Ushbu rasmiy qoidalar (keyingi o’rinlarda – Qoidalar) bilan “Sovrinli o’yinlar oyi” Sovrinli o’yinini (keyingi o’rinlarda – Sovrinli o’yin) o’tkazish tartibi va shartlari belgilanadi. Sovrinli o’yinda ishtirok etish bepul. Sovrinli o’yin qimor o’yini, lotereya yoki qimor biznesi xizmati hisoblanmaydi va uni hech qanday qimor o’yinlari shaklida ishlatish mumkin emas. Sovrinli o’yinda ishtirok etish ishtirokchi tomonidan Qoidalarning barcha shartlari va unga kiritilayotgan har qanday o’zgartirishlarni to’liq va shubhasiz qabul qilinishini anglatadi.
1. USHBU QOIDALARDA QO’LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI
1.1 Sovrinli o’yinining veb-sayti (keyingi o’rinlarda – Veb-sayt) – www.uz.uklon.eu Internet manzilidagi veb-sahifa hisoblanadi. Veb-sayt dasturiy mahsulotga taalluqli bo’lgan kompyuter dasturlashining natijasidir.
1.2. Buyurtma – Foydalanuvchini yengil transport vositasida yo’lovchi tashish, yengil transport vositasida kichik gabaritli yuklarni tashish yoki vaqti-vaqti bilan Mobil ilova orqali foydalanish mumkin bo’lgan boshqa xizmatlar uchun zarur rekvizitlar bo’yicha tuzilgan xizmatlarni olish uchun so’rov.
1.3. Kompaniya va/yoki Ijrochi va/yoki Tashkilot – “UKLON UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona bo’lib, STIR 310448243, joylashgan joyi: 100060, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko’chasi, 34-uy, 306-ofis.
1.4. Sovrinli o’yin – bu “Sovrinli o’yinlar oyi” sovrinli o’yini bo’lib, «Uklon» onlayn xizmatiga, xususan, yangi Hamkorlarning qiziqishini shakllantirish, brend to’g’risida xabardorlikni oshirish va yangi foydalanuvchilarni jalb qilishga qaratilgan. Shuningdek, mavjud Hamkorlarning faolligi va xayrixohligini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida o’tkaziladi. Sovrinli o’yinning maqsadi Tashkilot tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar va UKLON (TM) tovar belgisini targ’ib qilish va reklama qilishdir.
1.5. «Uklon Driver» mobil ilovasi (keyingi o’rinlarda – Mobil ilova) – bu «Uklon Driver» nomli iOS va Android elektron qurilmalari uchun mo’ljallangan kompyuter dasturining mobil ilova ko’rinishidagi nusxasi bo’lib, Hamkorlarga «Uklon» onlayn xizmatiga kirish uchun vosita sifatida taqdim etiladi.
1.6. «Uklon» Onlayn xizmati (keyingi o’rinlarda – Onlayn xizmat) – bu raqamli, harf, belgi, tasvir va ularning kombinasiyalari (jumladan, grafik ma’lumotlar, video ma’lumotlar va hokazo) ko’rinishidagi elektron ma’lumotlar va o’zaro bog’langan kompyuter dasturlari majmuidan iborat bo’lgan texnologik platforma bo’lib, u Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar va Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmatlarni taklif qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda nazorat qilish, yig’ish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish, talab va taklifning o’zaro munosabati, ob-havo sharoiti, marshrut, yukning og’irligi va boshqa omillarni hisobga olgan holda Buyurtmaning avtomatik hisob-kitobini amalga oshirish, marshrutlarni avtomatik ravishda tuzish va Foydalanuvchi bilan Hamkor o’rtasidagi aloqa uchun ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash, Foydalanuvchiga Hamkorlarning Buyurtmani bajarish bo’yicha takliflarini qidirish va ular bilan tanishish imkonini berish, Buyurtmalar va Hamkorlarning tegishli takliflarini Foydalanuvchi o’z ixtiyoriga ko’ra joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish, o’z joylashuvi to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, Xizmatlarning tavsiya etilgan qiymatini o’zgartirish, Onlayn xizmat va Hamkorlarga baho berish va ular bilan muloqot qilish, Onlayn xizmat tomonidan tuzilgan marshrutlardan Real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi. Onlayn xizmat kompyuter dasturlashining natijasi bo’lib, dasturiy mahsulotga taalluqlidir.
1.7. Hamkor – bu Kompaniya bilan shartnomaviy munosabatlarda bo’lib, Foydalanuvchiga yengil transport vositasida yo’lovchi tashish, yengil transport vositasida kichik gabaritli yuklarni tashish yoki vaqti-vaqti bilan «Uklon» Mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin bo’lgan boshqa xizmatlarni taqdim etuvchi va/yoki taklif qiluvchi uchinchi shaxs (yuridik shaxs yoki mustaqil jismoniy shaxs).
1.8. Foydalanuvchi – Mobil ilovada ro’yxatdan o’tish paytida 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan har qanday ishga layoqatli jismoniy shaxs.
1.9. Sovrinli o’yin o’tkazish muddati va/yoki Sovrinli o’yin davomiyligi va/yoki o’tkazish davri – 2024 yil 4 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan 2024 yil 30 noyabr soat 23:59 ga qadar (GMT+5) bo’lgan vaqt oralig’i (vaqt davri).
1.10. Sovrinli o’yin o’tkaziladigan hudud – Sovrinli o’yin shartlari amal qiladigan hudud. Sovrinli o’yin Toshkent shahri, O’zbekiston hududida o’tkaziladi.
1.11. Sovrinli o’yin ishtirokchisi – 18 yoshga to’lgan va Sovrinli o’yinda qatnashish uchun zarur bo’lgan barcha shartlarni bajargan ishga layoqatli jismoniy shaxs (O’zbekiston fuqarosi, xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs). Tashkilot xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari (birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlar) ishtirokchi deb hisoblanmaydi va bo’la olmaydi. Agarda qaysidir Ishtirokchi ushbu Qoidalarni vijdonan bajarmagani yoki ularni ataylab buzgani aniqlansa, Tashkilot ushbu Ishtirokchini chetlashtirish huquqiga ega.
2. SOVRINLI O’YINDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
2.1. 1.12-band talablariga javob beradigan shaxs Sovrinli o’yinning Ishtirokchisi deb hisoblanada va quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:
2.1.1. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligining normalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya etilsin.
2.1.2. Ushbu Qoidalarga muvofiq talab qilinadigan to’liq, to’g’ri va ishonchli ma’lumotlarni ko’rsatish.
2.1.3. Ongli ravishda noqulaylik tug’dirmaslik va boshqa Sovrinli o’yin Ishtirokchilariga to’sqinlik qilmaslik.
2.1.4. Bunday Ishtirokchining Sovrinli o’yinda ishtirok etishining qonuniyligini shubha ostiga qo’yadigan harakatlar qilmaslik.
2.2. Sovrinli o’yinda ishtirok etish uchun Ishtirokchi Sovrinli o’yin davomida quyidagilarni bajarishi lozim:
A. «Uklon Driver» Mobil ilovasining ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchisi bo’lishi;
B. quyidagi bir haftalik davrlarning birida:
– 04.11.2024 dan 10.11.2024 gacha yoki
– 11.11.2024 dan 17.11.2024 gacha yoki
– 18.11.2024 dan 24.11.2024 gacha yoki
– 25.11.2024 dan 30.11.2024 gacha
«Uklon Driver» mobil ilovasidan foydalangan holda «Uklon» onlayn xizmati orqali 150 (bir yuz ellik) va undan ortiq tugallangan safarlarni amalga oshirishi kerak. Tugallangan safer – bu Ishtirokchi «Uklon Driver» Mobil ilovasida qabul qilgan va buyurtmada ko’rsatilgan manzilga yetib borib, Foydalanuvchidan to’lovni olgan holda yakunlagan safar hisoblanadi.
2.3. Ushbu Qoidalarning barcha shartlariga qat’iy rioya qilish Ishtirokchi sovrinni olish uchun zarur shartdir. Qoidalarda nazarda tutilgan har qanday shartni bajarmaslik tegishli Ishtirokchini sovrinni olish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ishtirokchi sovrinni olish yoki undan foydalanishni rad etish huquqiga ega.
2.4. Tashkilotchi Sovrinli o’yin veb-saytida Qoidalarning yangilangan versiyasini joylashtirish (nashr etish) orqali Sovrinli o’yin shartlari, Hududi va Muddatlarini o’zgartirish huquqiga ega. Ushbu o’zgarishlar, agar Qoidalar bilan to’g’ridan-to’g’ri boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, Veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
3. SOVRINLAR VA SOVRINLI O’YIN G’OLIBLARINI E’LON QILISH
3.1. Sovrinli o’yin natijasida, ushbu Qoidalarning 2.2 (B) bandida ko’rsatilgan har bir haftalik davr tugaganidan keyingi 3 (uch) kun ichida, ya’ni 10.11.2024, 17.11.2024, 24.11.2024 va 30.11.2024 sanalaridan keyin, Tashkilotchi https://youtogift.com/ru/random tasodifiy sonlar generatori (randomayzer) yordamida sovrin yutgan Ishtirokchilarni tanlaydi. Har bir hafta oxirida g’oliblar quyidagi sovrinlarni yutadilar:
10.11.2024 sanasidan keyin – 10 nafar g’olib “Korzinka” do’konlar tarmog’idan xarid qilish uchun 1 mln so’mlik vaucher va “Uklon Driver” ilovasidan komissiyasiz 2 kun foydalanish imkoniyatini yutadi.
17.11.2024 sanasidan keyin – 10 nafar g’olib maishiy texnika xarid qilish uchun 1 mln so’mlik vaucher va “Uklon Driver” ilovasidan komissiyasiz 2 kun foydalanish imkoniyatini yutadi.
24.11.2024 sanasidan keyin – 5 nafar g’olib Samsung A55 smartfonini va yana 5 nafar g’olib 5 ta avtomobil antiradar qurilmasini yutadi, shuningdek, barcha 10 nafar g’olib “Uklon Driver” ilovasidan komissiyasiz 2 kun foydalanish imkoniyatini yutadi.
30.11.2024 sanasidan keyin – 20 nafar g’olib 500 ming so’mgacha bo’lgan yoqilg’i to’lash kartasini va “Uklon Driver” ilovasidan komissiyasiz 2 kun foydalanish imkoniyatini yutadi.
3.2. Bitta ishtirokchi Sovrinli o’yin doirasida faqat bitta sovrinni yutib olishi mumkin.
3.3. Sovrinli o’yin g’oliblari tegishli ravishda 10.11.2024, 17.11.2024, 24.11.2024 va 30.11.2024 sanalaridan keyingi 3 (uch) kun ichida Tashkilotchining Instagram ijtimoiy tarmog’i va Telegram messenjeridagi sahifalarida e’lon qilinadi.
3.4. Sovrinli o’yin sovrinlari jamg’armasi Tashkilotchining mablag’lari hisobidan tashkil etiladi va faqat Sovrinli o’yin g’oliblariga sovrinlarni taqdim etish uchun ishlatiladi.
3.5. Sovrin faqat g’oliblarga uchinchi shaxslarga berish huquqisiz beriladi. Tashkilotchi o’ziga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra talab qilinmagan yoki berilmagan sovrinlarni o’z xohishiga ko’ra foydalanish huquqiga ega.
3.6. G’olib sovrinni olish uchun Tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadigan sana va joyda shaxsan uchrashuvga kelishga rozi bo’ladi. Sovrinli o’yin g’olibi Tashkilotchi tomonidan bildirilgan muddatda g’olibning yoshi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi/fotosuratini taqdim etishi kerak.
3.7. Agar Sovrinli o’yin g’olibidan javob va so’ralgan ma’lumotlar kelmasa yoki u sovrinni olish uchun uchrashuvga kelmasa, Tashkilotchi ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda Ishtirokchilar orasidan boshqa g’olibni tanlash yoki talab qilinmagan sovrinni o’z xohishiga ko’ra tasarruf etish huquqiga ega.
3.8. Sovrinli o’yin g’oliblari sovrinni olish marosimida video, foto, audio va matn materiallarini hamda boshqa intellektual mulk ob’ektlarini tasvirga olishga rozi bo’ladilar va bunday intellektual mulk ob’ektlaridan Tashkilotchi, jumladan, reklama maqsadida foydalanishi mumkinligiga rozilik beradilar. Sovrinli o’yin g’oliblari bunday ob’ektlarni yaratishda ishtirok etganligi va ulardan keyinchalik foydalanilganligi uchun alohida haq to’lashni talab qilmaydilar va har bir shunday foydalanishga alohida rozilik bermaydilar.
4. UMUMIY SHARTLAR
4.1. Tashkilotchi aloqa operatorlari va Internet provayderlari xizmatlarining sifati, jumladan, lekin shu bilan cheklanmay, Sovrinli oyin davomida aloqa kanallaridan foydalanishda ma’lumotlarni uzatishdagi texnik muammolar, aloqa operatorlarining ishi, aloqa operatorlari va/yoki Internet provayderlarining har qanday xatolari natijasida Ishtirokchiga sovrin olish huquqi haqida xabar berilmaganligi yoki o’z vaqtida xabar berilmaganligi uchun javobgar emas.
4.2. Tashkilotchi sovrinni olish huquqi bilan bog’liq har qanday nizolar uchun javobgar emas. Qanday bo’lmasin, nizolar bo’yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror shikoyat qilinmaydi.
4.3. Agar Sovrinli o’yin Ishtirokchisi sovrinni qo’lga kiritish imkoniyatidan foydalanmagan bo’lsa yoki Ishtirokchi sovrinni Tashkilotchi bilan bog’liq bo’lmagan holda ishlata olmasa, Tashkilotchi javobgar bo’lmaydi.
4.4. Tashkilotchi qoidalar buzilishi va/yoki sovrinning berilmasligi va/yoki berilgan sovrindan foydalanish imkoniyatining yo’qolishi uchun, tabiiy ofatlar, yong’in, suv toshqini, har qanday xarakterdagi harbiy harakatlar, blokada, Sovrinli o’yin o’tkazilayotgan hududda amaldagi qonunchilikdagi jiddiy o’zgarishlar kabi oldini olish mumkin bo’lmagan (fors-major) holatlari yuzaga kelganda javobgar bo’lmaydi.
4.5. Sovrinni faqat sovrinni olish huquqiga ega bo’lgan Sovrinli o’yin Ishtirokchilari olishi mumkin. Sovrin olishdan oldin tuzilgan va unda sovrin yoki uni olish huquqi bitim predmeti, to’lov vositasi yoki garov sifatida ishtirok etadigan har qanday harakat, operasiya, bitim va kelishuvlarga yo’l qo’yilmaydi. Sovrinni, jumladan, pul ekvivalentiga yoki boshqa har qanday ne’matga almashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
4.6. Ishtirokchi tomonidan Sovrinli o’yinda ishtirok etish maqsadida amalga oshiriladigan Internet/mobil aloqadan foydalanish qiymati Ishtirokchi tomonidan o’z hisobidan mustaqil ravishda to’lanadi va ushbu xizmat provayderining tarif rejasiga muvofiq xizmatning standart narxiga mos keladi.
4.7. Tashkilotchi, shuningdek u tomonidan jalb qilingan uchinchi shaxslar, Internet/uyali aloqa tarmog’idagi har qanday texnik nosozliklar, shuningdek Tashkilotchiga bog’liq bo’lgan holatlar tufayli yuzaga kelgan boshqa texnik nosozliklar uchun javobgar emaslar.
4.8. Tashkilotchi Sovrinli o’yinni to’liq yoki qisman o’tkazish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.
4.9. Barcha Sovrinli o’yinga oid munosabatlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Shu bilan birga, ushbu Qoidalarni turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan holatlarda va Qoidalarda tartibga solinmagan bahsli masalalarda yakuniy qarorni Tashkilotchi qabul qiladi. Sovrinli o’yinni o’tkazish bilan bog’liq barcha masalalar bo’yicha Tashkilotchining qarorlari yakuniy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilishi mumkin emas. Ushbu Qoidalarda ishlatiladigan atamalar faqat ushbu Sovrinli o’yinga taalluqlidir.
4.10. Instagram, Facebook va Telegram tarmoqlari ushbu Sovrinli o’yin uchun javobgar emas. Sovrinli o’yin Instagram, Facebook va Telegram tomonidan homiylik qilinmaydi, tavsiya etilmaydi yoki boshqarilmaydi.
4.11. Ishtirokchilarni Qoidalar bilan tanishtirish Sovrinli o’yin veb-saytida Qoidalarni joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik paydo bo’lishi mumkin bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar turli xil reklama materiallarini joylashtirish orqali tarqatiladi: radioda, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish, bosma reklama materiallari, tashqi reklama vositalari, onlayn xizmat foydalanuvchilariga elektron pochta orqali xabar yuborish, mobil ilovadagi Push va TCP-xabarlar, Viber yoki SMS-xabarlar va boshqa Internet-medialar orqali..
4.12. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyatlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi hamda Sovrinli o’yin Qoidalarida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda aniqlanadi.
4.13. Ushbu Qoidalarga o’zgartirishlar va/yoki qo’shimchalar kiritish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan taqdirda yo’l qo’yiladi.
4.14 Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha hollarda Sovrinli o’yin Tashkilotchisi va Ishtirokchilari/G’oliblari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
4.15. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.
4.16. Ushbu Qoidalar Sovrinli o’yin muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Tahririyat 04.11.2024 yildan amal qiladi.