«Do‘stingizni taklif qiling» AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI
Mazkur «Do‘stingizni taklif qiling» aksiyasini o‘tkazish qoidalarida (keyingi o‘rinlarda — Aksiya qoidalari) quyida keltirilgan atamalar quyidagi ma’nolarda qo‘llaniladi:
«Avtorizatsiya» — Uklon Hamkori tomonidan Mobil ilovadagi shaxsiy hisob yozuviga (akkauntga) kirish huquqini olish uchun mobil telefon raqamini tasdiqlash jarayoni.
«Aksiya» — “Do‘stingizni taklif qiling” nomli aksiya bo‘lib, u Tashkilotchi tomonidan “Uklon Driver” sodiqlik dasturi doirasida o‘tkaziladi hamda Uklon Onlayn-xizmatiga yangi Hamkorlarni jalb etish va ularda qiziqish uyg‘otish, shuningdek amaldagi Uklon Hamkorlarining faolligi va sodiqligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Aksiyaning maqsadi — Tashkilotchi tomonidan taqdim etilayotgan Onlayn-xizmatni hamda UKLON tovar belgisini (TM) ilgari surish va reklama qilishdan iborat.
«Veb-sayt» — Internet tarmog‘idagi www.uz.uklon.eu manzilida joylashgan veb-sahifa.
«Mukofot» — Aksiya ishtirokchisi uchun bonus bo‘lib, u Aksiya tashkilotchisi tomonidan mazkur Aksiya qoidalarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
«Buyurtma» — Foydalanuvchining Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zarur rekvizitlar asosida rasmiylashtirilgan buyurtmasi.
«“Uklon Driver” mobil ilovasi» va/yoki «Mobil ilova» — iOS va Android mobil qurilmalari uchun mo‘ljallangan “Uklon Driver” nomli mobil ilova ko‘rinishidagi kompyuter dasturining nusxasi bo‘lib, u Aksiya Tashkilotchisi tomonidan Uklon Hamkoriga vaqtinchalik foydalanish uchun, funksional maqsadiga ko‘ra “Uklon Driver” Onlayn-xizmatiga kirish vositasi sifatida taqdim etiladi.
«“Uklon Driver” onlayn-xizmati» va/yoki «Onlayn-xizmat» — o‘zaro bog‘langan kompyuter dasturlari hamda raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar va ularning kombinatsiyalari (shu jumladan grafik va video axborot va boshqalar) ko‘rinishidagi elektron ma’lumotlar majmuasidan iborat texnologik platforma bo‘lib, u Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda monitoring qilish, yig‘ish, qayta ishlash, taqsimlash, saqlash va taqdim etish, talab va taklif nisbati, ob-havo sharoitlari, yo‘nalish va uning bandligi kabi omillarni inobatga olgan holda Buyurtma qiymatini avtomatik hisoblash uchun mo‘ljallangan. Mazkur platforma avtomatik ravishda marshrutlarni shakllantiradi, Foydalanuvchi bilan aloqa qilish uchun ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi hamda Uklon Hamkoriga o‘z ixtiyoriga ko‘ra Buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish, o‘z joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish, Foydalanuvchilarga baho berish va ular bilan o‘zaro hamkorlik qilish, dastur tomonidan tuzilgan marshrutlardan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi, bularning barchasi Onlayn-xizmatning mavjud funksional imkoniyatlari doirasida amalga oshiriladi. Onlayn-xizmat kompyuter dasturlash natijasi bo‘lib, dasturiy mahsulot hisoblanadi.
«Aksiya tashkilotchisi» — “UKLON UB” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR 310448243, manzil: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 26) bo‘lib, u Aksiyaning tashkilotchisi hisoblanadi va Aksiyani e’lon qilish, o‘tkazish, uning shartlarini o‘zgartirish, to‘xtatib turish va bekor qilish bo‘yicha mutlaq huquqlarga ega.
«Uklon Hamkori» — Foydalanuvchiga Xizmatlarni ko‘rsatadigan va/yoki ularni ko‘rsatishni taklif etadigan jismoniy shaxs.
«Foydalanuvchi» — kamida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs bo‘lib, Xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega yoki ulardan foydalanadi.
«Aksiya o‘tkaziladigan hudud» — Aksiya shartlari amal qiladigan hudud. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri hududida Onlayn-xizmat Foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
«Taklif qiluvchi Hamkor» — o‘zining individual referal havolasini potensial yangi Uklon Hamkoriga yuboradigan Uklon Hamkori.
«Taklif qilingan Hamkor» — ilgari “Uklon Driver” Onlayn-xizmatida ro‘yxatdan o‘tmagan va individual referal havola orqali ro‘yxatdan o‘tgan yangi Uklon Hamkori.
«Xizmatlar» — yengil transport vositalarida yo‘lovchilarni tashish, bagajni yetkazib berish, shuningdek Mobil ilova orqali mavjud bo‘lgan va Uklon Hamkorlari tomonidan Foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar.
«Aksiya ishtirokchisi» — mazkur Aksiya qoidalarida nazarda tutilgan Aksiyada ishtirok etish talablarga javob beradigan jismoniy shaxs.
Mazkur Aksiya qoidalarida aniqlanmagan boshqa atamalar Veb-saytning “Foydalanish shartlari” bo‘limida joylashtirilgan hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq talqin etiladi.
1. Aksiya bo‘yicha umumiy qoidalar
1.1. Aksiya Uklon Hamkorlarini “Uklon Driver” Onlayn-xizmatiga jalb etishga qaratilgan marketing tadbiridir.
1.2. Aksiyada ishtirok etish bepul hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish maqsadida Aksiya ishtirokchisi tomonidan Internet tarmog‘i va/yoki mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar Aksiya ishtirokchisi tomonidan mustaqil ravishda, o‘z hisobidan to‘lanadi hamda bunday xizmatlar uchun tegishli provayder tarif rejasiga muvofiq standart qiymat asosida amalga oshiriladi.
1.3. Aksiya qimor o‘yini, lotereya yoki qimor biznesi sohasidagi xizmat hisoblanmaydi hamda undan har qanday shakldagi qimor o‘yinlarida foydalanish mumkin emas. Aksiyada ishtirok etish Aksiya ishtirokchisi tomonidan ushbu Qoidalar hamda ularga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlarni to‘liq va so‘zsiz qabul qilinganligini anglatadi.
1.4. Mazkur Aksiya qoidalariga muvofiq, Aksiya tashkilotchisi Aksiya ishtirokchilariga hech qanday moliyaviy yoki to‘lov xizmatlarini ko‘rsatmaydi, shuningdek hech qanday to‘lov vositalarining emitenti hisoblanmaydi.
1.5. Aksiya tashkilotchisi mazkur Qoidalarga Aksiya ishtirokchisi tomonidan halol rioya etilayotganligiga shubha tug‘ilgan yoki ularning qasddan buzilganligi aniqlangan taqdirda, har qanday Aksiya ishtirokchisini Aksiyada ishtirok etishdan chetlatish huquqiga ega.
1.6. Aksiya tashkilotchisi aloqa operatorlari va internet-provayderlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati uchun javobgar bo‘lmaydi, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Aksiya davomida aloqa kanallari orqali ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan texnik muammolar, aloqa operatorlari faoliyati, ularning xatolari va/yoki internet-provayderlar xatolari natijasida Aksiya ishtirokchilari tomonidan Mukofotni olishning imkonsizligi yoki ularning huquqlarining boshqa cheklanishlari uchun javobgar bo‘lmaydi.
1.7. Aksiya tashkilotchisi fors-major holatlar (yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari), jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday tusdagi harbiy harakatlar, blokadalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi muhim o‘zgarishlar hamda Aksiya tashkilotchisi nazoratidan tashqarida bo‘lgan boshqa holatlar yuzaga kelgan taqdirda, mazkur Qoidalar shartlariga rioya etilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
1.8. Aksiya ishtirokchisi istalgan vaqtda “UKLON UB” XK MChJning hamkorlar bilan ishlash bo‘limiga (Driver Care) tegishli murojaat (so‘rov) yuborish orqali Aksiyadagi ishtirokini to‘xtatish huquqiga ega.
2. Aksiyaning o‘tkazilish muddati va hududi
2.1. Aksiyani o‘tkazish muddati 27.04.2026-yildan 31.12.2026-yilgacha etib belgilanadi (keyingi o‘rinlarda — “Aksiyani o‘tkazish muddati”).
2.2. Aksiyani o‘tkazish muddati Aksiya tashkilotchisining ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirilishi (qisqartirilishi yoki uzaytirilishi) mumkin. Mazkur o‘zgartirishlar Veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
2.3. Aksiya tashkilotchisi Aksiyani o‘tkazish muddati davomida istalgan vaqtda o‘z ixtiyoriga ko‘ra Aksiyani o‘tkazish hududini o‘zgartirish (kengaytirish yoki cheklash) huquqiga ega. Mazkur o‘zgartirishlar Veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
3. Aksiyada ishtirok etish tartibi
3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Uklon Hamkori mazkur Aksiya qoidalarining 2.1-bandida nazarda tutilgan Aksiyani o‘tkazish muddati davomida quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
3.1.1. “Uklon Driver” mobil ilovasidagi “Referal dasturi” bo‘limiga o‘tish;
3.1.2. “Uklon Driver” mobil ilovasidagi “Referal dasturi” bo‘limida o‘zining individual referal havolasini nusxalash;
3.1.3. o‘zining individual referal havolasini ilgari Uklon Hamkori bo‘lmagan voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxsga (yoki bunday shaxslarga) yuborish.
3.2. Uklon Hamkori tomonidan mazkur Aksiya qoidalarining 3.1.3-bandida ko‘rsatilgan individual referal havola yuborilgan voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs (yoki bunday shaxslar) o‘z navbatida mazkur Aksiya qoidalarining 2.1-bandida nazarda tutilgan Aksiyani o‘tkazish muddati davomida quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
3.2.1. “Uklon Driver” mobil ilovasini yuklab olish;
3.2.2. Taklif qiluvchi Uklon Hamkoridan olingan individual referal havola orqali o‘tish;
3.2.3. “avtomobil bilan haydovchi” ro‘yxatdan o‘tish turini tanlab, Uklon Hamkori sifatida ro‘yxatdan o‘tishni boshlash;
3.2.4. “Uklon Driver” Onlayn-xizmatiga kirishni ta’minlovchi yagona hisob qaydnomasini (shaxsiy kabinetni) muvaffaqiyatli yaratish.
3.2.5. mazkur Aksiya qoidalarining 3.2.3-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatdan o‘tish yakunlangan sanadan boshlab 14 (o‘n to‘rt) kalendar kun ichida kamida 30 (o‘ttiz) ta Xizmat ko‘rsatish;
3.2.6. Aksiya shartlarini bajarishni hisoblashda “Uklon Driver” Onlayn-xizmati orqali ko‘rsatilgan barcha Xizmatlar inobatga olinadi.
3.3. Mazkur Aksiya qoidalarining 3.1 va 3.2-bandlarida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilgan taqdirda, 3.1.3-bandda ko‘rsatilgan individual referal havolani boshqa voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxsga (yoki bunday shaxslarga) yuborgan Uklon Hamkori Aksiya ishtirokchisi maqomini oladi.
3.4. Mazkur Aksiya qoidalarining 3.2-bandida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilgan taqdirda, Uklon Hamkorining individual referal havolasi orqali o‘tgan voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs (yoki bunday shaxslar) Aksiya ishtirokchisi maqomini oladi (oladilar).
4. Aksiya ishtirokchilari uchun mukofot.
4.1. Aksiya ishtirokchilari mazkur Aksiya qoidalarining 5-bo‘limida nazarda tutilgan tartibda Aksiya tashkilotchisi tomonidan taqdim etiladigan (hisoblanadigan) Mukofotni olish huquqiga ega bo‘ladilar.
4.2. Mukofotning miqdori hamda undan foydalanish tartibiga oid batafsil shartlar Aksiya tashkilotchisi tomonidan Aksiya ishtirokchilariga “Uklon Driver” mobil ilovasining funksional imkoniyatlari orqali yuboriladigan xabarlarda ko‘rsatiladi.
4.3. Mukofotni olish huquqi Aksiya ishtirokchisi tomonidan boshqa shaxslarga o‘tkazilishi, garovga qo‘yilishi yoki boshqa tarzda cheklanishi mumkin emas.
4.4. Mukofot qiymatining pul ekvivalenti to‘lanmaydi
4.5. Aksiya ishtirokchilarining xohishiga ko‘ra Mukofotni har qanday tovarlar va/yoki ishlar va/yoki xizmatlar bilan almashtirish amalga oshirilmaydi.
4.6. Aksiya tashkilotchisi Aksiya ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan Mukofotdan foydalanishning imkonsizligi uchun, agar bunday holatlar Aksiya tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.
4.7. Aksiya doirasida taqdim etiladigan Mukofot ma’lum bir Aksiya ishtirokchisiga individual (shaxsiy) tarzda mo‘ljallanmagan. Mukofot oluvchilar mazkur Aksiya qoidalarida belgilangan majburiy talablarni bajargan va Aksiya ishtirokchilari hisoblangan noma’lum doiradagi shaxslardan iborat.
5. Mukofotni taqdim etish (hisoblash) tartibi va muddatlari
5.1. Mukofot Aksiya tashkilotchisi tomonidan Aksiya ishtirokchilariga ularning Mobil ilovadagi hisob qaydnomasi balansiga, mazkur Aksiya qoidalarining 3.2.5-bandiga muvofiq Taklif qilingan Hamkor tomonidan 30 (o‘ttizinchi) Xizmat ko‘rsatilgan paytdan boshlab 1 (bir) kalendar kun ichida taqdim etiladi (hisoblanadi).
5.2. Aksiya ishtirokchisi Mukofot taqdim etilgan (hisoblangan) paytdan boshlab “Uklon Driver” mobil ilovasi funksional imkoniyatlari orqali bu haqda xabardor qilinadi.
6. Aksiya ishtirokchisining huquqlari
6.1. Mazkur Aksiya qoidalarida belgilangan shartlar asosida Aksiyada ishtirok etish.
6.2. Aksiya qoidalarida nazarda tutilgan talablar bajarilgan taqdirda Mukofotni olish.
7. Aksiya ishtirokchisining majburiyatlari
7.1. Mazkur Aksiya qoidalarida nazarda tutilgan qoidalar va talablarni bajarish.
7.2. Veb-saytda joylashtirilgan Aksiya qoidalarining amaldagi tahriri bilan mustaqil ravishda va muntazam tanishib borish hamda Aksiya qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlardan bexabarlik bilan bog‘liq barcha xatarlarni o‘z zimmasiga olish. Aksiya tashkilotchisi Aksiya ishtirokchisining Aksiya qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan tanishmaganligi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
7.3. Mukofotni olish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi sifat yoki miqdor ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda oshirishga qaratilgan har qanday manipulyatsiyalarni amalga oshirmaslik (masalan, Buyurtmalarni ularni mustaqil ravishda qabul qilish va bajarish maqsadida yaratish yoki ushbu jarayonga uchinchi shaxslarni jalb qilish va boshqalar), shuningdek shubhali yoki firibgarlik xatti-harakatlarini sodir etmaslik. Mazkur majburiyat bajarilmagan taqdirda, Aksiya tashkilotchisi bunday Aksiya ishtirokchisini Aksiyada ishtirok etishdan chetlatish va/yoki uni Mukofot olish huquqidan mahrum qilish huquqiga ega.
8. Aksiya tashkilotchisining huquqlari
8.1. Aksiya tashkilotchisi Aksiya ishtirokchilarini oldindan xabardor qilmasdan, mazkur Aksiya qoidalarini bir tomonlama tartibda o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish huquqiga ega. Mazkur o‘zgartirishlar Veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
8.2. Aksiya ishtirokchilari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan va/yoki mazkur Aksiya qoidalari buzilgan taqdirda, ularni Aksiyada ishtirok etishdan chetlatish yoki Aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik.
8.3. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlarining talabi bilan yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra, Aksiyani tegishli tarzda o‘tkazilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan har qanday qo‘shimcha ma’lumotlarni va/yoki hujjatlarni Aksiya ishtirokchilaridan talab qilish.
8.4. O‘zining yakka qaroriga ko‘ra Aksiyani vaqtincha to‘xtatib turish yoki to‘liq bekor qilish hamda bu haqda Aksiya ishtirokchilarini Veb-sayt va/yoki Mobil ilova orqali xabardor qilish.
8.5. Aksiya ishtirokchilari tomonidan Aksiya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
8.6. Firibgarlik (frod) holati yoki unga urinish aniqlangan taqdirda, Aksiya tashkilotchisi hisoblangan Mukofotni bekor qilish va/yoki uni to‘liq hajmda qaytarish huquqiga ega.
9. Aksiya tashkilotchisining majburiyatlari
9.1. Aksiya tashkilotchisi Aksiyani mazkur Aksiya qoidalariga muvofiq o‘tkazishi shart.
10. Boshqa shartlar
10.1. Mazkur Aksiya qoidalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi. Mazkur Aksiya qoidalari bilan tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
10.2. Aksiya ishtirokchisi mazkur Aksiya qoidalari bilan to‘liq tanishganligini va ularga rozi ekanligini tasdiqlaydi. Aksiya tashkilotchisi Aksiya ishtirokchisiga yoki uchinchi shaxslarga ushbu Qoidalarni noto‘g‘ri tushunish yoki tushunmaslik natijasida yetkazilgan har qanday zarar yoki ma’naviy zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
10.3. Aksiyada ishtirok etish orqali Aksiya ishtirokchisi mazkur Aksiya qoidalariga rioya etishga o‘z roziligini bildiradi. Agar Aksiya ishtirokchisi mazkur Qoidalarning har qanday bandi bilan rozi bo‘lmasa, u Aksiyada ishtirok eta olmaydi.
10.4. Aksiya qoidalari barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga umumiy tanishish uchun rus tilida Veb-saytda joylashtiriladi.
10.5. Mazkur Aksiya qoidalarini turlicha talqin qilish bilan bog‘liq yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar, shu jumladan bahsli holatlar, shuningdek mazkur Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar bo‘yicha yakuniy qarorlar va/yoki tushuntirishlar bevosita va faqat Aksiya tashkilotchisi tomonidan qabul qilinadi.
10.6. Aksiyada ishtirok etish orqali Aksiya ishtirokchisi o‘z ixtiyori bilan va ixtiyoriy ravishda turli xil qurilmalar yordamida uning tasvirga olinishi, uning fotosurati va uning ishtirokidagi videoyozuvlardan Aksiya o‘tkazilishi bo‘yicha audiovizual dasturlar, reklama va axborot materiallarini yaratishda foydalanishga, shuningdek “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etilgan holda uning tasviri va videoyozuvlari asosida reklama va/yoki axborot materiallari, audiovizual va/yoki boshqa dasturlarni yaratish, ommaga namoyish etish, ko‘paytirish va tarqatishga o‘zining to‘liq va so‘zsiz roziligini beradi. Mazkur materiallar va videoyozuvlar O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, undan tashqarida ham, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday usulda, ularni ommaga namoyish etish, ko‘paytirish va/yoki tarqatish muddati bo‘yicha cheklovlarsiz foydalanilishi mumkin.
10.7. Aksiya ishtirokchisi uning izohlari, savollarga javoblari, fikrlari (shu jumladan videoyozuvlari) uning tasviri va videoyozuvlari bilan birgalikda ommaga namoyish etish, ko‘paytirish va tarqatish jarayonida qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday usulda foydalanilishiga va tarqatilishiga rozilik bildiradi. Aksiya ishtirokchisi uning tasviri va videoyozuvlaridan foydalanish, shuningdek uning ishtirokidagi reklama va axborot materiallarini yaratish, ommaga namoyish etish, ko‘paytirish va tarqatish bepul amalga oshirilishini va buning uchun unga yoki boshqa shaxslarga hech qanday to‘lov amalga oshirilmasligini tushunadi va bunga rozilik bildiradi. Aksiya ishtirokchisi bunday reklama yoki axborot materiallari va videoyozuvlarni ommaga namoyish etuvchi, ko‘paytiruvchi va tarqatuvchi shaxslarga nisbatan mulkiy xarakterdagi hech qanday da’vo yoki talablar bildirmaslik majburiyatini oladi.
10.8. Aksiyada ishtirok etish orqali Aksiya ishtirokchisi o‘zining shaxsga doir ma’lumotlaridan reklama va maxsus takliflarni, elektron tijorat xabarlarini, Aksiya tashkilotchisining reklama xarakteridagi tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish maqsadida foydalanilishiga rozilik beradi.
10.9. Aksiya ishtirokchilarida qo‘shimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda, ular ushbu savollarni Mobil ilova va/yoki Veb-saytda mavjud aloqa kanallari orqali yoki “UKLON UB” XK MChJning hamkorlar bilan ishlash bo‘limi (Driver Care) orqali Aksiya tashkilotchisiga yuborishlari mumkin.
Mazkur tahrir 27.04.2026-yildan boshlab amal qiladi.