Ushbu rasmiy qoidalar (keyingi o’rinlarda – Qoidalar) bilan “Salom bonus dasturi” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda — Aksiya) o’tkazish tartibi va shartlari belgilanadi. Aksiyada ishtirok etish bepul. Aksiya qimor o’yini, lotereya yoki qimor biznesi xizmati hisoblanmaydi va uni hech qanday qimor o’yinlari shaklida ishlatish mumkin emas. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchi tomonidan Qoidalarning barcha shartlari va unga kiritilayotgan har qanday o’zgartirishlarni to’liq va shubhasiz qabul qilinishini anglatadi.
1. USHBU QOIDALARDA QO’LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI
1.1. Aksiya – “Salom bonus dasturi” marketing rag‘batlantiruvchi aksiyasi bo‘lib, u “Uklon” onlayn-servisiga yangi Hamkorlarni jalb qilishga, shuningdek, ularning dastlabki faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan. Aksiyaning maqsadi Tashkilotchi tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarni hamda UKLON savdo belgisini (TM) targ‘ib qilish va reklama qilishdan iborat. Aksiya “Uklon Driver” sodiqlik dasturi doirasidagi vaqtinchalik bonus dasturi hisoblanadi va agar boshqa aksiyalar shartlarida bevosita boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, Ishtirokchilarni Tashkilotchining boshqa aksiyalari va bonus dasturlarida bir vaqtda ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
1.2. Buyurtma – Foydalanuvchini yengil transport vositasida yo’lovchi tashish, yengil transport vositasida kichik hajmdagi yuklarni tashish yoki vaqti-vaqti bilan Mobil ilova orqali foydalanish mumkin bo’lgan boshqa xizmatlar uchun zarur rekvizitlar bo’yicha tuzilgan xizmatlarni olish uchun so’rov.
1.3. Foydalanuvchi – Mobil ilovada ro’yxatdan o’tish paytida 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan har qanday ishga layoqatli jismoniy shaxs.
1.4. Veb-sayt – www.uz.uklon.eu Internet manzilidagi veb-sahifa hisoblanadi.
1.6. Kompaniya / Tashkilotchi – “UKLON UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona bo’lib, STIR 310448243, joylashgan joyi: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, P. Mahmud ko‘chasi, 26-uy.
1.7. Mukofot — Tashkilotchi tomonidan “Salom bonus dasturi” aksiyasi doirasida Aksiya g‘olibiga taqdim etiladigan bonus bo‘lib, uning miqdori ushbu Qoidalarga muvofiq belgilanadi va Aksiya shartlari doirasida Ishtirokchi tomonidan bajarilgan yakunlangan buyurtmalar umumiy soniga bog‘liq bo‘ladi.
1.8. Aksiya o’tkazish muddati va/yoki Aksiya o’tkazish davri – 2025 yil 21 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan 2026 yil 28 fevral soat 23:59 ga qadar (GMT+5) bo’lgan vaqt oralig’i (vaqt davri).
1.9. Aksiya o’tkaziladigan hudud – Aksiya shartlari amal qiladigan hudud. Aksiya Toshkent shahri, O’zbekiston hududida o’tkaziladi.
1.10. Ishtirokchi – 18 yoshga to’lgan va Aksiyadaqatnashish uchun zarur bo’lgan barcha shartlarni bajargan ishga layoqatli jismoniy shaxs (O’zbekiston fuqarosi, xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs). Tashkilot xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari (birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlar) ishtirokchi deb hisoblanmaydi va bo’la olmaydi. Agarda qaysidir Ishtirokchi ushbu Qoidalarni vijdonan bajarmagani yoki ularni ataylab buzgani aniqlansa, Tashkilot ushbu Ishtirokchini chetlashtirish huquqiga ega.
1.11. “Uklon Driver” mobil ilovasi — iOS va Android elektron qurilmalari uchun mo‘ljallangan “Uklon Driver” nomli mobil ilova ko‘rinishidagi EHM dasturi nusxasi bo‘lib, foydalanuvchilarga Onlayn-servisga kirish vositasi sifatida taqdim etiladi.
1.12. Uklon mobil ilovasi va/yoki Mobil ilova – “Uklon” nomli iOS va Android elektron qurilmalari uchun mo‘ljallangan mobil ilova ko‘rinishidagi EHM dasturining nusxasi bo‘lib, u Foydalanuvchiga “Uklon” Onlayn-servisiga kirish vositasi sifatida taqdim etiladi.
1.13. “Uklon” onlayn xizmati (keyingi o’rinlarda – “Onlayn xizmat”) — Mobil ilova hamda o‘zaro bog‘langan elektron hisoblash mashinalari uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuasi va raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar va ularning kombinatsiyalari (jumladan grafik axborot, videoaxborot va h.k.) ko‘rinishidagi elektron ma’lumotlardan iborat texnologik platforma bo‘lib, u Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar va Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmat takliflari haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish, yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish, shuningdek, talab va taklif nisbatini, ob-havo sharoitlarini, yo‘nalishni, yuklama darajasini va boshqa omillarni inobatga olgan holda Buyurtma qiymatini avtomatik hisoblab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Onlayn-xizmat avtomatik tarzda yo‘nalishlarni tuzadi hamda Foydalanuvchi va Hamkor o‘rtasidagi aloqa uchun zarur bo‘lgan ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. Onlayn-xizmat Foydalanuvchiga o‘zining Buyurtma bajarilishi ehtimoliga doir mezonlariga muvofiq avtomatik ravishda shakllantirilgan Hamkorlar takliflarini izlash va ular bilan tanishish imkonini beradi, Foydalanuvchiga tegishli Buyurtmalar va Hamkor takliflarini o‘z xohishiga ko‘ra joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish, o‘zining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, Xizmatlar tavsiya etilgan qiymatini o‘zgartirish, Onlayn-xizmat va Hamkorlarga baho berish va ular bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, dastur tomonidan qurilgan yo‘nalishlardan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi — bularning barchasi Onlayn-xizmatning foydalanish uchun taqdim etilgan funksional imkoniyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Onlayn-xizmat “Uklon” Mobil Ilovasi doirasida grafik, matnli, video va boshqa turdagi reklama materiallarini joylashtirish va namoyish etish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunday materiallarning ko‘rsatilishi Foydalanuvchining xulq-atvoriga oid belgilar va/yoki uning Onlayn-xizmat bilan o‘zaro aloqasi xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshirilishi mumkin. Onlayn-xizmat kompyuter dasturlash natijasi hisoblanadi va dasturiy mahsulot turiga kiradi.
2. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
2.1. 1.10. -band talablariga javob beradigan shaxs Aksiya Ishtirokchisi deb hisoblanada va quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:
2.1.1. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligining normalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya etilsin.
2.1.2. Ushbu Qoidalarga muvofiq talab qilinadigan to’liq, to’g’ri va ishonchli ma’lumotlarni ko’rsatish.
2.1.3. Ongli ravishda noqulaylik tug’dirmaslik va boshqa Aksiya Ishtirokchilariga to’sqinlik qilmaslik.
2.1.4. Bunday Ishtirokchining Aksiya ishtirok etishining qonuniyligini shubha ostiga qo’yadigan harakatlar qilmaslik.
2.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Aksiya amal qilish muddati davomida quyidagilarni bajarishi lozim:
A. “Uklon” onlayn-servisi tizimida yangi Hamkor sifatida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tishi va ulanib olishi;
B. “Uklon Driver” mobil ilovasidan halol va belgilangan maqsadda foydalanishi;
D. “Uklon Driver” sodiqlik dasturi ishtirokchisiga aylanishi;
E. Tashkilotchi tomonidan yangi Ishtirokchining ro‘yxatdan o‘tgani tasdiqlangan va unga Aksiyada ishtirok etishi hamda buyurtmalarni bajarish uchun 7 (yetti) kunlik muddat boshlanganligi haqida xabar berilgan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida kamida 5 (besh) yoki undan ortiq yakunlangan buyurtmalarni bajarishi lozim. Bajarilgan buyurtmalar soniga mos Mukofot miqdori Aksiya Qoidalarining 3.2-bandida ko‘rsatilgan.
2.3. Aksiya doirasida faqat Ishtirokchi tomonidan “Uklon Driver” mobil ilovasida qabul qilingan, buyurtmada ko‘rsatilgan manzilgacha bajarilgan va belgilangan tartibda yakunlangan buyurtmalar hisobga olinadi.
2.4. Aksiya doirasida “Uklon Driver” mobil ilovasida mavjud bo‘lgan buyurtmalarni qabul qilishning barcha usullari hisobga olinadi.
2.5. Ushbu Qoidalarning barcha shartlariga so‘zsiz rioya etish Mukofotni olishning majburiy sharti hisoblanadi. Qoidalarning istalgan sharti bajarilmagan taqdirda, tegishli Ishtirokchi Mukofotni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Ishtirokchi Mukofotni olish yoki undan foydalanishdan voz kechish huquqiga ega.
2.6. Tashkilotchi Aksiya shartlari, hududi va muddatlarini Aksiya Veb-saytida yangilangan Qoidalarni joylashtirish (e’lon qilish) orqali o‘zgartirish huquqiga ega. Bunday o‘zgartirishlar, agar Qoidalarning o‘zida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
3. MUKOFOT VA UNI TAQDIM ETISH TARTIBI
3.1. Mukofot Aksiya shartlarini to‘liq bajargan Aksiya g‘oliblariga Ishtirokchi buyurtmalarni bajarish uchun belgilangan 7 (yetti) kalendar kunlik muddat tugaganidan keyingi kalendar kuni bir martalik tarzda hisoblab beriladi.
3.2. Aksiya shartlari bajarilgan taqdirda, Tashkilotchi g‘olibga 7 kalendar kun ichida bajarilgan yakunlangan buyurtmalar soniga qarab quyidagi miqdorlarda Mukofot taqdim etadi:
| 7 kalendar kun ichida bajarilgan buyurtmalar soni | Mukofot miqdori |
| 5 ta buyurtma | 30 000 so‘m |
| 10 ta buyurtma | 70 000 so‘m |
| 15 ta buyurtma | 120 000 so‘m |
| 20 ta buyurtma | 180 000 so‘m |
| 30 ta buyurtma | 300 000 so‘m |
| 50 va undan ortiq buyurtma | 500 000 so‘m |
3.3 G‘olibga yuqoridagi jadvalga muvofiq eng yuqori erishilgan buyurtmalar soniga mos ravishda faqat bitta Mukofot to‘lanadi.
3.4. Agar Ishtirokchi tomonidan bajarilgan buyurtmalar soni jadvalda ko‘rsatilgan minimal chegaradan oshib, ammo keyingi bonus darajasiga yetmagan bo‘lsa, bunday buyurtmalar uchun qo‘shimcha Mukofot hisoblanmaydi.
3.5. Aksiya doirasidagi Mukofotlar jamg‘armasi Tashkilotchi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va faqat Aksiya g‘oliblariga Mukofot taqdim etish uchun ishlatiladi.
3.6. Mukofot faqat Aksiya g‘oliblariga taqdim etiladi va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. Tashkilotchi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra talab qilinmagan yoki taqdim etilmagan Mukofotlar bo‘yicha o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish huquqiga ega.
4. UMUMIY SHARTLAR
4.1. Tashkilotchi aloqa operatorlari va Internet provayderlari xizmatlarining sifati, jumladan, lekin shu bilan cheklanmay, Aksiya o‘tkazilishi davomida aloqa kanallaridan foydalanishda ma’lumotlarni uzatishdagi texnik muammolar, aloqa operatorlarining ishi, aloqa operatorlari va/yoki Internet provayderlarining har qanday xatolari natijasida Ishtirokchiga Mukofot olish huquqi haqida xabar berilmaganligi yoki o’z vaqtida xabar berilmaganligi uchun javobgar emas.
4.2. Tashkilotchi Mukofotni olish huquqi bilan bog’liq har qanday nizolar uchun javobgar emas. Qanday bo’lmasin, nizolar bo’yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyat qilinmaydi.
4.3. Agar Aksiya Ishtirokchisi Mukofotni qo’lga kiritish imkoniyatidan foydalanmagan bo’lsa yoki Ishtirokchi Mukofotni Tashkilotchi bilan bog’liq bo’lmagan holda ishlata olmasa, Tashkilotchi bunday holatlarda javobgar bo’lmaydi.
4.4. Tashkilotchi Qoidalarning buzilishi va/yoki Mukofot taqdim etilmasligi va/yoki taqdim etilgan Mukofotdan foydalanish imkoniyati bo‘lmasligi uchun, agar yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari, jumladan, tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, blokadalar, Aksiya o‘tkaziladigan hududda amal qiluvchi qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar hamda Tashkilotchining nazoratidan tashqaridagi boshqa holatlar yuzaga kelgan taqdirda, javobgar bo‘lmaydi.
4.5. Aksiyada ishtirok etish maqsadida Ishtirokchi tomonidan internet tarmog‘i va/yoki mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Ishtirokchi tomonidan mustaqil ravishda va o‘z hisobidan to‘lanadi hamda ushbu xizmatlar provayderining tarif rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
4.6. Tashkilotchi, shuningdek, u tomonidan jalb etilgan uchinchi shaxslar internet va/yoki mobil aloqa tarmog‘i faoliyatidagi har qanday texnik uzilishlar, shuningdek, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli yuzaga kelgan boshqa texnik nosozliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.7. Tashkilotchi Aksiyani to‘liq yoki qisman o‘tkazish uchun uchinchi shaxslarni jalb etish huquqiga ega.
4.8. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi. Ushbu Qoidalarni turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan holatlarda yoki Qoidalarda nizoli masalalar tartibga solinmagan taqdirda, yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha Tashkilotchi qarorlari yakuniy hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi. Ushbu Qoidalardagi atamalar faqat mazkur Aksiyaga nisbatan qo‘llaniladi.
4.9. Ishtirokchilarni Qoidalar bilan tanishtirish Aksiya Veb-saytida Qoidalarni joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar turli usullar orqali yetkazilishi mumkin, jumladan: radio, internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish, bosma reklama materiallari, tashqi reklama vositalari, Onlayn-servis foydalanuvchilariga email-xabarlar, “Uklon Driver” mobil ilovasida Push va TCP-xabarnomalar, Viber yoki SMS-xabarlar, shuningdek, boshqa internet-media vositalari orqali.
4.10. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi hamda Aksiya Qoidalarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
4.11. Ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirda mumkin bo‘ladi.
4.12. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalarda Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
4.13. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek, nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.
4.15. Ushbu Qoidalar Aksiya o‘tkazilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Tahririyat 21.11.2025 yildan amal qiladi.