga rozi ekanligini tasdiqlaydi.

1.3. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq, Kuryer tomonidan Mobil ilovani yuklab olish va o‘rnatish, unga ma’lumotlarni kiritish hamda ro‘yxatdan o‘tish ushbu Ommaviy oferta shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilinganining (aksept qilinganining) tasdig‘i hisoblanadi.

1.4. Agar Onlayn-xizmatning amaldagi Hamkorlari, ya’ni Uklon xizmatidan foydalanadigan tashuvchilarga mo‘ljallangan va https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/ havolasi “Hamkor uchun oferta” bo‘limida joylashtirilgan Ommaviy oferta shartlariga muvofiq yengil transport vositalarida yo‘lovchilarni tashish buyurtmalarini bajarayotgan bo‘lsa, shuningdek, ayni bir Hisob qaydnomasi doirasida yetkazib berish buyurtmalarini ham amalga oshirayotgan bo‘lsa, ushbu Bitimning mazkur tahriri kuchga kirganidan keyin Kuryer tomonidan jo‘natmani yetkazib berish bo‘yicha birinchi buyurtmani bajarishga qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq ushbu Ommaviy oferta shartlarini Kuryer tomonidan to‘liq va so‘zsiz qabul qilinganining (aksept qilinganining) tasdig‘i hisoblanadi.

1.5. Kuryer tomonidan ushbu oferta qabul qilingan paytdan boshlab, Ommaviy oferta shartlari Tomonlar uchun majburiy bo‘lgan Bitimga aylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364-moddasiga muvofiq bajarilishi lozim.

1.6. Ushbu Bitim shartlarini qabul qilgan holda, Kuryer mazkur Bitimning 4.1.4 va 4.1.5-bandlarida nazarda tutilgan talablariga muvofiq ekanligini kafolatlaydi.

1.7. Mazkur Bitim Uklon va Kuryer o‘rtasida ushbu Bitimda bevosita nazarda tutilganlardan tashqari boshqa hech qanday huquqiy munosabatlarni (shu jumladan, mehnat munosabatlarini) belgilamaydi.

  1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR

2.1. “Bonus” — amaldagi marketing faoliyatlari: bonus dasturlari va “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturiga muvofiq shaxsiy bonus hisoblanishlari, shuningdek Uklonning boshqa faoliyatlari va rag‘batlantirish dasturlari doirasida belgilangan shartlarni bajarganlik uchun Uklon tomonidan Kuryerning hisob qaydnomasi balansiga hisoblanadigan bonus mukofoti.

2.2. “Uklon mukofoti” — Xizmatga kirish huquqini taqdim etganlik uchun Kuryer tomonidan Uklon foydasiga to‘lanadigan haq, shu jumladan ushbu Bitimga muvofiq topshiriqni bajarish uchun Uklonning agentlik (komissiya) mukofoti. Mazkur Bitim matnida “Uklon Mukofotining bazaviy miqdori” deganda Chegirmalar hisobga olinmagan holdagi Uklon mukofoti miqdori tushuniladi.

2.3. “Didox-S” — https://ds.didox.uz havolasi bo‘yicha joylashtirilgan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega elektron hujjat aylanishini tashkil etish uchun mo‘ljallangan elektron hujjat aylanishi platformasi bo‘lib, ushbu Bitim doirasida Tomonlar tomonidan foydalaniladi.

2.4. “Buyurtma” — “Uklon” Mobil ilovasi orqali joylashtirilgan, zarur rekvizitlar bo‘yicha tuzilgan, Jo‘natmani bir manzildan boshqasiga yetkazib berish to‘g‘risidagi Buyurtmachining so‘rovi.

2.5. “Buyurtmachi” — “Uklon” Mobil ilovasidan foydalangan holda Buyurtmani joylashtirgan Jo‘natuvchi yoki Qabul qiluvchi.

2.6. “Uklon” Mobil ilovasi — iOS va Android elektron qurilmalari uchun “Uklon” nomi ostida mobil ilova ko‘rinishida bo‘lgan EHM uchun dastur nusxasi bo‘lib, u Buyurtmachiga Xizmatdan foydalanish uchun vosita sifatida taqdim etiladi.

2.7. “Uklon Driver” Mobil ilovasi — iOS va Android elektron qurilmalari uchun “Uklon Driver” nomi ostida mobil ilova ko‘rinishida bo‘lgan EHM uchun dastur nusxasi bo‘lib, u Kuryerga Xizmatdan foydalanish uchun vosita sifatida taqdim etiladi.

2.8. “Jo‘natuvchi” — har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxs, shu jumladan Tovar sotuvchisining vakili, Jo‘natmani Qabul qiluvchiga yetkazib berish uchun Kuryerga topshiruvchi shaxs.

2.9. “Jo‘natma” — rasmiylashtirilgan Buyurtma asosida Qabul qiluvchiga yetkazib berish uchun Kuryerga topshirilgan Tovar, buyum yoki boshqa ashyo.

2.10. “Hisobot Davri” —Tomonlar o‘rtasida hisob-kitoblarni yakunlash va birlamchi hujjatlar almashinuvi uchun mo‘ljallangan hisob davri bo‘lib, u bir (1) kalendar oyini tashkil etadi.

2.11. “To‘lov kartasi” — To‘lov tizimining protsessing tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, tovarlar (xizmatlar, ishlar) qiymatini to‘lash, pul mablag‘larini bir hisobdan boshqasiga o‘tkazish, shuningdek naqd pul mablag‘larini kiritish va yechib olish uchun foydalaniladigan to‘lov vositasi.

2.12. “To‘lov tizimi” — “INSPIRED” MChJ XK, “PAYME” to‘lov tizimi operatori (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 4-apreldagi 3-sonli litsenziyasi); “MULTICARD PAYMENT” AJ, To‘lov tashkiloti (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil 4-maydagi 26-sonli litsenziyasi); “BeeLab” AJ, “Beepul” to‘lov tizimi operatori (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil 8-iyundagi 46-sonli litsenziyasi) yoki Uklon bilan hamkorlik qiluvchi va Kuryer tomonidan qabul qilinadigan boshqa to‘lov tashkilotlari va banklar bo‘lib, ular yakka tartibda yoki boshqa operatorlar bilan hamkorlikda Xizmat doirasida Buyurtmalar bo‘yicha naqd pulsiz to‘lovlarni tashkil etish, shuningdek Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, jumladan Kuryer tomonidan Uklon foydasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul magblag’larini ushlab qolish uchun vakolatli to‘lov tizimi sifatida ishtirok etadi.

2.13. “Qabul qiluvchi” — Buyurtmada ko‘rsatilgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxs, shu jumladan Tovar xaridori yoki uning vakili bo‘lib, unga Kuryer Jo‘natmani yetkazib berishi va topshirishi lozim.

2.14. “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturi — Uklonning marketing faoliyati bo‘lib, u, jumladan, Kuryerlarni jalb qilishga, ularning Xizmatdan foydalanishdagi faolligini rag‘batlantirishga, shuningdek Uklon brendining tanilishini va Kuryerlarning unga nisbatan sodiqligini oshirishga qaratilgan. “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturida ishtirok etish shartlari https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/uklon-driver havolasi orqali joylashtirilgan bo‘lib, ushbu dastur doirasida uni o‘tkazish tartibi va shartlarini, Tomonlarning o‘zaro hamkorligini hamda mukofot olish shartlarini belgilaydi.

2.15. “UKLON RIDER” sodiqlik dasturi — Uklonning marketing faoliyati bo‘lib, u Buyurtmachilarni jalb qilishga, ularning Xizmatdan foydalanishdagi faolligini rag‘batlantirishga, shuningdek Uklon brendining tanilishini va Buyurtmachilarning unga nisbatan sodiqligini oshirishga qaratilgan. “UKLON RIDER” sodiqlik dasturida ishtirok etish shartlari https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/uklon-rider/ havolasi orqali joylashtirilgan bo‘lib, mazkur dastur doirasida uni o‘tkazish tartibi va shartlarini, Tomonlarning o‘zaro hamkorligini hamda mukofot olish shartlarini belgilaydi.

2.16. “Promokod” — ma’lum belgilar ketma-ketligi bo‘lib, “UKLON RIDER” sodiqlik dasturiga muvofiq Promokod faollashtirilgan va undan foydalanishning boshqa shartlariga rioya qilingan taqdirda Buyurtmachiga Buyurtma qiymatiga chegirma olish imkonini beradi.

2.17. “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs” — mustaqil faoliyatni amalga oshiruvchi, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda shaxsiy ishtirokiga asoslangan holda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish orqali daromad olish maqsadida faoliyat yurituvchi, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda davlat soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs.

2.18. “Xizmat” — Mobil ilovalardan hamda o‘zaro bog‘langan EHM dasturlari va elektron ma’lumotlar majmuasidan (raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar va ularning kombinatsiyalari, shu jumladan grafik axborot, videoaxborot va boshqalar) iborat bo‘lgan texnologik platforma bo‘lib, unda Buyurtmachi tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish, yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish, talab va taklif nisbati, ob-havo sharoitlari, marshrut, yuklama va boshqa omillarni hisobga olgan holda Buyurtma qiymatini avtomatik hisoblash, marshrutlarni avtomatik shakllantirish hamda Kuryerning Jo‘natuvchi va Qabul qiluvchi bilan bog‘lanishi uchun ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash, Buyurtmachiga Buyurtmalarni joylashtirish va o‘zgartirish, Kuryerga esa ularni o‘z xohishiga ko‘ra tasdiqlash yoki rad etish, o‘z joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish, Buyurtmachilarga baho berish, dastur tomonidan tuzilgan marshrutlardan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi.

2.19. “Chegirma” — ushbu Bitimda nazarda tutilgan muayyan talablar bajarilgani natijasida Kuryer tomonidan Hisobot davri uchun Uklon foydasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan Uklon mukofoti miqdorini kamaytirish mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari summasi.

2.20. “Bitim” — Kuryerlar uchun Uklon xizmatiga kirish huquqini taqdim etish bo‘yicha ushbu Ommaviy oferta bo‘lib, matn davomida “Ommaviy oferta” yoki “Oferta” deb ham yuritiladi.

2.21. “Tovar” — ishlab chiqaruvchining faoliyati natijasida yaratilgan nooziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, chakana oldi-sotdi shartnomasi asosida sotuvchi tomonidan iste’molchiga (xaridorga) sotiladi va Kuryer tomonidan yetkazib berish uchun qabul qilingan paytga qadar sotuvchiga to‘langan bo‘ladi.

2.22. “Hisob qaydnomasi” — Kuryerning noyob identifikatori bo‘lib, u Kuryer tomonidan qabul qilingan Buyurtmalar soni va rekvizitlarini, ushbu Buyurtmalar bo‘yicha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek Kuryer tomonidan amalga oshirilgan Buyurtmalar bilan bog‘liq ravishda Uklon oldidagi qarzdorlik yoki talablarni umumlashtirilgan tarzda hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Hisob qaydnomasi texnik xususiyatga ega bo‘lib, hisob-kitob yoki bank hisobvarag‘i maqomiga ega emas

  1. BITIM PREDMETI

3.1. Mazkur Bitimning predmeti Uklon tomonidan dasturiy ta’minotni amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, bu xizmatlar Kuryerga Internet tarmog‘i orqali Xizmatga kirish huquqini taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi, buning uchun Kuryer o‘z navbatida Uklon mukofotini to‘lash majburiyatini oladi.

3.2. Kuryer tasdiqlaydiki, mazkur Bitim doirasida Uklon faqat Kuryerning Jo‘natuvchilar va Qabul qiluvchilar bilan o‘zaro hamkorligi uchun texnologik platformani taqdim etadi va yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.

3.3. Mazkur Bitim doirasida Xizmatga kirish huquqi Kuryerga faqat Jo‘natuvchilar, Qabul qiluvchilar va Uklon bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Xizmat funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda Buyurtmalarni qayta ishlash va amalga oshirish maqsadida taqdim etiladi hamda Kuryerga Xizmatga yoki uning tarkibiy qismlariga nisbatan biron-bir intellektual mulk huquqlari berilganligini anglatmaydi. Mazkur maqsadlar uchun Kuryerga Xizmatdan va unda mavjud bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanish uchun oddiy (noeksklyuziv) huquq beriladi, xususan ularni to‘liq yoki qisman o‘ziga mos elektron qurilmada takrorlash huquqi beriladi.

3.4. Xizmatga kirish huquqini olish shartlari. Xizmatga kirish huquqini olish uchun Kuryer “Uklon Driver” Mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim, buning natijasida Xizmatga kirish uchun Hisob qaydnomasi yaratiladi. Shu bilan birga, Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tilgandan keyin Xizmat funksiyalaridan foydalanishni davom ettirishning majburiy shartlari quyidagilardan iborat: (i) Kuryerning Didox-S platformasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi, shuningdek (ii) Kuryerda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq olingan, buyurtma asosida jo‘natmalarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning faol maqomi mavjud bo‘lishi.

3.4.1. Didox-S platformasidan foydalanish. Kuryer tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni fiskallashtirish, shuningdek tegishli birlamchi buxgalteriya hujjatlarini shakllantirish maqsadida Kuryer quyida ko‘rsatilgan tartibda Didox-S platformasida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatini oladi hamda bu Xizmat funksiyalaridan keyinchalik foydalanishning majburiy sharti ekanligini tan oladi.

Kuryerni Didox-S platformasida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek platforma bilan keyingi o‘zaro hamkorlik qilish qoidalari va shartlari Didox-Sning huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi va ular Kuryerga bevosita Didox-S platformasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yetkaziladi.

3.4.2. Kuryerni Didox-S platformasida ro‘yxatdan o‘tkazish. Kuryer tomonidan Xizmatda ro‘yxatdan o‘tish yakunlangandan so‘ng, Kuryerning ma’lumotlari, shu jumladan telefon raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi va STIRi Didox-S platformasiga uzatiladi. Ushbu ma’lumotlar qayta ishlangandan so‘ng, Kuryer Didox-S platformasida “ijrochi” sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun havola bilan SMS-xabar oladi.

Agar Xizmatda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Kuryer O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lmasa — Didox-S platformasida ro‘yxatdan o‘tgandan va so‘ralgan ma’lumotlarni kiritgandan so‘ng, Kuryer O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini oladi hamda Uklonni Kuryerning agenti (komissioneri) sifatida belgilaydi.

Agar Xizmatda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Kuryer ilgari O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lsa — Didox-S platformasida ro‘yxatdan o‘tgandan va so‘ralgan ma’lumotlarni kiritgandan so‘ng, Kuryer ushbu maqomni tasdiqlaydi hamda Uklonni Kuryerning agenti (komissioneri) sifatida belgilaydi.

Ko‘rsatilgan tartib-taomillardan o‘tmasdan Xizmatdan foydalanish yoki Kuryer tomonidan Uklonning “komissioner” maqomini bekor qilgan holda Xizmatdan foydalanishni davom ettirish Bitimni buzish hisoblanadi. Bunday holatda Uklon Kuryer topshiriqlarini bajarishni to‘xtatib turish, topshiriq doirasidagi barcha mablag’larni Bitim buzilganligi uchun jarima sifatida hisobga olish hamda Bitim amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

3.4.3. Kuryer Xizmatga kirish uchun bittadan ortiq Hisob qaydnomasiga ega bo‘lishi mumkin emas.

3.4.4. Hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishda Kuryer tegishli shaklni to‘ldirish orqali to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlarni taqdim etishi shart. Hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki keyinchalik Xizmatdan foydalanish jarayonida noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, Uklon o‘z ixtiyoriga ko‘ra Kuryerning Hisob qaydnomasiga kirish huquqini oldindan ogohlantirmasdan to‘xtatib turish yoki uni o‘chirib tashlash huquqiga ega.

3.4.5. Agar Kuryerning harakatlari (yoki harakatsizligi) amaldagi qonunchilikni yoki Uklon yoxud Buyurtmachilarning huquqlari va manfaatlarini buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa yoki Uklonni xavf ostiga qo‘ysa, shu jumladan Kuryerning harakatlari (yoki harakatsizligi) tufayli Buyurtmachilar yoki Uklonga nisbatan da’volar bildirilishiga sabab bo‘lsa, Uklon o‘z ixtiyoriga ko‘ra Kuryerning Hisob qaydnomasiga kirish huquqini oldindan ogohlantirmasdan to‘xtatib turish yoki uni o‘chirib tashlash huquqiga ega.

3.4.6. Uklon Kuryerdan O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning faol maqomi mavjudligi to‘g‘risidagi, shuningdek Bitimni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni har qanday usulda so‘rash va tekshirish huquqiga ega.

Agar Uklon Kuryerning O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi bekor qilinganligi, to‘xtatilganligi yoki undan voz kechilganligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsa, Uklon o‘z ixtiyoriga ko‘ra Kuryerning Hisob qaydnomasiga kirish huquqini oldindan ogohlantirmasdan to‘xtatib turish yoki uni o‘chirib tashlash huquqiga ega.

3.4.7. Xizmatda ro‘yxatdan o‘tishda Kuryer Hisob qaydnomasiga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish kodi yuboriladigan telefon raqamini kiritadi. Kuryer ushbu kod va Hisob qaydnomasiga kirishda foydalaniladigan boshqa maxfiy ma’lumotlarning saqlanishini mustaqil ravishda ta’minlaydi. Kuryer hech qanday holatda mazkur ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermasligi lozim. Kuryer tomonidan ro‘yxatdan o‘tish kodlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarning yo‘qotilishi oqibatlari uchun Uklon javobgar bo‘lmaydi.

3.4.8. Kuryer Hisob qaydnomasiga ruxsatsiz kirish va Xizmatdan har qanday uchinchi shaxs tomonidan foydalanilishi bilan bog‘liq barcha xatarlarni o‘z zimmasiga oladi (shu jumladan Kuryer tomonidan ro‘yxatdan o‘tish kodlari va boshqa maxfiy ma’lumotlar uchinchi shaxslarga ixtiyoriy ravishda berilgan taqdirda).

3.4.9. Agar Kuryer uchinchi shaxs uning Hisob qaydnomasiga kirish huquqini qo‘lga kiritgan deb hisoblash uchun asosga ega bo‘lsa, u holda Kuryer darhol Uklonni xabardor qilishi lozim, bunda Kuryer tegishli Hisob qaydnomasini yuritish huquqiga ega ekanligini tasdiqlashi shart.

3.5. Buyurtmalarni qabul qilish tartibi. Buyurtmani qabul qilish uchun Kuryer Hisob qaydnomasining ijobiy balansiga ega bo‘lishi lozim, bu esa Kuryerning Uklon mukofotini to‘lash bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligini anglatadi. Agar Hisob qaydnomasining manfiy balansi 3 000 (uch ming) so‘mdan oshsa, Hisob qaydnomasining ijobiy balansi tiklangunga qadar Kuryerning Xizmatdan foydalanish imkoniyati to‘xtatib turiladi. Kuryer o‘z ixtiyoriga ko‘ra Buyurtmani bajarishga qabul qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Buyurtma qabul qilingan taqdirda, Kuryer mazkur Bitimning 5-moddasida belgilangan tartibda Uklon mukofotini to‘lash majburiyatini oladi.

3.5.1. Kuryer yetkazib berish uchun faqat quyidagi talablarga javob beradigan Jo‘natmalarni qabul qilishga haqli:
• Jo‘natmaning og‘irligi 40 (qirq) kilogrammdan oshmasligi;
• Jo‘natmaning o‘lchamlari uni standart yengil avtomobilning yukxonasiga yoki orqa o‘rindig‘iga yo‘l harakati xavfsizligi talablarini buzmagan holda joylashtirish imkonini berishi;
• Jo‘natma maxsus tashish shartlarini talab qilmasligi (shu jumladan muayyan harorat rejimini saqlash, maxsus qadoqlash yoki maxsus ruxsatnomalardan foydalanish);
• Jo‘natma yengil avtomobilda odatdagi tashish jarayonida shikastlanishining oldini oladigan tarzda qadoqlangan bo‘lishi.

Kuryer ushbu bandda ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan Jo‘natmani yetkazib berish uchun qabul qilishdan bosh tortishga haqli.

3.5.2. Kuryer Buyurtmalarni bajarish doirasida olingan Jo‘natmalar tarkibini tekshirish uchun javobgar hisoblanadi hamda mazkur Bitimning 4.1.11-bandida nazarda tutilgan ayrim turdagi Jo‘natmalarni yetkazib berish uchun qabul qilmaslik majburiyatini oladi.

Bunda, agar Jo‘natma Kuryerga topshirilishidan oldin to‘liq qadoqlangan bo‘lsa va Kuryer uni ochish hamda tarkibini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, Kuryer faqat Jo‘natmaning qadoqlanishi yaxlitligini xavfsiz tashish nuqtai nazaridan vizual tekshiradi va Jo‘natuvchi tomonidan taqdim etilgan Jo‘natmaning xususiyatlari va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

3.6. To‘lov tizimidan foydalanish. Mazkur Bitim bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish doirasida Kuryer (komitent) Uklonni Kuryerning tijorat agenti (komissioneri) sifatida harakat qilishga va quyidagi topshiriqlarni bajarishga vakolatlaydi:

i. Xizmatning texnik funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda talab va taklif nisbati, ob-havo sharoitlari, marshrut, yuklama va boshqa omillar asosida Buyurtmaning tavsiya etilgan narxini aniqlash va uni Buyurtmachilarga tuzatish imkoniyati bilan taklif qilish, shuningdek Kuryerni Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan Buyurtma narxi to‘g‘risida xabardor qilish;

ii. To‘lov tizimini jalb qilgan holda bank kartalari orqali Buyurtmachilar tomonidan to‘langan bajarilgan Buyurtmalar uchun mablag‘larni qabul qilish hamda mazkur Bitimda nazarda tutilgan to‘lov tartibiga muvofiq tegishli mablag‘larni Kuryerga yo‘naltirish. Buyurtmachi tomonidan bank kartalari orqali qabul qilingan har qanday to‘lov majburiyati to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.

Mazkur band maqsadlarida Kuryer, shuningdek, Uklonni o‘z nomidan harakat qilishga, Topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmda To‘lov tizimi bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xabar almashish va kelishuvlarga erishish uchun vakolatlaydi. Bunday xabarlar va To‘lov tizimi bilan kelishuvlar Uklonning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi, bunda Kuryer bunday kelishuvlarning hajmi va tafsilotlari to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumotlarni so‘rash huquqiga ega. Kuryer shuni tan oladi va rozilik bildiradiki, hech qanday holatda Uklon va To‘lov tizimi Buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq Kuryer, Jo‘natuvchilar va Qabul qiluvchilar o‘rtasidagi har qanday munosabatlar (shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, Buyurtmalarni bajarish bo‘yicha har qanday nizolar va shikoyatlar) uchun javobgar bo‘lmaydi.

Har qanday shubhalarning oldini olish maqsadida, Uklon Bitimga muvofiq Kuryer tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan boshqa harakatlar yoki Kuryerning boshqa huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq holda tijorat agenti (komissioner) sifatida harakat qilmaydi.

3.6.1. Kuryer To‘lov tizimi tomonidan Buyurtmalarni bajarish uchun Kuryer tomonidan olingan mablag‘lardan to‘lov undirilishiga rozilik bildiradi. Bitimning 5-moddasiga muvofiq Uklon mukofoti va To‘lov tizimi mukofoti ushlab qolingandan so‘ng, qolgan mablag’ To‘lov tizimi tomonidan Kuryerning tegishli hisoblariga o‘tkazilishi lozim.

3.7. Bonuslar. Kuryer o‘z ixtiyoriga ko‘ra “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturiga muvofiq amaldagi bonus dasturlari shartlarini va/yoki Uklon tomonidan o‘tkaziladigan boshqa rag‘batlantiruvchi faoliyatlar va dasturlar shartlarini bajarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Tegishli shartlar lozim darajada bajarilgan taqdirda, Uklon “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturida yoki boshqa rag‘batlantirish dasturlari va faoliyatlari shartlarida, shuningdek mazkur Bitimda belgilangan tartibda Kuryerga Bonus hisoblash majburiyatini oladi.

3.8. Test sinovlari. Uklon Xizmat sifatini yaxshilash, yangi funksiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek foydalanuvchi tajribasini takomillashtirish maqsadida Xizmat funksional imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish (shu jumladan A/B-testlash) huquqiga ega, bunda, biroq ular bilan cheklanmagan holda, “Uklon Driver” Mobil ilovasi interfeysini, ayrim funksiyalar ishlash mantiqini, ma’lumotlarni aks ettirish shartlarini va Xizmatning boshqa elementlarini o‘zgartirish mumkin.

3.8.1. Bunday test sinovlari doirasida ayrim Kuryerlarga “Uklon Driver” Mobil ilovasi interfeysidagi o‘zgarishlar, funksiyalar ishlash mantiqi va Xizmat funksionalligiga kirish huquqi taqdim etilishi mumkin. Bunday test sinovlarini o‘tkazish boshqa Kuryerlarga nisbatan Kuryerlarning imkoniyatlarini cheklashga olib kelmaydi.

3.8.2. Kuryer bunday test sinovlarida ishtirok etishga rozilik bildiradi hamda funksional imkoniyatlardagi o‘zgarishlar boshqa Kuryerlarga mavjud bo‘lgan funksionallikdan farq qilishi mumkinligini va bu mazkur Bitim shartlarining buzilishi hisoblanmasligini tan oladi.

  1. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Kuryerning majburiyatlari quyidagilar:

4.1.1. Bitim doirasidagi o‘z majburiyatlariga rioya etish, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida https://uz.uklon.eu/driver-update/ havolasida joylashtirilgan “Hamkorlik shartlari va/yoki qoidalari” bilan tanishish va ularga rioya etish;

4.1.2. o‘zi tomonidan qabul qilingan barcha Buyurtmalarni lozim darajada bajarish;

4.1.3. Jo‘natmalarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq yetkazib berish, shuningdek Jo‘natmaning Jo‘natuvchidan qabul qilingan paytidan boshlab Qabul qiluvchiga topshirilguniga qadar saqlanishini ta’minlash;

4.1.4. Buyurtmalarni bajarishda foydalaniladigan transport vositasini texnik jihatdan soz va toza holatda saqlash (shu jumladan muntazam texnik xizmat ko‘rsatish, transport vositasining barcha tizimlari va qismlarining ishlashini tekshirish, shuningdek uning tashqi ko‘rinishi va salonini tegishli holatda saqlash), shuningdek yo‘l harakati qoidalariga va tegishli transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladigan boshqa qonunchilik talablariga rioya etish;

4.1.5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan, O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida yetkazib berish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar va ma’lumotlarga ega bo‘lish, ularning nusxalarini Uklonning birinchi talabi bilan taqdim etish, shuningdek har qanday o‘zgarishlar haqida darhol Uklonni xabardor qilish, xususan:
• transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
• O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
• tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
• transport vositasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat (agar uchinchi shaxsga tegishli bo‘lsa);
• OSAGO sug‘urta polisi;
• muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat va boshqalar.

4.1.6. Xizmatga kirish huquqlarini va imkoniyatlarini uchinchi shaxslarga bermaslik;

4.1.7. Uklon mukofotini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash;

4.1.8. Jo‘natuvchilar va Qabul qiluvchilarning mavjud shaxsga doir ma’lumotlaridan faqat tegishli Buyurtmani bajarish maqsadida foydalanish, Buyurtma bajarilgandan so‘ng ularni saqlamaslik, bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik va Buyurtmani bajarishdan boshqa shaxsiy yoki boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;

4.1.9. qabul qilingan Buyurtmani bajarishdan bosh tortilgan taqdirda bu haqda Uklonni xabardor qilish;

4.1.10. Buyurtmani bajarish jarayonida Jo‘natuvchilar va Qabul qiluvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda ishbilarmonlik odobi qoidalariga va hurmatli muomala tamoyillariga rioya etish.

4.1.11. tarkibida quyidagilar mavjud bo‘lgan Jo‘natmalarni yetkazib berish uchun qabul qilmaslik:

• har qanday turdagi qurol va o‘q-dorilar;
• giyohvandlik vositalari, psixotrop va zaharli moddalar;
• portlovchi moddalar, pirotexnika buyumlari, oson alangalanadigan, radioaktiv va toksik moddalar;
• pul mablag‘lari va valyuta boyliklari, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar;
• hayvonlar;
• biologik suyuqliklar va materiallar;
• xavfli kimyoviy moddalar;
• tashish uchun maxsus harorat rejimini talab qiladigan mahsulotlar;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq taqiqlangan boshqa buyumlar.

4.1.12. Jo‘natmani faqat Buyurtmada ko‘rsatilgan Qabul qiluvchiga yoki faqat Jo‘natuvchi bilan kelishilgan boshqa shaxsga topshirilishini ta’minlash;

4.1.13. Uklonga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish va ularning har qanday o‘zgarishi haqida Uklonni (va To‘lov tizimini) yozma shaklda darhol xabardor qilish:
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
• O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
• Buyurtmalarni bajarishda foydalaniladigan Kuryer transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
• STIR/PINFL;
• haydovchilik guvohnomasi;
• manzil, aloqa telefoni, e-mail;
• Uklon mukofotining to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qilish, Chegirmalarni qo‘llash yoki Bonuslarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan hajmda Xizmat bilan bog‘liq bank hisobvaraqlari va har qanday to‘lov operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• Bitim shartlarini bajarish bilan bog‘liq boshqa zarur ma’lumotlar.

4.1.14. Didox-S platformasi funksionalidan foydalangan holda Uklonni Kuryerning tijorat agenti (komissioneri) sifatida belgilash va bunday maqom o‘zgargan taqdirda Xizmatdan foydalanishni darhol to‘xtatish;

4.1.15. “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturiga muvofiq Uklonning bonus dasturlari shartlarini va/yoki boshqa rag‘batlantirish dasturlari hamda faoliyatlari shartlarini bajarish jarayonida Jo‘natuvchilar, Qabul qiluvchilar va uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlarini buzmaslik;

4.1.16. Qabul qiluvchi mavjud bo‘lmaganligi sababli Buyurtmani bajarish va yakunlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, shuningdek Qabul qiluvchi Jo‘natmani qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, Uklon ko‘magida Jo‘natmani Jo‘natuvchiga qaytarish;

4.1.17. Jo‘natmani yetkazib berish uchun qabul qilishda uning qadoqlanishi yaxlitligini va xavfsiz tashish imkoniyatini vizual tekshirish. Shuningdek, Kuryer Uklon Jo‘natmalar tarkibini tekshirmasligini va ularning tarkibi uchun javobgar emasligini tasdiqlaydi.

4.2. Kuryer quyidagi huquqlarga ega:

4.2.1. Xizmatga kirish huquqini olish va undan Bitim shartlariga muvofiq foydalanish;

4.2.2. mazkur Bitim talablariga rioya qilingan taqdirda Chegirmalardan foydalanish;

4.2.3. “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturiga muvofiq amaldagi bonus dasturlari shartlari va/yoki Uklon tomonidan o‘tkaziladigan boshqa rag‘batlantirish dasturlari va faoliyatlari shartlari bajarilganda Bonuslar hisoblanishiga;

4.2.4. Bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq zarur tushuntirishlarni Uklondan olish;

4.2.5. 4.1.11-bandda nazarda tutilgan Jo‘natmalarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashish taqiqlangan Jo‘natmalarni yoki Kuryer yoxud uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘diruvchi boshqa Jo‘natmalarni yetkazib berishdan bosh tortish, shuningdek har qanday pochta jo‘natmalarini qabul qilishni rad etish;

4.2.6. Onlayn-xizmat orqali bitta Hisob qaydnomasi doirasida Jo‘natmalarni yetkazib berish Buyurtmalarini, shuningdek https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/ havolasi “Hamkor uchun oferta” bo‘limida joylashtirilgan tashuvchilar uchun Uklon xizmatiga kirish bo‘yicha Ommaviy oferta shartlariga muvofiq yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashish Buyurtmalarini amalga oshirish.

4.3. Uklonning majburiyatlari quyidagilar:

4.3.1. Kuryerga Hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish va Kuryerga mos elektron qurilma orqali Xizmatga kirish imkoniyatini taqdim etish;

4.3.2. Bonuslar hisoblanishini nazarda tutuvchi Buyurtmalarni Kuryerlar tomonidan bajarilishiga ko‘maklashish, Bonuslarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblash hamda “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturiga muvofiq amaldagi bonus dasturlari, shuningdek Uklon tomonidan o‘tkaziladigan boshqa rag‘batlantirish faoliyatlari va dasturlari to‘g‘risida Kuryerlarga to‘liq va dolzarb ma’lumot taqdim etish;

4.3.3. Bitim shartlarini bajarish bilan bog‘liq zarur ma’lumotlarni Kuryerga taqdim etish;

4.3.4. Buyurtmani naqdsiz to’lash holatida, To’lov tizimini jalb qilgan holda Buyurtmachilarning mablag’larini depozitga qo’yishni (eskrou-xizmatlar) ta’minlash va mos Buyurtmaga bog’liq holda depozitga qo’yilgan mablag’larni hisobga olishni ta’minlash;

4.3.5. pul mablag‘larini depozitga qo’yish holati va ularni Kuryerga yoki Buyurtmachiga o’tkazish holatiga oid ma’lumotlarni taqdim etish.

4.4. Uklon quyidagi huquqlarga ega:

4.4.1. Kuryer tomonidan Bitim shartlariga, shuningdek https://uz.uklon.eu/driver-update/ havolasi orqali Internet tarmog‘ida joylashtirilgan “Hamkorlik shartlari va/yoki qoidalari”ga rioya etilishini tekshirish;

4.4.2. Kuryerdan Buyurtmalarni bajarishning tegishli darajasiga rioya etilishini talab qilish;

4.4.3. Kuryer tomonidan Bitim shartlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni bartaraf etishni talab qilish;

4.4.4. Bitimning 6.1-bandiga muvofiq Bitimni bir tomonlama tartibda bekor qilish;

4.4.5. turli marketing faoliyatlarini tashabbus qilish hamda “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturiga muvofiq va/yoki boshqa rag‘batlantirish dasturlari va faoliyatlari shartlariga muvofiq Kuryerlarga Bonuslar taqdim etish, shuningdek “UKLON RIDER” sodiqlik dasturiga muvofiq Buyurtmachilarga Promokodlar taqdim etish;

4.4.6. agar Kuryer yoki har qanday uchinchi shaxs (shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, Jo‘natuvchilar va Qabul qiluvchilar) Kuryerning ko‘magida yoki xabardorligi bilan firibgarlik va/yoki boshqa qonunchilikni, mazkur Bitimni, To‘lov tizimi qoidalarini buzuvchi harakatlarni sodir etayotganligi yoki Uklonning huquq va manfaatlariga zarar yetkazayotganligi yoxud Uklonni sanksiyalar qo‘llanishi xavfi ostiga qo‘yayotganligi haqida asoslar mavjud bo‘lsa, Kuryerni oldindan ogohlantirmasdan Xizmatga kirish huquqini to‘xtatib turish yoki bekor qilish, Bitim doirasidagi har qanday hisob-kitoblarni to‘xtatib turish yoki ushbu Bitimni o‘z ixtiyoriga ko‘ra bir tomonlama tartibda bekor qilish;

4.4.7. transport vositasiga turli mezonlar (shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda: avtomobil modeli, uning holati, qulaylik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar) asosida o‘z ixtiyoriga ko‘ra klass belgilash;

4.4.8. To‘lov tizimiga, Davlat soliq qo‘mitasiga, shuningdek Didox-S platformasi egasi — “Didox Tech” MChJga Kuryer (shu jumladan uning shaxsga doir ma’lumotlari), Jo‘natuvchilar, Qabul qiluvchilar, Chegirmalar, Bonuslar va Bitim to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni Bitimni lozim darajada bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmda va maqsadlarda olish va uzatish. Mazkur Bitim bilan bog‘liq holda yuqorida ko‘rsatilgan har bir subyektga uzatiladigan ma’lumotlarning aniq ro‘yxati https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/ havolasida “Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish to‘g‘risidagi nizom” bo‘limida joylashtirilgan Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi;

4.4.9. topshiriqlarni bajarish jarayonida Uklon tomonidan olingan pul mablag‘laridan Kuryer tomonidan Uklon foydasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan Uklon mukofoti, neustoyka yoki jarima summalarini ushlab qolish. Tomonlar tasdiqlaydiki, agar Kuryerda Uklon mukofoti, neustoyka yoki jarimani to‘lash majburiyati mavjud bo‘lsa, bunday ushlab qolish Uklon tomonidan Bitimga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarning buzilishi hisoblanmaydi;

4.4.10. topshiriqlarni bajarish doirasida o‘z huquq va majburiyatlarini Kuryerning qo‘shimcha roziligisiz To‘lov tizimiga topshirish;

4.4.11. mazkur Bitimda nazarda tutilgan boshqa huquqlar.

  1. TO’LOV QIYMATI VA TARTIBI

5.1. Uklon mukofoti. Uklon mukofotining bazaviy miqdori Hisobot davri davomida Kuryer tomonidan bajarilgan har bir Buyurtma qiymatining 21% ni tashkil etadi va unga barcha tegishli soliqlar va yig‘imlar kiradi.

5.1.1. Onlayn-xizmat orqali bajariladigan Buyurtmalar umumiy hajmini oshirish maqsadida Uklon Kuryer tomonidan Onlayn-xizmatdan foydalanish doirasida muayyan shartlar bajarilganda Uklon Mukofotining bazaviy miqdoridan Chegirma taqdim etish huquqiga ega.
Chegirma taqdim etilishi uchun quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilishi lozim:
• Onlayn-xizmatdagi Kuryer Hisob qaydnomasidagi reyting 4.7 dan 5 ballgacha bo‘lishi;
• Kuryer kun davomida belgilangan miqdordagi Buyurtmalarni bajarishi va/yoki belgilangan vaqt oralig‘ida Buyurtmalarni bajarishi.
i. Kuryer kun davomida belgilangan miqdordagi Buyurtmalarni bajargan taqdirda, Uklon tomonidan quyidagi Chegirma taqdim etiladi:
Kun davomida bajarilgan Buyurtmalar soni, dona Kunlik Chegirma miqdori, so‘m
11 dan 17 gacha 50 000
18 dan 23 gacha 100 000
24 dan 29 gacha 140 000
30 dan 34 gacha 200 000
35 dan 39 gacha 240 000
40 va undan ortiq 300 000

ii. Kuryer belgilangan vaqt oralig‘ida Buyurtmalarni bajargan taqdirda, Uklon tomonidan quyidagi Chegirma taqdim etiladi:
Hafta kunlari Vaqt oralig‘i Buyurtma uchun Chegirma miqdori, so‘m
Dushanbadan juma kunigacha 07:00-08:00 14 000
Dushanbadan juma kunigacha 08:00-09:00 14 000
Dushanbadan juma kunigacha
09:00-11:00 6 000
Dushanbadan yakshanbagacha 23:00-06:00 4 000
Shanba va yakshanba 09:00-14:00,17:00-19:00 6 000

5.1.2. 5.1.1-bandda ko‘rsatilgan shartlar Kuryer tomonidan bajarilgan taqdirda, Hisobot davri uchun Kuryer tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan Uklon Mukofotining bazaviy miqdori ushbu Hisobot davri uchun Uklon tomonidan taqdim etilgan Chegirma summasiga kamaytiriladi. Hisobot davri yakunlari bo‘yicha Uklon Kuryer tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan Uklon Mukofotining yakuniy summasini hisoblab chiqadi va Kuryer nomiga tegishli elektron hisob-fakturani rasmiylashtiradi.

5.1.3. 5.1.1-band asosida Hisobot davrida Kuryerga taqdim etiladigan barcha Chegirmalarning umumiy miqdori, Kuryer tomonidan mazkur Hisobot davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan Uklon mukofotining bazaviy miqdorining 70%dan oshmasligi lozim, bunda Chegirma olish uchun Kuryer tomonidan bajarilgan shartlar hajmidan qat’i nazar.

5.1.4. Agar Onlayn-xizmat orqali bitta Hisob qaydnomasi doirasida Jo‘natmalarni yetkazib berish Buyurtmalari, shuningdek https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/ havolasida “Hamkor uchun oferta” bo‘limida joylashtirilgan tashuvchilar uchun Uklon xizmatiga kirish bo‘yicha Ommaviy oferta shartlariga muvofiq yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashish Buyurtmalari amalga oshirilsa, Chegirmalarni qo‘llash maqsadida hisob-kitobda ushbu ikki turdagi Buyurtmalar bo‘yicha bajarilgan Buyurtmalarning umumiy soni inobatga olinadi.

5.1.5. Mazkur Bitimning 5.1-bandida ko‘rsatilgan miqdordagi Uklon Mukofoti Xizmat doirasida Kuryer tomonidan Jo‘natuvchilar yoki Qabul qiluvchilardan olingan har qanday kompensatsiyalar yoki boshqa to‘lovlar summalaridan ham ushlab qolinadi.

5.2. Buyurtmachi tomonidan Kuryerga naqd pulsiz shaklda to‘langan Buyurtmalar bo‘yicha Uklon Mukofoti bevosita Uklon tomonidan ushlab qolinadi. Jo‘natuvchi yoki Qabul qiluvchi tomonidan naqd shaklda to‘langan Buyurtmalar bo‘yicha esa, Uklonning ixtiyoriga ko‘ra, Uklon Mukofoti Kuryer Hisob qaydnomasining ijobiy balansi hisobidan ushlab qolinadi.

5.3. Mazkur Bitimga muvofiq Kuryer tomonidan Uklon foydasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan har qanday mablag’lar (jarimalar, zarar yoki ziyonni qoplash va boshqalar) Uklonning ixtiyoriga ko‘ra topshiriqlarni bajarish jarayonida Kuryerga tegishli bo‘lgan mablag’lardan ushlab qolinishi mumkin.

5.4. Buyurtmalar bo‘yicha Kuryer bilan hisob-kitoblar naqd shaklda yoki internet-ekvayring texnologiyasi (“ekvayring xizmati”) orqali naqd pulsiz shaklda tashkil etiladi, bunda Buyurtmachilarning Kuryer foydasiga to‘lovlari To‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Mazkur band maqsadlarida “ekvayring xizmati” deganda Uklon tomonidan To‘lov tizimi to‘lov xizmatlari yetkazib beruvchisi sifatida jalb qilingan holda turli to‘lov vositalari va instrumentlaridan foydalangan holda topshiriqlarni bajarish doirasida ko‘rsatiladigan to‘lov xizmati tushuniladi.

5.5. Kuryer topshiriqlarini bajarish doirasida Uklon tomonidan qilinadigan barcha xarajatlar, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, To‘lov tizimi xizmatlari, To‘lov tizimining (tegishli bank orqali) mablag‘larni yechib olishda undiriladigan komissiyasi, Xizmatning axborot va texnik infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, ijara, jalb etilgan pudratchilar xizmatlari, xodimlar ish haqi va boshqa har qanday xarajatlar Uklon mukofoti orqali Kuryer tomonidan to‘langan deb hisoblanadi va Uklon tomonidan qo‘shimcha ravishda qoplanmaydi, bundan Kuryer tomonidan Hisob qaydnomasini to‘ldirish holati mustasno bo‘lib, bunda To‘lov tizimi to‘ldirish summasining 1% miqdorida alohida komissiyani Kuryerdan ushlab qoladi.

5.6. Soliqlar, tartibga soluvchi talablar va boshqa xarajatlar. Kuryer o‘z hisobidan Buyurtmalarni bajarish, qonunchilik talablariga va mazkur Bitimga rioya etish bilan bog‘liq barcha soliqlar, yig‘imlar va boshqa xarajatlarni to‘lash majburiyatini oladi. Agar Kuryer ushbu majburiyatlarni buzsa va buning natijasida Uklonga nisbatan pul jarimalari qo‘llanilsa, Kuryer bunday jarimalar summasini Uklonga qoplash majburiyatini oladi, shu jumladan Uklon tegishli summani Kuryerga tegishli mablag‘lardan undirish huquqiga ega.

Kuryer tomonidan Onlayn-xizmat orqali Buyurtmalarni bajarish natijasida olingan daromadlardan soliqlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Uklon tomonidan ushbu daromadlarni Kuryerga to‘lanish vaqtida manbada ushlab qolinadi.

5.7. Bonuslar. “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturiga muvofiq amaldagi bonus dasturlari shartlarini va/yoki Uklon tomonidan o‘tkaziladigan boshqa rag‘batlantirish faoliyatlari va dasturlari shartlarini bajarganlik uchun Kuryerga tegishli bo‘lgan Bonuslar ularning qoidalariga muvofiq hisoblanadi. Bonuslar Kuryerning Hisob qaydnomasi balansiga hisoblanadi va ular mazkur Bitim doirasida Uklonning Kuryerga nisbatan talablarini qoplash uchun ishlatilishi yoki tegishli Buyurtmalarni bajarish uchun pul mukofotiga konvertatsiya qilinishi mumkin.

5.7.1. Bonuslarni taqdim etish shartlari va tegishli Bonuslar miqdori “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturiga muvofiq Uklonning bonus dasturlarida va/yoki boshqa rag‘batlantirish faoliyatlari va dasturlari shartlarida belgilanadi. Amaldagi bonus dasturlari hamda boshqa faoliyatlar va rag‘batlantirish dasturlari https://uz.uklon.eu/driver-update/ havolasi orqali Internet tarmog‘ida e’lon qilinadi, shuningdek Kuryer yangi bonus dasturlari to‘g‘risida Push va TCP bildirishnomalarini oladi.

5.7.2. “UKLON DRIVER” sodiqlik dasturi marketing faoliyatlari turlarini, ya’ni bonus dasturlari va shaxsiy bonus hisoblanishlarini belgilaydi, ularning ro‘yxati yakuniy hisoblanmaydi. Uklon, shuningdek, Kuryerlar uchun boshqa faoliyatlar yoki rag‘batlantirish dasturlarini ham belgilashi va o‘tkazishi mumkin.

5.8. Dolzarblashtirish. Mazkur Bitimning 5-moddasida nazarda tutilgan stavkalar va tariflar Uklonning ixtiyoriga ko‘ra, Uklon tomonidan qo‘llanilishi lozim deb hisoblangan omillarni inobatga olgan holda, vaqtinchalik yoki doimiy asosda, qisman yoki to‘liq ravishda, Bitimning 6.4-bandida ko‘rsatilgan tartibda Bitimga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritish orqali o‘zgartirilishi mumkin.

  1. BITIMNING AMAL QILISHI VA BEKOR QILINISHI

6.1. Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
• Tomonlarning o‘zaro yozma kelishuvi asosida istalgan vaqtda;
• Tomonlardan biri boshqa Tomonni bekor qilish kutilayotgan sanadan kamida 5 (besh) ish kuni oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.
• mazkur Bitimning boshqa qoidalarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda.

6.2. Agar Hisob qaydnomasi balansining oxirgi to‘ldirilgan sanasidan boshlab 1 (bir) yil davomida Kuryer birorta ham Buyurtmani bajarmagan bo‘lsa, Bitim Kuryer tashabbusi bilan bekor qilingan deb hisoblanadi. Ushbu holat Kuryerni yangi shartnoma tuzish maqsadida Uklonga murojaat qilish huquqidan mahrum qilmaydi.

6.3. Bitimning amaldagi tahriri Mobil ilovaning “Xizmat haqida” bo‘limida hamda https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/ havolasida “Kuryer uchun oferta” bo‘limida Internet tarmog‘ida e’lon qilinadi. Kuryer Bitimning e’lon qilingan amaldagi tahriri bilan muntazam ravishda tanishib borish majburiyatini oladi va Bitimning amaldagi tahriri bilan tanishmaganlik bilan bog‘liq barcha xatarlar va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

6.4. Uklon o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan vaqtda Bitim shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirish yoki to‘ldirish huquqiga ega. Bitimga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, shu jumladan Bitimning yangi tahriri, agar Uklon tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ular e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi, va Kuryer tegishli o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar bilan tanishish hamda ularga rioya etish uchun javobgar hisoblanadi.

6.4.1. Agar Kuryer biron sababga ko‘ra Bitimga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga rozi bo‘lmasa, u Buyurtmalarni qabul qilishni davom ettirmasligi va o‘z noroziligi sabablarini yozma ravishda Uklonga bildirishi lozim. Agar Tomonlar Bitimning 8.3-bandida nazarda tutilgan tartibda kelishuvga erisha olmasa, nizolarni hal etish uchun ajratilgan muddat tugagandan so‘ng Bitim Kuryer tashabbusi bilan bekor qilingan deb hisoblanadi.

6.4.2. Agar Kuryer Bitimga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar e’lon qilinganidan so‘ng Buyurtmalarni qabul qilishni davom ettirsa, bu Kuryer tomonidan mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘liq va so‘zsiz qabul qilinganining tasdig‘i hisoblanadi.

  1. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

7.1. Kuryer tomonidan dastlab qabul qilingan ikki Buyurtmadan voz kechilgan taqdirda, Uklon Kuryerga ogohlantirish berish huquqiga ega, uchinchi va undan keyingi har bir qabul qilingan Buyurtmadan Buyurtma qabul qilinganidan keyin 5 daqiqadan kechroq voz kechilgan taqdirda esa, Bitim amal qilish muddati davomida har bir rad etish uchun 6000 so‘m miqdorida jarima qo‘llash huquqiga ega.

7.2. Kuryer tomonidan Buyurtmalarni bajarish jarayonida faqat favqulodda holatlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan SOS tugmasini asossiz ravishda bir necha bor bosish holatlarida, Uklon 10 000 so‘mgacha miqdorda jarima qo‘llash huquqiga ega.

7.3. Kuryer tomonidan Buyurtma qiymati o‘zboshimchalik bilan oshirilgan taqdirda, Uklon Kuryerdan oshirilgan summa miqdorida jarima undirish huquqiga ega.

7.4. Kuryer Bonuslarni asossiz hisoblash va/yoki Promokodlarni asossiz taqdim etish maqsadida sun’iy Buyurtmalar yaratish sxemalarida ishtirok etgan taqdirda, Uklon hisoblangan Bonuslar va/yoki taqdim etilgan Promokodlar miqdorida jarima qo‘llash huquqiga ega.

7.5. Kuryer tomonidan mazkur Bitim yoki qonunchilik talablarini buzish natijasida Uklonga zarar yetkazilgan taqdirda, Kuryer Uklon talabiga binoan yetkazilgan zararlarni, shu jumladan yo‘qotilgan foydani, to‘liq qoplash majburiyatini oladi.

7.6. Kuryer tomonidan Buyurtmalarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik bilan bog‘liq yoki undan kelib chiqadigan Jo‘natuvchilar yoki Qabul qiluvchilarning har qanday shikoyatlari (da’volari) Uklon tomonidan qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar shikoyatni ko‘rib chiqish natijasida Uklonning asosli fikriga ko‘ra u asosli deb topilsa, Uklon Kuryerga tegishli Buyurtma qiymati miqdorida jarima qo‘llash, shuningdek ushbu shikoyat bilan bog‘liq holda Uklonga yetkazilgan zararlarni Kuryerdan to‘liq qoplashni talab qilish huquqiga ega.

7.7. Uklon Jo‘natmaning qiymatini baholamaydi va uning haqiqiy qiymati uchun javobgar bo‘lmaydi. Kuryer Jo‘natma Qabul qiluvchiga topshirilgunga qadar uning yo‘qolishi yoki shikastlanishi bilan bog‘liq barcha xatarlarni o‘z zimmasiga olishini tasdiqlaydi. Agar uchinchi shaxslarning aybi aniqlanmasa, Kuryer Jo‘natuvchilar va Qabul qiluvchilar oldida Buyurtmalarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, Jo‘natmaning yo‘qolishi yoki shikastlanishi, shuningdek Jo‘natmaning noto‘g‘ri shaxsga topshirilishi uchun yakka tartibda javobgar bo‘ladi. Buyurtma bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, Jo‘natma yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, shuningdek Jo‘natma noto‘g‘ri shaxsga topshirilgan taqdirda, Uklon Kuryerdan nizosiz tartibda Buyurtma qiymati summasini (agar Buyurtma Jo‘natma Kuryerga topshirilgunga qadar yoki topshirish vaqtida to‘langan bo‘lsa), shuningdek Jo‘natuvchi yoki Qabul qiluvchi tomonidan tasdiqlangan Jo‘natmaning qiymati summasini ushlab qolish huquqiga ega.

7.8. Agar Kuryer Bitimning 3–8-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlarini buzgan taqdirda, Uklon Kuryerni ogohlantirmasdan Xizmatga kirish huquqini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. Mazkur Bitim maqsadlarida ushbu moddalarning buzilishi Kuryer tomonidan Bitim bo‘yicha majburiyatlarning jiddiy buzilishi hisoblanadi.

7.9. Bitimning 7.8-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra Xizmatga kirish huquqining to‘xtatilishi Kuryerni ushbu to‘xtatilishdan oldin yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

7.10. Bitimning 7.8-bandiga muvofiq Xizmatga kirish huquqi to‘xtatilgan taqdirda, bunday kirishni qayta tiklash uchun Kuryer yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni to‘liq bartaraf etishi hamda bu haqda imkon qadar qisqa muddatda Uklonni xabardor qilishi shart. Agar Kuryer yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etmasa yoki Xizmatga kirish huquqi to‘xtatilgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida bu haqda Uklonni xabardor qilmasa, Uklon Bitimni bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

  1. BOSHQA QOIDALAR

8.1. Bitimda nazarda tutilmagan hollarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qiladilar.

8.2. Shaxsga doir ma’lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlash shartlari, agar ular mazkur Bitim bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/ havolasida “Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish to‘g‘risidagi nizom” bo‘limida joylashtirilgan Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

8.3. Mazkur Bitim, uni tuzish, bajarish yoki bekor qilish bilan bog‘liq yoki undan kelib chiqadigan har qanday nizolar va kelishmovchiliklar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Agar Tomonlar nizoni muzokaralar yo‘li bilan, nizoning yuzaga kelganligi haqida Tomonlardan biri boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida hal eta olmasa, bunday nizo O‘zbekiston Respublikasi sudlarida ko‘rib chiqiladi.

8.4. Kuryerning Xizmatga kirishi natijasida shakllangan ma’lumotlar bazasi Uklonning mutlaq mulki hisoblanadi va Kuryer unga nisbatan hech qanday huquq yoki vakolatlarga ega bo‘lmaydi.

8.5. Mazkur Bitim rus, ingliz va o‘zbek tillarida uchta tahrirda tuzilgan bo‘lib, ularning har biri Mobil ilovaning “Xizmat haqida” bo‘limida hamda https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/ havolasida “Kuryer uchun oferta” bo‘limi Internet tarmog‘ida mavjud. Mazkur hujjatning ingliz va o‘zbek tilidagi tahrirlari hamda ularning rus tiliga tarjimasi o‘rtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, rus tilidagi tahrir ustuvor kuchga ega bo‘ladi.

  1. UKLON REKVIZITLARI

Yuridik (pochta) manzili: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 26
E-mail: uz.uklon1@uklon.eu
Tel.: +998781139995
STIR: 310448243
OKED: 63110

Mazkur tahrir 20.04.2026-yildan boshlab amal qiladi.