← Back to stocks

“MARAFON BILETLARI TANLOVI” SOVRINLI O’YININI O’TKAZISH QOIDALARI

Ushbu rasmiy qoidalar (keyingi o’rinlarda – Qoidalar) bilan “Marafon biletlari tanlovi” Sovrinli o’yinini (keyingi o’rinlarda – Sovrinli o’yin) o’tkazish tartibi va shartlari belgilanadi. Sovrinli o’yinda ishtirok etish bepul. Sovrinli o’yin qimor o’yini, lotereya yoki qimor biznesi xizmati hisoblanmaydi va uni hech qanday qimor o’yinlari shaklida ishlatish mumkin emas. Sovrinli o’yinda ishtirok etish ishtirokchi tomonidan Qoidalarning barcha shartlari va unga kiritilayotgan har qanday o’zgartirishlarni to’liq va shubhasiz qabul qilinishini anglatadi.

1. USHBU QOIDALARDA QO’LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI

1.1. Buyurtma – – Foydalanuvchining yengil transport vositasida yo‘lovchi tashish, Jo‘natmalarni yetkazib berish, shuningdek vaqti-vaqti bilan Mobil ilovalari orqali mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlarni Hamkor tomonidan ko‘rsatish bo‘yicha, zarur rekvizitlar bilan rasmiylashtirilgan so‘rovi.

1.2. Foydalanuvchi – Mobil ilovada ro’yxatdan o’tish paytida 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan har qanday ishga layoqatli jismoniy shaxs.

1.3. Veb-sayt – www.uz.uklon.eu  Internet manzilidagi veb-sahifa hisoblanadi.

1.4. Kompaniya / Tashkilotchi – “UKLON UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona bo’lib, STIR 310448243, joylashgan joyi: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, P. Mahmud ko‘chasi, 26-uy.

1.5. Mukofot — “Tashkent International Half Marathon” sport tadbirida (keyingi o‘rinlarda — “Tadbir”) G‘olib tomonidan belgilanadigan 2 (ikki) nafar shaxsning ishtirok etish huquqi. Mukofotni pul ekvivalentiga yoki boshqa har qanday manfaatga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

1.6. Sovrinli o’yin – bu “Marafon biletlari tanlovi” sovrinli o’yini bo’lib, «Uklon» onlayn xizmatiga yangi Foydalanuvchilarida qiziqish uyg‘otish, brend haqida xabardorlikni oshirish va yangi Foydalanuvchilarni jalb qilish, shuningdek, mavjud Foydalanuvchilarning faolligi va sodiqligini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan. Sovrinli Sovrinli Sovrinli o‘yinning maqsadi Tashkilotchi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarni, shuningdek, UKLON (TM) savdo belgisini targ’ib qilish va reklama qilishdir.

1.7. Sovrinli o’yin o’tkazish muddati va/yoki Sovrinli o’yinini o’tkazish davri – 24.08.2026 yil Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan 01.09.2026 yil soat 23:59 ga qadar (GMT+5) bo’lgan vaqt oralig’i (vaqt davri).

1.8. Sovrinli o’yin o’tkaziladigan hudud – Sovrinli o’yin shartlari amal qiladigan hudud. Sovrinli o’yin Toshkent shahri, O’zbekiston hududida o’tkaziladi.

1.9. Ishtirokchi – 18 yoshga to’lgan va Sovrinli o’yinda qatnashish uchun zarur bo’lgan barcha shartlarni bajargan ishga layoqatli jismoniy shaxs (O’zbekiston fuqarosi, xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs). Tashkilot xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari (birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlar) ishtirokchi deb hisoblanmaydi va bo’la olmaydi. Agarda qaysidir Ishtirokchi ushbu Qoidalarni vijdonan bajarmagani yoki ularni ataylab buzgani aniqlansa, Tashkilot ushbu Ishtirokchini chetlashtirish huquqiga ega.

1.10. Uklon mobil ilovasi va/yoki Mobil ilova – “Uklon” nomli iOS va Android elektron qurilmalari uchun mo‘ljallangan mobil ilova ko‘rinishidagi EHM dasturining nusxasi bo‘lib, u Foydalanuvchiga “Uklon” Onlayn-servisiga kirish vositasi sifatida taqdim etiladi.

1.11. “Uklon” onlayn xizmati (keyingi o’rinlarda – “Onlayn xizmat”) — Mobil ilova hamda o‘zaro bog‘langan elektron hisoblash mashinalari uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuasi va raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar va ularning kombinatsiyalari (jumladan grafik axborot, videoaxborot va h.k.) ko‘rinishidagi elektron ma’lumotlardan iborat texnologik platforma bo‘lib, u Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar va Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmat takliflari haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish, yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish, shuningdek, talab va taklif nisbatini, ob-havo sharoitlarini, yo‘nalishni, yuklama darajasini va boshqa omillarni inobatga olgan holda Buyurtma qiymatini avtomatik hisoblab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Onlayn-xizmat avtomatik tarzda yo‘nalishlarni tuzadi hamda Foydalanuvchi va Hamkor o‘rtasidagi aloqa uchun zarur bo‘lgan ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. Onlayn-xizmat Foydalanuvchiga o‘zining Buyurtma bajarilishi ehtimoliga doir mezonlariga muvofiq avtomatik ravishda shakllantirilgan Hamkorlar takliflarini izlash va ular bilan tanishish imkonini beradi, Foydalanuvchiga tegishli Buyurtmalar va Hamkor takliflarini o‘z xohishiga ko‘ra joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish, o‘zining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, Xizmatlar tavsiya etilgan qiymatini o‘zgartirish, Onlayn-xizmat va Hamkorlarga baho berish va ular bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, dastur tomonidan qurilgan yo‘nalishlardan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi — bularning barchasi Onlayn-xizmatning foydalanish uchun taqdim etilgan funksional imkoniyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Onlayn-xizmat “Uklon” Mobil Ilovasi doirasida grafik, matnli, video va boshqa turdagi reklama materiallarini joylashtirish va namoyish etish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunday materiallarning ko‘rsatilishi Foydalanuvchining xulq-atvoriga oid belgilar va/yoki uning Onlayn-xizmat bilan o‘zaro aloqasi xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshirilishi mumkin. Onlayn-xizmat kompyuter dasturlash natijasi hisoblanadi va dasturiy mahsulot turiga kiradi.

2. SOVRINLI O’YINDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI

2.1. 1.9-band talablariga javob beradigan shaxs Sovrinli o’yinning Ishtirokchisi deb hisoblanada va quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:

2.1.1. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligining normalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya etilsin.

2.1.2. Ongli ravishda noqulaylik tug’dirmaslik va boshqa Sovrinli o’yin Ishtirokchilariga to’sqinlik qilmaslik.

2.1.3. Bunday Ishtirokchining Sovrinli o’yinda ishtirok etishining qonuniyligini shubha ostiga qo’yadigan harakatlar qilmaslik.

2.2. Sovrinli o’yinda ishtirok etish uchun Ishtirokchi Sovrinli o’yin davomida quyidagilarni bajarishi lozim:

A. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida amaldagi akkauntga ega bo‘lish;

B. Tashkilotchining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida (@uklon_uz) Sovrinli Sovrinli Sovrinli o‘yin haqidagi e’lon ostida kamida 1 (bir) nafar do‘stini — Instagram’ning haqiqiy foydalanuvchisini — izohda belgilashi lozim.

2.3. 2.2-bandda nazarda tutilgan shartni bajargan Foydalanuvchi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirish zaruratisiz avtomatik ravishda Sovrinli Sovrinli Sovrinli o‘yin Ishtirokchisiga aylanadi. Sovrinli Sovrinli Sovrinli o‘yinda ishtirok etish uchun Onlayn- xizmatda Safarlarni amalga oshirish talab etilmaydi.

2.4. Foydalanuvchi 2.2-bandda nazarda tutilgan shartni Sovrinli Sovrinli o‘yin o‘tkaziladigan muddat davomida bajargan paytdan boshlab Sovrinli Sovrinli o‘yin Ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritilgan hisoblanadi.

2.5. Har bir Foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan izohlar va/yoki u belgilagan do‘stlar sonidan qat’i nazar, Foydalanuvchi Sovrinli Sovrinli o‘yin Ishtirokchilari ro‘yxatiga faqat bir marta kiritiladi.

2.6. Mazkur Sovrinli Sovrinli o‘yin maqsadlarida:

— faqat Sovrinli Sovrinli o‘yin o‘tkaziladigan muddat davomida tegishli e’lon ostida qoldirilgan izohlar hisobga olinadi;

— mavjud bo‘lmagan, soxta yoki bloklangan akkauntlarni belgilash, shuningdek, spam xususiyatidagi izohlar hisobga olinmaydi. Tashkilotchi bunday harakatlarni amalga oshirgan Ishtirokchini Sovrinli Sovrinli o‘yindan chetlashtirish huquqiga ega.

2.7. Ushbu Qoidalarning barcha shartlariga qat’iy rioya qilish Ishtirokchi sovrinni olish uchun zarur shartdir. Qoidalarda nazarda tutilgan har qanday shartni bajarmaslik tegishli Ishtirokchini sovrinni olish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ishtirokchi sovrinni olish yoki undan foydalanishni rad etish huquqiga ega.

2.8. Tashkilotchi Sovrinli o’yin veb-saytida Qoidalarning yangilangan versiyasini joylashtirish (nashr etish) orqali Sovrinli o’yin shartlari, Hududi va Muddatlarini o’zgartirish huquqiga ega. Ushbu o’zgarishlar, agar Qoidalar bilan to’g’ridan-to’g’ri boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, Veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

3. SOVRINLAR VA SOVRINLI O’YIN G’OLIBLARINI E’LON QILISH

3.1. G‘oliblar Sovrinli o‘yinda ishtirok etish shartlarini bajargan barcha Ishtirokchilar orasidan tasodifiy ravishda, randomayzer (tasodifiy sonlar generatori) yordamida aniqlanadi: https://lizaonair.com/random/?lang=en. G‘oliblarni aniqlashda barcha Ishtirokchilar yutib olish uchun teng imkoniyatlarga ega.

3.2. Sovrinli o‘yin doirasida 5 (besh) nafar G‘olib aniqlanadi. Har bir G‘olib Mukofot — Tadbirga 2 (ikki) ta chipta oladi.

3.3. Sovrinli o‘yin G‘oliblarini aniqlash va e’lon qilish 2026-yil 2-sentabr kuni Tashkilotchining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy @uklon_uz sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda amalga oshiriladi. Mazkur efir davomida G‘oliblarning profillari namoyish etiladi.

3.4. G‘oliblar aniqlangandan so‘ng, Tashkilotchi har bir G‘olib bilan Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy xabar (Direct) orqali bog‘lanadi. Mukofot 2 (ikki) ta chiptadan iborat bo‘lganligi sababli, G‘olib Tashkilotchi tomonidan xabar qilingan muddat ichida chiptalardan foydalanadigan 2 (ikki) nafar shaxsning ma’lumotlarini, ya’ni har bir ko‘rsatilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqamini Tashkilotchiga taqdim etishi shart. Uchinchi shaxslarning ma’lumotlarini taqdim etish orqali G‘olib mazkur shaxslarning ushbu shaxsga doir ma’lumotlarni ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan maqsadlarda uzatish va qayta ishlashga roziligini olganligini tasdiqlaydi.

3.5. G‘olib tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar (ikki nafar shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqamlari) Tashkilotchi tomonidan Tadbir tashkilotchilariga mazkur shaxslarni Tadbir ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan paytdan boshlab ko‘rsatilgan shaxslar Tadbirning ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilari hisoblanadi va unda ishtirok etishga qo‘yiladi.

3.6. Mukofotga bo‘lgan huquq faqat G‘olibga tegishli bo‘lib, boshqa shaxslarga berilishi (o‘tkazilishi) mumkin emas. Bunda G‘olib Tadbir ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 2 (ikki) nafar shaxsni mustaqil ravishda belgilaydi, ular jumlasiga G‘olibning o‘zi ham kirishi mumkin. Tashkilotchi talab qilib olinmagan yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra foydalanilmagan O‘yin Mukofotlarini o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish huquqiga ega.

3.7. Sovrinli o‘yin g‘olibi Tashkilotchi tomonidan xabar qilingan muddat ichida o‘zining yoshi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini/fotosuratini taqdim etishi shart.

3.8. Sovrinli o‘yin g‘olibidan belgilangan muddatda javob va so‘ralgan ma’lumotlar olinmagan taqdirda, Tashkilotchi mazkur Qoidalarda belgilangan usulda ishtirokchilar orasidan boshqa g‘olibni tanlash yoki talab qilib olinmagan mukofotni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

3.9. Sovrinli o‘yin g‘oliblari sovrinli o‘yinni o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash (shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir davomida) va mukofotni olish bilan bog‘liq holda video va fotosuratga olish, audio va matnli yozuvlar hamda intellektual mulkning boshqa obyektlarini yaratishga, shuningdek, bunday obyektlardan Tashkilotchi tomonidan, shu jumladan reklama maqsadlarida foydalanishga rozilik beradilar. Sovrinli o‘yin g‘oliblari bunday obyektlarni yaratishda ishtirok etganliklari va ulardan keyinchalik foydalanilganligi uchun alohida haq talab qilmaydilar hamda bunday foydalanishning har bir holati uchun alohida rozilik bermaydilar.

4. CHEKLOVLAR VA TEXNIK SHARTLAR

4.1. Tashkilotchi aloqa operatorlari va internet-provayderlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati, shu jumladan, sovrinli o‘yin o‘tkazilishi davomida aloqa kanallaridan foydalanishda ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq texnik muammolar, aloqa operatorlari va/yoki internet-provayderlarning sovrinli o‘yin ishtirokchisi mukofotni olish huquqi to‘g‘risida xabardor qilinmaganligi yoki o‘z vaqtida xabardor qilinmaganligiga olib kelgan har qanday xatolari uchun javobgar bo‘lmaydi.

4.2. Sovrinli o‘yin tashkilotchisi mukofotni olish huquqiga oid har qanday nizolar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Har qanday holatda nizolar yuzasidan yakuniy qarorni sovrinli o‘yin tashkilotchisi qabul qiladi va bunday qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

4.3. Sovrinli o‘yin tashkilotchisi sovrinli o‘yin ishtirokchisi mukofotni olish imkoniyatidan foydalanmaganligi, shuningdek, ishtirokchining Tashkilotchining aybi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra mukofotdan foydalana olmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

4.4. Mukofotni faqat uni olish huquqiga ega bo‘lgan sovrinli o‘yin ishtirokchilari olishi mumkin. Mukofot yoki uni olish huquqi bitim predmeti, to‘lov vositasi yoki garov predmeti bo‘lgan mukofotni olishdan oldin tuzilgan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlar va kelishuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Mukofotni, shu jumladan uning pul ekvivalentiga yoki boshqa har qanday manfaatga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

4.5. G‘olibning mukofotga bo‘lgan huquqi uchinchi shaxslarga o‘tkazilishi mumkin emas. G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 3.4-bandiga muvofiq tadbir ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ikki nafar shaxsni belgilash huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish hisoblanmaydi va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

4.6. Ishtirokchi tomonidan sovrinli o‘yinda ishtirok etish maqsadida Internet tarmog‘i/mobil aloqadan foydalanish qiymati ishtirokchining o‘zi tomonidan va o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi hamda mazkur xizmat provayderining tarif rejasida belgilangan standart xizmat qiymatiga muvofiq bo‘ladi.

4.7. Tashkilotchi, shuningdek, u tomonidan jalb etilgan uchinchi shaxslar, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar sababli yuzaga kelgan Internet tarmog‘i/mobil aloqa faoliyatidagi har qanday texnik nosozliklar, shuningdek, boshqa texnik nosozliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.

5. QO‘SHIMCHA SHARTLAR

5.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq barcha masalalar (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, qayta ishlash maqsadi, asoslari, tartibi va shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni chaqirib olish tartibi) Veb-saytda va Mobil ilovada quyidagi havola orqali joylashtirilgan Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi: https://uz.uklon.eu/user-agreement/shaxsiy-malumotlarni-qayta-ishlash-va-himoya-qilish-togrisidagi-nizom/.

5.2. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday xususiyatdagi harbiy harakatlar, blokadalar, sovrinli o‘yin o‘tkaziladigan hududda amalda bo‘lgan qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek, Tashkilotchi nazorat qila olmaydigan boshqa holatlar kabi fors-major holatlari (yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari) yuzaga kelgan taqdirda, Qoidalarning buzilishi va/yoki mukofotning taqdim etilmasligi va/yoki taqdim etilgan mukofotdan foydalanishning imkoni bo‘lmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.3. Sovrinli o‘yinda ishtirok etish orqali sovrinli o‘yin ishtirokchisi mazkur Qoidalar bilan tanishganligini, shuningdek, ularga to‘liq va hech qanday shartsiz roziligini tasdiqlaydi.

5.4. Ishtirokchilarni Qoidalar to‘g‘risida xabardor qilish Qoidalarni sovrinli o‘yinning Veb-saytiga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar turli usullar orqali reklama materiallarini joylashtirish yo‘li bilan taqdim etilishi mumkin: Qoidalarni Internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish, bosma reklama materiallari, tashqi reklama vositalari, Onlayn-servis foydalanuvchilariga elektron pochta orqali xabarlar yuborish, Mobil ilovadagi Push- va TCP-xabarlar, Telegram, Viber yoki SMS-xabarlar hamda boshqa internet-media vositalari orqali.

5.5. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, sovrinli o‘yin Qoidalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

5.6. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalarda Tashkilotchi va sovrinli o‘yin ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

5.7. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek, nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.

Tahririyat 24.08.2026 yildan amal qiladi.