Ushbu rasmiy qoidalar (keyingi o‘rinlarda — “Qoidalar”) bilan “Hambi SMART obunasini xarid qilishda safarlarga chegirma” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda — “Aksiya”) o‘tkazish tartibi va shartlari belgilanadi. Aksiyada ishtirok etish bepul. Aksiya qimor o’yini, lotereya yoki qimor biznesi xizmati hisoblanmaydi va uni hech qanday qimor o’yinlari shaklida ishlatish mumkin emas. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchi tomonidan Qoidalarning barcha shartlari va unga kiritilayotgan har qanday o’zgartirishlarni to’liq va shubhasiz qabul qilinishini anglatadi.
1. USHBU QOIDALARDA QO‘LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI
1.1. Aksiya — onlayn “Uklon” servisiga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, iste’molchi talabini oshirish va yangi foydalanuvchilarni jalb etishga qaratilgan reklama-promoaktsiya. Aksiyaning maqsadi Tashkilotchi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shuningdek UKLON savdo belgisini (TM) targ‘ib qilish va reklama qilishdan iborat.
1.2. Veb-sayt — www.uz.uklon.eu Internet manzilidagi veb-sahifa hisoblanadi.
1.3. Mukofot — Foydalanuvchi tomonidan Uklon mobil ilovasi orqali buyurtma qilingan safarga taqdim etiladigan chegirma (promokod) bo‘lib, amaldagi Hambi obunasi mavjud bo‘lganda beriladi. Hambi SMART obunasi bo‘yicha chegirma miqdori safar qiymatining 25% gacha, biroq bitta safar uchun 6 000 (olti ming) so‘mdan oshmagan miqdorda bo‘ladi. Chegirma Aksiya hamkori tomonidan yuboriladigan va Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda kiritilishi lozim bo‘lgan promokod orqali taqdim etiladi.
1.4. Kompaniya / Tashkilotchi — “UKLON UB” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona, STIR 310448243, manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, P. Mahmud ko‘chasi, 26-uy.
1.5. Uklon mobil ilovasi va/yoki Mobil ilova — “Uklon” nomli iOS va Android elektron qurilmalari uchun mo‘ljallangan mobil ilova ko‘rinishidagi EHM dasturining nusxasi bo‘lib, u Foydalanuvchiga “Uklon” Onlayn-servisiga kirish vositasi sifatida taqdim etiladi.
1.6. Hambi mobil ilovasi — Aksiya hamkori tomonidan boshqariladigan mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minot bo‘lib, uning orqali foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tadi, Hambi obunasini sotib oladi, shuningdek Aksiya doirasida bildirishnomalar va promokodlarni oladi.
1.7. “Uklon” onlayn xizmati (keyingi o’rinlarda – “Onlayn xizmat”) — Mobil ilova hamda o‘zaro bog‘langan elektron hisoblash mashinalari uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuasi va raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar va ularning kombinatsiyalari (jumladan grafik axborot, videoaxborot va h.k.) ko‘rinishidagi elektron ma’lumotlardan iborat texnologik platforma bo‘lib, u Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar va Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmat takliflari haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish, yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish, shuningdek, talab va taklif nisbatini, ob-havo sharoitlarini, yo‘nalishni, yuklama darajasini va boshqa omillarni inobatga olgan holda Buyurtma qiymatini avtomatik hisoblab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Onlayn-xizmat avtomatik tarzda yo‘nalishlarni tuzadi hamda Foydalanuvchi va Hamkor o‘rtasidagi aloqa uchun zarur bo‘lgan ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. Onlayn-xizmat Foydalanuvchiga o‘zining Buyurtma bajarilishi ehtimoliga doir mezonlariga muvofiq avtomatik ravishda shakllantirilgan Hamkorlar takliflarini izlash va ular bilan tanishish imkonini beradi, Foydalanuvchiga tegishli Buyurtmalar va Hamkor takliflarini o‘z xohishiga ko‘ra joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish, o‘zining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, Xizmatlar tavsiya etilgan qiymatini o‘zgartirish, Onlayn-xizmat va Hamkorlarga baho berish va ular bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, dastur tomonidan qurilgan yo‘nalishlardan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi — bularning barchasi Onlayn-xizmatning foydalanish uchun taqdim etilgan funksional imkoniyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Onlayn-xizmat “Uklon” Mobil Ilovasi doirasida grafik, matnli, video va boshqa turdagi reklama materiallarini joylashtirish va namoyish etish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunday materiallarning ko‘rsatilishi Foydalanuvchining xulq-atvoriga oid belgilar va/yoki uning Onlayn-xizmat bilan o‘zaro aloqasi xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshirilishi mumkin. Onlayn-xizmat kompyuter dasturlash natijasi hisoblanadi va dasturiy mahsulot turiga kiradi.
1.8. Aksiya hamkori va/yoki Hambi — Hambi mobil ilovasining operatori bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lib, Aksiya doirasida obunalarni sotishni hamda Foydalanuvchilarga push-bildirishnomalar va/yoki SMS-xabarlar orqali promokodlar yuborishni amalga oshiradi.
1.9. Hamkor — Kompaniya bilan shartnomaviy munosabatlarda bo‘lgan uchinchi shaxs (yuridik shaxs yoki o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs) bo‘lib, Mobil ilova orqali foydalanuvchiga yengil avtotransport vositasi bilan yo‘lovchilarni tashish, yengil avtotransport vositasi bilan kichik hajmli yuklarni tashish yoki vaqti-vaqti bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi va/yoki taklif etadi.
1.10. Foydalanuvchi — Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs.
1.11. Obuna — Foydalanuvchi tomonidan Hambi mobil ilovasida sotib olinadigan pullik Hambi SMART obunasi bo‘lib, uning amal qilish muddati davomida ushbu Qoidalarga muvofiq va ular bilan belgilangan tartibda Aksiya doirasida Mukofotlarni olish huquqini taqdim etadi.
1.12. Aksiyani o‘tkazish muddati va/yoki Aksiya o‘tkazish davri — Aksiya o‘tkaziladigan vaqt oralig‘i bo‘lib, 2026-yil 1-fevral soat 00:00 dan 2026-yil 31-mayga qadar (shu kunni ham qo‘shgan holda) amal qiladi (Toshkent vaqti, GMT+5).
1.13. Aksiya o‘tkaziladigan hudud — Aksiya shartlari amal qiladigan hudud. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri hududida Onlayn-servis Foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
1.14. Aksiya ishtirokchisi — Aksiyada ishtirok etish vaqtida kamida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) bo‘lib, Aksiyada ishtirok etish uchun zarur shartlarni bajargan shaxs. Tashkilotchining xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlari (birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlar) Aksiya ishtirokchisi hisoblanmaydi va ishtirok eta olmaydi. Tashkilotchi mazkur Qoidalarni Ishtirokchi tomonidan halol bajarayotganligiga shubha tug‘ilganda yoki ularni qasddan buzish holati aniqlanganda, bunday Ishtirokchini Aksiyadan chetlashtirish huquqiga ega.
2. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA MUKOFOTNI OLISH TARTIBI
2.1. 1.14- band talablariga javob beradigan shaxs Aksiya Ishtirokchisi deb hisoblanada va quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:
2.1.1. Ushbu Qoidalar hamda O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga rioya qilish;
2.1.2. Aksiyada ishtirok etishning qonuniyligiga shubha tug‘diruvchi har qanday harakatlarni sodir etmaslik.
2.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Aksiya o‘tkazish muddati davomida quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
- Uklon mobil ilovasida yangi Foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish yoki amaldagi Foydalanuvchi bo‘lish;
- Uklon mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tilgan xuddi shu telefon raqami orqali Hambi mobil ilovasida yangi Foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish yoki amaldagi Foydalanuvchi bo‘lish;
- Hambi mobil ilovasida Obunani sotib olish. Aksiyada ishtirok etish uchun asos — Foydalanuvchi tomonidan Aksiya o‘tkazish davrida Obunaning kamida bir hisob-kitob oyi uchun to‘lov amalga oshirilganligi hisoblanadi.
- Agar muayyan oy uchun Obuna to‘lovi amalga oshirilmagan bo‘lsa, ushbu oy uchun Foydalanuvchiga Mukofot taqdim etilmaydi.
2.3. Obunani bir martalik sotib olish orqali va keyingi oylarda uni qayta to‘lash orqali ham Aksiyada ishtirok etish mumkin. Foydalanuvchining Aksiyada ishtirok etish oylarining soni Obuna uchun to‘langan oylar soniga bog‘liq bo‘lib, Aksiya o‘tkazish muddati bilan cheklanadi.
2.4. Foydalanuvchilarga Mukofotlar Aksiya hamkori tomonidan quyidagi usullar orqali taqdim etiladi:
- Hambi mobil ilovasidagi push-bildirishnomalar orqali;
- va/yoki Hambi mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Foydalanuvchi telefon raqamiga SMS-xabarlar orqali.
2.5. Mukofotlar avtomatik tarzda qo‘llanilmaydi. Chegirmadan foydalanish uchun Foydalanuvchi olingan promokodni mustaqil ravishda nusxalab, Uklon mobil ilovasidagi “Safarlarga chegirmalar” bo‘limiga qo‘lda kiritadi.
2.6. Obunaning har bir to‘langan oyi uchun Foydalanuvchiga 3 (uch) ta Mukofot taqdim etiladi. Har bir promokoddan (Mukofotdan) foydalanish muddati Uklon mobil ilovasida ko‘rsatiladi.
2.7. Har bir Mukofot faqat bir martalik foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, naqd pulga almashtirilmaydi, sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas hamda faqat ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda va shartlar asosida qo‘llanilishi mumkin.
2.8. Bitta safarni rasmiylashtirish chog‘ida bir vaqtning o‘zida bir nechta Mukofotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.9. Tashkilotchi:
- Obunalarni sotishni amalga oshirmaydi;
- promokodlarni shakllantiradi va ularni Aksiya hamkoriga taqdim etadi;
- Uklon mobil ilovasida promokodlardan foydalanish uchun texnik imkoniyatni ta’minlaydi.
2.10. Obunaning amal qilishi to‘xtatilgan taqdirda:
- keyingi oylar uchun promokodlar Foydalanuvchiga taqdim etilmaydi;
- avval olingan va foydalanilmagan promokodlar o‘z amal qilish muddati doirasida foydalanish imkoniyatini saqlab qoladi.
2.11. Ushbu Qoidalarning barcha shartlariga qat’iy rioya etish Ishtirokchi tomonidan Promokodni olishning majburiy sharti hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish Qoidalarining istalgan shartini bajarmaslik tegishli Ishtirokchini Promokodni olish huquqidan mahrum etadi. Ishtirokchi Promokodni olishdan yoki undan foydalanishdan voz kechish huquqiga ega.
2.14. Qoidalar buzilgan taqdirda, Tashkilotchi Aksiyada ishtirok etishni rad etish huquqiga ega.
2.15. Tashkilotchi Aksiya shartlarini, o‘tkazish hududini va muddatlarini Aksiya Veb-saytida Qoidalarning yangilangan tahririni joylashtirish (e’lon qilish) orqali o‘zgartirish huquqiga ega. Ushbu o‘zgartirishlar, agar Qoidalarning o‘zida boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, Veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
2.16. Promokodlardan foydalanishning batafsil shartlari quyidagi havola orqali Veb-saytda joylashtirilgan:https://uz.uklon.eu/ru/stocks/pravyla_poluchenyia_y_yspolzovanyia_promokodov_polzovateliamy_onlayn_servysa_uklon_ru/
3. UMUMIY SHARTLAR
3.1. Tashkilotchi va Aksiya hamkori aloqa operatorlari va internet-provayderlar xizmatlari sifatiga, jumladan, lekin buning bilan cheklanmagan holda, Aksiya o‘tkazilishi davomida aloqa kanallaridan foydalanish chog‘ida ma’lumotlar uzatish bilan bog‘liq texnik muammolarga, aloqa operatorlarining ishlashiga, shuningdek aloqa operatorlari va/yoki internet-provayderlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan har qanday xatolarga javobgar bo‘lmaydi, buning natijasida Aksiya ishtirokchisi Promokod olish huquqi haqida xabardor qilinmagan yoki kechikib xabardor qilingan bo‘lsa.
3.2. Tashkilotchi va Aksiya hamkori Promokodni olish huquqi bilan bog‘liq har qanday nizolar yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Bunday nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va ushbu qaror ustidan shikoyat qilinmaydi.
3.3. Agar Aksiya ishtirokchisi Promokodni olish imkoniyatidan foydalanmagan bo‘lsa yoki Tashkilotchining aybisiz Ishtirokchi Promokoddan foydalana olmagan bo‘lsa, Tashkilotchi va Aksiya hamkori javobgar bo‘lmaydi.
3.4. Tashkilotchi va Aksiya hamkori ushbu Qoidalar buzilganligi va/yoki Promokod taqdim etilmaganligi hamda/yoki taqdim etilgan Promokoddan foydalanish imkoni bo‘lmaganligi uchun, agar bu holatlar fors-major (yengib bo‘lmas kuch) holatlari, xususan, tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, blokadalar, Aksiya o‘tkaziladigan hududda amal qiluvchi qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar yoki Tashkilotchi nazoratidan tashqaridagi boshqa holatlar natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.
3.5. Promokodni olish faqat Promokodni olish huquqiga ega bo‘lgan Aksiya ishtirokchilari uchun ruxsat etiladi.
3.6. Tashkilotchi Aksiyani o‘tkazish mexanizmi va shartlarini o‘zgartirmagan holda, tegishli ma’lumotni e’lon qilish yo‘li bilan Aksiya o‘tkazish muddatini uzaytirish huquqiga ega.
3.7. Aksiyada ishtirok etish maqsadida Ishtirokchi tomonidan internet tarmog‘i va/yoki mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar Ishtirokchi tomonidan mustaqil ravishda va o‘z hisobidan to‘lanadi hamda ushbu xizmatlar provayderining tarif rejasiga muvofiq standart qiymat asosida amalga oshiriladi.
3.8. Tashkilotchi, shuningdek u tomonidan jalb qilingan uchinchi shaxslar internet tarmog‘i va/yoki mobil aloqa ishlashidagi har qanday texnik uzilishlar, shuningdek Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan boshqa texnik nosozliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.
3.9. Tashkilotchi Aksiyani to‘liq yoki qisman o‘tkazish uchun uchinchi shaxslarni jalb etish huquqiga ega.
3.10. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Shu bilan birga, ushbu Qoidalar bir nechta talqinga yo‘l qo‘yadigan holatlarda hamda Qoidalarda tartibga solinmagan nizoli masalalar yuzaga kelganda, yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha Tashkilotchining qarorlari yakuniy hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi. Ushbu Qoidalardagi atamalar faqat mazkur Aksiyaga nisbatan qo‘llaniladi.
3.11. Ishtirokchilarni ushbu Qoidalar bilan tanishtirish Aksiya Veb-saytida Qoidalarni joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha axborot turli reklama materiallarini joylashtirish orqali yetkazilishi mumkin, jumladan: Qoidalarni radio orqali e’lon qilish, internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish, bosma reklama materiallarida, tashqi reklama vositalarida, Onlayn-servis foydalanuvchilariga elektron pochta orqali yuborish, Mobil ilovadagi Push- va TCP-xabarlar, Viber yoki SMS-xabarlar orqali hamda boshqa internet-media vositalari yordamida.
3.12. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi hamda Aksiya Qoidalarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3.13. Ushbu Qoidalarga o‘zgartishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
3.14. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalar bo‘yicha Tashkilotchi va Aksiya ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
3.15. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.
Ushbu tahrir 2026-yil 1-fevraldan boshlab kuchga kiradi.