Korporativ mijozlar uchun ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda “Siyosat”): korporativ mijozlarning shaxsga doir ma’lumotlarni qanday va nima uchun to’plashimiz va ishlov berishimiz, ularni qancha vaqt saqlashimizni, biz tomondan bunday ma’lumotlarning ishlov berishni munosabati bilan shaxsga doir ma’lumotlarni sub’ektlarining qanday huquqlarga ega ekanligini tushuntirish uchun “UKLON UB”, STIR 310448243, yuridik manzili: 100060, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, T. Shevchenko ko’chasi 34-uy, 306-ofisda (keyingi o‘rinlarda “Jamiyat”, “biz”, “bizni”, “bizga” deb nomlanadi) joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona tomonidan ishlab chiqilgan.
Bizning ustuvor vazifalarimizdan biri ma’lumotlarni izchil va samarali himoya qilishdir, shuning uchun biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlanishi, ularga ishlov berishni esa qo’llaniladigan qonunchilik va sohaning eng yaxshi amaliyoti talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash uchun juda ko’p kuch sarflaymiz.
Siyosat: shaxsga doir ma’lumotlarni, biz tomonidan kelajakda ma’lumotlar egasi sifatida ishlov berilishi mumkin bo’lgan, shaxslarga nisbatan qo’llaniladi, shu jumladan, agar bunday shaxslar bizning veb-saytimizning https://uz.uklon.eu/ru/business-ru/ va https://corporate-portal.uklon.com.ua/auth/sign-in (keyingi o’rinlarda – “veb-sayt”) maxsus bo’limlaridan foydalansa, shaxsga doir ma’lumotlarni to’plash bilan birga kechuvchi quyidagilarni bajargan: bizga tegishli ro’yxatdan o’tish shaklini yuborgan bo’lsa, so’rov jo’natish yo’li bilan biz bilan bog’langan, korporativ mijozlar uchun mo’ljallangan “Uklon” Onlayn-xizmatining (keyingi o’rinlarda “Xizmatlar” deb nomlanadi) funksionaliga kirish olish (dasturiy ta’minotdan foydalanishga ruxsat berish) bo’yicha xizmatlarimizga buyurtma bergan bo’lsa.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ish usullarini nazorat qilganimizda va bunday ma’lumotlardan foydalanish maqsadlarini aniqlayotganimizda, Jamiyat- O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida” gi O’zRQ-547-sonli Qonunini (keyingi o’rinlarda “Qonun”deb nomlanadi) tushunchasida shaxsga doir ma’lumotlar egasi vazifasini sifatida amal qiladi.
Veb-saytdan foydalanish (tegishli qismi bo’yicha) va/yoki Xizmatlardan foydalanish orqali: Siz ushbu siyosat shartlariga rozilik bildirasiz va ularni o’qiganingiz, anglaganingiz, qabul qilganingiz va ularga rioya qilishga rozilik bildirganingiz haqida ma’lum qilgan bo’lasiz. Agar siz ushbu Siyosatga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlaringizni ishlov berilishiga rozi bo’lmasangiz, bizga o’zingiz haqingizda ma’lumot taqdim qilmang.
Biz ushbu Siyosatni, shu jumladan amaldagi Qonunchilik talabiga ko’ra vaqti-vaqti bilan ogohlantirmasdan to’ldirishimiz yoki o’zgartirishimiz mumkin. Bu bilan Siz, Sizdan maxsus tasdiq olinmasa ham siyosatga o’zgartirish kiritishga roziligingizni berasiz. Eng so’nggi o’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Siyosatning veb-saytdagi joriy tahririni muntazam tekshirib turishni tavsiya qilamiz.
Ushbu Siyosat rus tilida tuzilgan, ammo shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlariga tanishish uchun o’zbek va ingliz tillarida taqdim etiladi. Ushbu hujjatning rus tilidagi ko’rinishining shartlari hamda o’zbek va ingliz tillariga tarjimalari o’rtasida tafovutlar topilgan taqdirda, hujjatning faqat https://uz.uklon.eu/ru/user-agreement-ru/privacy-policy-corporate-ru/ manzili bo’yicha e’lon qilingan rus tilidagi ko’rinishi ustunlikka bo’ladi.
Biz qanday shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov beramiz
Biz, siz tomondan ixtiyoriy ravishda taqdim etadigan shaxsga doir ma’lumotlarni, shu jumladan, lekin istisnosiz: ism, familiya, lavozim, elektron pochta manzili, telefon raqami, joylashuv manzili kabilarni to’playmiz va ishlov beramiz.
Ushbu shaxsga doir ma’lumotlar Siz tomondan Veb-saytda ro’yxatdan o’tish formasini to’ldirishda ham, akkauntingiz ro’yxatdan o’tkazgandan so’ng profilingizni to’ldirishda ham taqdim etilishi mumkin.
Shu bilan birga, agar Veb-saytda akkaunt tadbirkorlik faoliyati sub’ekti (yuridik shaxs yoki JShT) tomonidan yaratilsa, bizning xizmatlarimizdan foydalanishi mumkin bo’lgan xodimlar va boshqa jismoniy shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlari akkauntga qo’shilishi mumkin. Shunga ko’ra, Jamiyat bunday shaxsga doir ma’lumotlarni, xususan, ism, familiya, elektron pochta manzili, telefon raqami, buyurtma to’g’risidagi ma’lumotlarni ishlov beriladi.
Shuningdek, biz: Siz mijozlarga xizmat ko’rsatish xizmatiga murojaat qilganingizda yoki boshqa aloqa kanallari orqali biz bilan bog’langaningizda ma’lumotlaringizni ishlov beriladi. Bunday holda, biz shaxsga doir ma’lumotlarni o’z ichiga olishi mumkin bo’lgan suhbatlarimiz va/yoki yozishmalarimizni yozib olishimiz mumkin.
Biz tomondan avtomat tarzda ishlov berilgan shaxsga doir ma’lumotlar
Biz ma’lum ma’lumotlarni avtomat tarzda ishlov bershimiz mumkin, shu jumladan: Sizning IP manzil, Siz xizmatlarimizdan foydalangan sana va vaqt, apparat va dasturiy ta’minot haqidagi axborot, siz foydalanayotgan Internet-brauzer ma’lumotlari, shuningdek, kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizning operatsion tizimi haqidagi ma’lumotlar (masalan, til sozlamalari). Shuningdek, biz ma’lum tugmachalarni bosish va Veb-saytdagi veb sahifalarga tashrif buyurish haqida axborot to’plashimiz mumkin.
Bunday ma’lumotlar odatda ishlatiladigan kuki-fayllar va shunga o’xshash texnologiyalar yordamida to’planib, Jamiyat tomonidan Veb-saytni boshqarish hamda sizga funktsional imkoniyatlar va moslashtirilgan xabarlarni taqdim etish uchun foydalaniladi.
Siz bizga taqdim etgan boshqa shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlari
Albatta, siz faqat o’zingiz uchun emas, balki boshqalar uchun ham buyurtma berishingiz mumkin. Bizga telefon raqami, ismi va joylashuv manzilini taqdim etish orqali istalgan shaxs uchun Xizmatga buyurtma berishingiz mumkin.
Jamiyat, buyurtma berilgan vaqtda foydalanish uchun olingan bunday shaxsning aloqa ma’lumotlaridan: uning uchun Xizmat buyurtma qilinganligi dalili haqida xabardor qilish, Hamkorni aloqa ma’lumotlari to’g’risida xabardor qilish, joylashuv joyini aniqlashtirish, shuningdek, Xizmatdan qanoatlanganlik va Jamiyatning bunday xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini (to’g’ridan-to’g’ri marketing) o’rganishdagi qayta aloqa uchun foydalanish huquqiga ega.
Shu munosabat bilan shuni ta’kidlashimiz kerakki, Siz: shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim etgan shaxs bu siz tomondan qilinganligini bilishi, uning shaxsga doir ma’lumotlarini qanday foydalanishimizni (xususan, ushbu Siyosatda ko’rsatilganidek)tushunishi va rozi bo’lishi uchun ma’sulsiz. Iltimos, tegishli Xizmatni taqdim etish uchun boshqa shaxsning shaxsga doir ma’lumotlarini bizga taqdim etish uchun qonuniy asoslaringiz borligiga ishonch hosil qiling.
Boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar
Ushbu axborot: foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini, masalan, baholash yoki maqtovlari, da’volar yoki nizolar bilan bog’liq ma’lumotlarni taqdim etayotgan foydalanuvchilar yoki boshqa shaxslarning axborotlari, sug’urta xizmatlarini taqdim etuvchlardan va umumiy foydalanishdagi manbalaridagi (masalan, ijtimoiy tarmoqlar) axborotlarni o’z ichiga oladi. Biz ushbu manbalardan to’plangan ma’lumotlarni bizning ixtiyorimizda bo’lgan boshqa ma’lumotlar bilan birlashtira olamiz.
Biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni qanday ishlov beramiz
Shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish deganda yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan har qanday harakat yoki bir qator harakatlar tushuniladi, shu jumladan, lekin quyidagilar bilan cheklanmagan holda: yig’ish, tizimlashtirish, to’plash, saqlash, moslashtirish, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), foydalanish, tarqatish (shu jumladan amalga oshirish yoki uzatish orqali), chegaralar osha uzatish, shaxsini aniq bildirmaslik, blokirovka qilish, yo’q qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsga doir ma’ lumotlar bilan boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirish.
Veb-saytda ro’yxatdan o’tishda ushbu siyosat shartlarini qabul qilib, siz shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish shartlariga rozilik bildirasiz va o’zingizning xohishingiz bilan harakat qilayotganingizni va buning huquqiy oqibatlarini tushunganingizni tasdiqlaysiz.
Siz tomondan shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berishga rozilik: tegishli shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish uchun boshqa qonuniy asos bo’lmagan hollarda, masalan, reklama yuborish uchun beriladi. Shu bilan birga, siz bizning xizmatlarimizga buyurtma berganingizda va shu bilan biz bilan bitim tuzganingizda (individual kelishuv asosida) yoki shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish qo’llanilayotgan qonun hujjatlarining talablarida ko’zda tutilganda, Jamiyat bunday ma’lumotlarni ishlov berishga rozilik olishni talab qilmaydi.
Shuni ham ta’kidlaymizki, ushbu Syosat shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti uchun: u shaxsga doir ma’lumotlar egasi sifatida harakat qiluvchi Jamiyatning shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga kiritilganligi to’g’risida yozma xabarnomadir.
Nima uchun va qanday asosda biz Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizga ishlov beramiz
Biz Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizga quyidagi maqsadlar uchun ishlov beramiz:
– Shartnoma shartlarini bajarish: yo’lovchilarni tashishni tashkil etish bo’yicha xizmatlarni taqdim etish to’g’risidagi shartnoma shartlariga muvofiq majburiyatlarning bajarilishi (individual kelishuv asosida). Xususan, bu Veb-saytdan foydalanishingiz uchun zarur bo’lgan majburiyatlar nazarda tutilganda.
– Buyurtmalarni joylashtirish va bajarish: biz shaxsga doir ma’lumotlardan yo’lovchilarni tashish uchun buyurtma berish, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni Uklonning hamkorlariga, ular tomondan tegishli buyurtmalarni bajarilishida taqdim etish uchun foydalanamiz.
– Mijozlarni qo’llab-quvvatlash xizmati: mijozlarni qo’llab-quvvatlash xizmati guruhi tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish sizga buyurtmalar bo’yicha yordam berish va tegishli savollarga, shuningdek boshqa savollarga javob berish uchun yordam berishi mumkin.
– Hisobga olish qaydi (akkaunt): Veb-saytda akkaunt yaratganingizda, Jamiyat akkauntni boshqarish uchun taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanadi.
– Siz bilan muloqot: biz sizga boshqa masalalar bo’yicha, xususan, xizmatlarimiz sifatini baholash, ilgari olingan so’rovga javob berish maqsadida murojaat qilishimiz mumkin. Bunday murojaatlar odatda elektron pochta, telefon (qo’ng’iroq yoki SMS xabar) aloqasi va Veb-saytdagi Push-bildirishnomalar orqali amalga oshiriladi.
– Qo’ng’iroqlarni kuzatish: qo’llab-quvvatlash xizmatiga qo’ng’iroq qilganingizda biz sizning buyurtmangiz bilan telefon raqamingizni aniqlash uchun avtomat tarzda raqamni aniqlash tizimidan foydalanamiz. Xizmat ko’rsatish xodimlari bilan suhbatlar, xizmat ko’rsatish sifatini nazorat qilish va jamoamizni kelgusida o’qitish maqsadida joriy vaqt rejimida tinglanishi yoki yozib olinishi mumkin. Yozuvlar cheklangan vaqt oralig’ida saqlanadi hamda biz ularni uzoqroq muddatga saqlashni zarur deb hisoblaydigan (zaruriyat tug’ilganda, shu jumladan, qonunchilik buzilishi yoki Sizning huquqlaringiz buzilishi bilan bog’liq ishlarni tekshirish bilan bog’liq bo’lgan hollarni surishtirish maqsadida) hollardan boshqa hollarda avtomat ravishda o’chiriladi .
– Huquqiy maqsadlar: ba’zi hollarda biz Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizdan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ularga ishlov berish va vakolatli organlarga topshirish uchun foydalanishimiz mumkin.
– Marketing maqsadlari: Jamiyat Sizga marketing ma’lumotlarini bir necha usullar bilan, xususan elektron pochta, telefon, matnli xabarlar (shu jumladan messenjerlar orqali) va onlayn (veb-saytdan foydalanganda) taqdim etishi mumkin. Biz sizga aniq roziligingiz bilan yoki to’g’ridan-to’g’ri marketingning doirasida qonuniy manfaatlarimiz bo’lsa, sizga marketing materiallarini yuboramiz.
Shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish va uzatish
Muayyan sharoitlarda Jamiyat sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga taqdim etishi mumkin:
– Joylashtirilgan buyurtmalarning ijrochilari: biz Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni buyurtmalaringiz bajarilishi uchun Uklonning hamkorlariga beramiz. Shuningdek, ba’zi hollarda, hamkorning iltimosiga binoan, , ammo bunga roziligingizni olgan holda, biz sizning telefon raqamingizni berishimiz mumkin .
– Xizmatlar taqdim etuvchi uchinchi shaxslar: biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni bizning nomimizdan ishlov berish uchun uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanishimiz mumkin. Ushbu ishlov berish turli maqsadlarda, masalan, ma’lumot yuborish uchun (xususan, SMS-xabarlar) amalga oshiriladi. Mustaqil xizmat ko’rsatuvchirlar shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilinishining tegishli darajasiga majburiy rioya qilishga rozi bildirishadi hamda Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizdan biz tomondan belgilagan tegishli xizmatni taqdim etish uchun maqsadlardan boshqa hollarda foydalanish huquqiga ega emaslar.
– Vakolatli idoralar: Biz shaxsga doir ma’lumotlarni davlat, mahalliy, boshqa tartibga soluvchi, ma’muriy yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga, shuningdek sudlarga O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talab qiladigan darajada yoki jinoiy harakatlar va firibgarliklarning oldini olish, aniqlash yoki ularga barham berish uchun zarur bo ‘lgan miqdorda taqdimm etishimiz mumkin. Bundan tashqari, shaxsga doir ma’lumotlar bizning huquqlarimiz yoki mulkimizni, shuningdek hamkorlarimizning huquqlari va mulklarini himoya qilish uchun vakolatli idoralarga berilishi mumkin.
Shaxsga doir ma’lumotlarning saqlanish muddati
Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringiz: ishlov berish maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan vaqt oralig’ida yoki agar bu amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan bo’lsa, ma’lumotlarning belgilangan saqlash muddati davomida saqlanadi.
Agar sizning hisobingiz o’chirib yuborilgan bo’lsa, shaxsga doir ma’lumotlar ma’lumotlar bazasidan ham o’chiriladi, ammo bunday ma’lumotlar qonuniy, buxgalteriya maqsadlariga erishish va firibgarlikning oldini olish uchun zarur bo’lgan holatlar bundan mustasno.
Yuqoridagi maqsadlar uchun zarur bo’lgan shaxsga doir ma’lumotlar: siz bilan hamkorlik yakunlangandan so’nggi 3 (uch) yil (da’vo muddati) yoki agar qo’llaniluvchi qonunchilikda nazarda tutilgan bo’lsa ma’lum bir turdagi axborot/ma’lumotlarni saqlash uchun belgilangan muddatdan ko’proq vaqt davomida saqlanishi mumkin.
Yuqoridagi muddat tugagandan so’ng, biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni o’chirib yuboramiz yoki ular endi Sizga shaxsan taalluqli bo’lmasligi uchun maxfiy ko’rinishga keltiramiz.
E’tibor bering, qurilmangizda foydalanuvchi akkauntidan chiqish yoki foydalanuvchi hisobini o’chirish barcha shaxsga doir ma’lumotlarni o’chirib yuborilishiga olib kelmaydi. Shaxsga doir ma’lumotlar Jamiyat tomonidan o’chirilishi mumkin.
Shaxsga doir ma’lumotlaringizni qanday himoya qilamiz
Biz: axborot xavfsizligi foydalanuvchilarimiz va mijozlarimiz uchun muhim ekanligini bilamiz hamda biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringiz xavfsizligi haqida qayg’uramiz. Xususan, biz barcha shaxsga doir ma’lumotlarni: yo’qolish, ruxsatsiz foydalanish, ruxsatsiz kirish, oshkor qilish yoki o’zgartirishdan himoya qilish uchun texnik va ma’muriy xavfsizlik choralarini qo’llab-quvvatlaymiz.
Biz foydalanadigan ba’zi chora-tadbirlarga: tarmoqlararo himoya vositalari, ma’lumotlarni shifrlash, bizning ma’lumotlarni ishlov berish markazlarimizga jismoniy kirishni nazorat qilish va ma’lumotlardan foydalanishni nazorat qilish kiradi. Faqat ro’yhatga olingan xodimlargina, o’z ish vaqtida shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega.
Biz bolalarning shaxsga doir ma’lumotlariga qanday munosabatda bo’lamiz
Biz ongli ravishda 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig’maymiz yoki saqlamaymiz.
Veb-sayt va bizning xizmatlarimiz 18 yoshgacha bo’lgan shaxslar tomonidan foydalanish uchun mo’ljallanmagan. Agar siz 18 yoshga to’lmagan bo’lsangiz, iltimos, Veb-saytdan foydalanmang yoki kira olish huquqini olmang yoki bizning xizmatlarimizdan foydalanmang.
Agar Siz: farzandingiz Veb-saytga kira olishga erishgan yoki shaxsga doir ma’lumotlarini boshqacha tarzda taqdim etgan deb hisoblasangiz, batafsil ma’lumotni uz.uklon1@uklon.eu elektron pochta manziliga yuborish orqali darhol biz bilan bog’lanishingizni tavsiya qilamiz, biz esa bunday ma’lumotlarni o’chirib yuborish uchun qo’limizdan kelganini qilamiz.
Kuki fayllar
Kuki fayli-bu sizning kompyuter yoki mobil qurilmangizdagi brauzerga yuboriladigan kichik ma’lumotlar bo’lagi. Kuki fayllar turli maqsadlarda ishlatiladi. Ular Veb-saytning turli sahifalarida sizning aynan bir foydalanuvchi sifatida tan olinishingizga yordam beradi.
Kuki fayllar odatda shaxsni aniqlaydigan hech qanday ma’lumotni o’z ichiga olmaydi, lekin biz siz haqingizda saqlaydigan shaxsga doir ma’lumotlar: Kuki-fayllarda saqlangan va ulardan olingan ma’lumotlar, masalan, IP-manzil, qurilma identifikatori, mamlakat yoki mintaqa, bosish tarixi kabilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Kuki-fayllarni yaxshiroq tushunish va ongli ravishda tanlash uchun www.aboutcookies.org yoki www.allaboutcookies.org manzillar orqali tegishli brauzerlarning kuki-fayllari bo’yicha ma’lumotnoma bilan tanishishni yoki tashrif buyurishni tavsiya etamiz.
Sizning saytdan ma’lum maqsadlar uchun, ya’ni autentifikatsiya qilish, sozlamalarni eslab qolish, statistik ma’lumotlarni to’plash, shaxsga doirlashtirish va quyida keltirilgan boshqa maqsadlar uchun foydalnishingizga bog’liq holda biz kuki-fayllar, veb – mayoqlar, teglar, skriptlar, HTML5 kabi mahalliy umumiy ob’ektlar hamda (jumladan, Apple’s IDFA yoki Google’s Advertising ID kabi mobil identifikatorlar) reklama identifikatorlari va shunga o’xshash texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin (keyingi o’rinlarda “Kuki” deb ataladi).
Veb-saytga kirayotganingizda, sizga bu haqda kuki fayllar bor tegishli banner orqali xabar beriladi.
Har qanday Veb-sayt foydalanuvchisi o’z qurilmasidagi brauzer sozlamalari yordamida boshqarish imkoniyati bilan Kuki-fayllarning bir qismini yoki barchasini qabul qilish yoki rad etish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Brauzerlar odatda Kuki-fayllarni qabul qilishdan voz kechish va o’chirish imkonni beradi.
E’tibor bering, agar kuki fayllar sozlamalari o’chirilgan bo’lsa, siz Veb-saytning ma’lum xususiyatlaridan foydalanishda ba’zi qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin.
Ma’lumotlar sub’ektlarining huquqlari
Biz Sizga: shaxsga doir ma’lumotlaringizni va Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan boshqa huquqlaringizni himoya qilish huquqini amalga oshirishingizni kafolatlaymiz. Xususan, shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti sifatida siz quyidagi huquqlarga egasiz:
– o’z shaxsga doir ma’lumotlaringizning to’plash manbalari, ularning joylashuvi, ularga ishlov berish maqsadi uchun asoslar, operator yoki shaxsga doir ma’lumotlar egasining joylashuvi yoki yashash joyi (joylashuvi), shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berishning qo’llaniladigan usullari, ishlov berilgan shaxsga doir ma’lumotlarning tarkibi, shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari haqida bilish;
– shaxsga doir ma’lumotlarga kira olishni ta’minlash shartlari to’g’risidagi ma’lumot, xususan, Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringiz uzatiladigan uchinchi shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar, shaxsga doir ma’lumotlarning amalga oshirilgan yoki mo’ljallanayotgan chegaralar osha uzatilishi to’g’risida ma’lumot olish;
– shaxsga doir ma’lumotlaringizga kira olish;
– so’rov kelib tushgan kundan boshlab o’ttiz kalendar kundan kechiktirmay olish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringiz ishlov berilganmi yoki yo’qmi, shuningdek, bunday shaxsga doir ma’lumotlar tarkibi bilan tanishish;
– shaxsga doir ma’lumotlar egasiga, o’zining shaxsga doir ma’lumotlarini ishlov berilishiga e’tiroz bildirgan holda asosli talab taqdim etish;
– har qanday operator va shaxsga doir ma’lumotlar egasidan, agar shaxsga doir ma’lumotlar noqonuniy ishlov berishga yoki noto’g’ri bo’lsa; bu ma’lumotlarni o’zgartirish yoki yo’q qilish uchun asosli talabni taqdim etish,
– shaxsga doir ma’lumotlarini qasddan yashirish, taqdim etmaslik yoki o’z vaqtida taqdim etmaslik munosabati bilan noqonuniy ishlov berish va tasodifiy yo’qolishi, yo’q qilinishi, shikastlanishdan himoya qilish, shuningdek, jismoniy shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obro’siga putur yetkazadigan ma’lumotlarni taqdim etishdan himoya qilish;
– vakolatli davlat idorasi yoki sudga shaxsga doir shikoyatlarini ko’rib chiqish to’g’risida shikoyat qilish;
– shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda himoya vositalarini qo’llash;
– shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berishga rozilikni bekor qilish.
Iltimos, shunga e’tibor qaratinki, biz bilan bog’langaningizda, siz identifikatsiya jarayonidan o’tishingiz va o’zingizning aniq talablaringizni topshirishingiz kerak, shunda biz sizning so’rovingizni ko’rib chiqishimiz va javobni qonuniy ravishda taqdim etishimiz mumkin. Agar biz sizni xabarlar orqali aniqlay olmasak yoki sizning shaxsingizga nisbatan asosli shubhalar mavjud bo’lsa, sizdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingizni so’rashimiz mumkin. Faqat shu tarzda biz sizning ma’lumotlaringizni: o’zini siz deb tanishtirishi mumkin bo’lgan shaxsga oshkor qilinishini oldini olihishimiz mumkin, ya’ni identifikatsiya qilish jarayoni sizning manfaatingizda amalga oshiriladi. Tekshirish uchun to’plangan har qanday qo’shimcha ma’lumotlar faqat shaxsni tasdiqlash uchun ishlatiladi.
Biz so’rovlarni iloji boricha tezroq ko’rib chiqamiz, ammo to’liq va qonuniy javob berish bir oygacha yoki undan ham ko’proq davom etishi mumkin bo’lgan murakkab jarayon ekanligini esda tuting. Javobni tayyorlash uchun ko’proq vaqt kerak bo’lsa, sizga xabar beramiz.
Ma’lumotlarni ishlov berishga roziligingizni qanday bekor qilishingiz mumkin
Agar biz shaxsga doir ma’lumotlaringizni Sizning roziligingiz asosida ishlov berilayotgan bo’lsak, siz uz.uklon1@uklon.eu elektron pochta manziliga tegishli bildirishnoma yuborish orqali, ushbu ma’lumotlarning barchasini yoki bir qismini ishlov berilishi bo’yicha roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin.
Iltimos, so’rovingiz ishlov berilishi va sizga javob berilishini tezlashtirish uchun xabaringiz mavzusini “Ma’lumotlarni ishlov berishga rozilikni rad etish” deb kiriting.
Shu bilan birga, shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish uchun rozilikni bekor qilish faqat shaxsga doir ma’lumotlarni kelgusida ishlov berishga nisbatan mumkin bo’ladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish jarayonida o’tmishda amalga oshirilgan qarorlar va jarayonlar bekor qilinishi mumkin emas.
Shu bilan birga, agar ushbu ma’lumotlar huquqiy maqsadlarga erishish, shartnoma shartlarini bajarish yoki firibgarlikning oldini olish maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lsa va/yoki ushbu shaxsga doir ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo’lsa, shaxsga doir ma’lumotlarning ma’lum bir qismini o’chirib yobormaslik huquqiga egamiz. Bu haqda sizga javobda xabar beramiz.
Biz bilan qanday bog’lanish mumkin
Ushbu Siyosat yoki shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish bo’yicha qonuniy huquqlaringizni amalga oshirish bo’yicha barcha savollar, sharhlar, so’rovlarni uz.uklon1@uklon.eu elektron pochta manziliga yuborishingizni so’raymiz.
Tahrir 2024 yil 12 iyun sanadan amal qiladi.