Ushbu rasmiy qoidalar (bundan keyin – Qoidalar deb yuritiladi) “VALENTINE’S DAY” yutuqli o‘yinini (bundan keyin – Yutuqli o‘yin deb yuritiladi) o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. O‘yinda ishtirok etish bepul. Yutuqli o‘yin qimor o‘yini, lotereya yoki qimor biznesi sohasidagi xizmat hisoblanmaydi, undan qimor o‘yinlarining har qanday shaklida foydalanish taqiqlanadi. Yutuqli o‘yinda ishtirok etish ishtirokchining Qoidalardagi barcha shartlar va ularga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlarni to‘liq va so‘zsiz qabul qilishini anglatadi.
1. MAZKUR QOIDALARDA QO‘LLANILADIGAN ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI
1.1 Yutuqli o‘yin veb-sayti (bundan keyin “Veb-sayt” deb yuritiladi) – Internetdagi www.uz.uklon.eu manzilidagi veb-sahifadir. Veb-sayt dasturiy mahsulot, ya’ni kompyuter dasturlash mahsuli hisoblanadi.
1.2. Buyurtma – foydalanuvchining yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni tashish, yengil avtotransport vositasida kichik hajmli yuklarni tashish yoki Mobil ilova orqali vaqti-vaqti bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlardan foydalanish uchun zaruriy rekvizitlar asosida tuzilgan so‘rovi.
1.3. Kompaniya va/yoki Tashkilotchi – “UKLON UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida tashkil etilgan chet el korxonasi, STIR 310448243, joylashuv manzili: 100060, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 34-uy, 306-xona.
1.4. Yutuqli o‘yin – “VALENTINE’S DAY” yutuqli o‘yini bo‘lib, u “Uklon” onlayn-xizmatiga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, iste’molchilar talabini uyg‘otish va yangi foydalanuvchilarni jalb etish, shuningdek mavjud foydalanuvchilarning faolligini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan. Yutuqli o‘yinning maqsadi Tashkilotchi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni hamda UKLON savdo belgisini (TM) targ‘ib qilish va reklama qilishdan iborat.
1.5. “Uklon” mobil ilovasi (bundan keyin – Mobil ilova deb yuritiladi) – iOS va Android elektron qurilmalari uchun mo‘ljallangan “Uklon” nomli kompyuter dasturining mobil ilova ko‘rinishidagi nusxasi bo‘lib, u Foydalanuvchiga “Uklon” onlayn xizmatidan foydalanish vositasi sifatida taqdim etiladi.
1.6. “Uklon” onlayn xizmati (bundan keyin – Onlayn xizmat deb yuritiladi) – Mobil ilova hamda raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar va ularning birikmalari (jumladan, grafik ma’lumotlar, videoma’lumotlar va hokazo) ko‘rinishidagi kompyuter dasturlari va elektron ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liq to‘plamidan iborat texnologik platforma bo‘lib, u Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar va Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha takliflar haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish, yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish uchun, Buyurtma qiymatini talab va taklif nisbati, ob-havo sharoiti, yo‘nalish, bandlik va boshqa omillarni hisobga olgan holda avtomatik hisoblash, avtomatik ravishda yo‘nalishlarni tuzish, Foydalanuvchining Hamkor bilan aloqasi uchun ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash, Foydalanuvchiga Buyurtmani bajarish imkoniyatiga oid talablarga muvofiq avtomatik tarzda shakllantirilgan Hamkorlar takliflarini qidirish va ko‘rib chiqish imkoniyatini berish, Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra tegishli Buyurtmalarni va Hamkorlarning takliflarini joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish, o‘z joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, Xizmatlarning tavsiya etilgan narxini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishi, Onlayn xizmat va hamkorlarga baho qo‘yish, ular bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, shuningdek, Onlayn xizmatning mavjud funksiyalari doirasida dastur tomonidan tuzilgan yo‘nalishlardan real vaqt rejimida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Onlayn-xizmat ham dasturiy mahsulot, ya’ni kompyuter dasturlash mahsuli hisoblanadi.
1.8. Hamkor – Kompaniya bilan shartnomaviy munosabatlarda bo‘lgan, yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni tashish, yengil avtotransport vositasida kichik hajmli yuklarni tashish yoki “Uklon” mobil ilovasi orqali vaqti-vaqti bilan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi va/yoki taklif qiluvchi uchinchi shaxs (yuridik yoki o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs).
1.9. Foydalanuvchi – Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish paytida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.
1.10. Yutuqli o‘yin o‘tkaziladigan muddat va/yoki Yutuqli o‘yinning davomiyligi va/yoki Yutuqli o‘yin o‘tkaziladigan davr – bu Yutuqli o‘yin o‘tkaziladigan vaqt oralig‘i bo‘lib, u 07.02.2025 (Toshkent vaqti bilan) soat 00:00 dan 13.02.2025 (shu kun ham kiritilgan) soat 23:59 gacha davom etadi. (GMT+5).
1.11. Yutuqli o‘yin o‘tkaziladigan hudud – o‘yin shartlari amal qiladigan hududdir. Mazkur o‘yin O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahri hududida o‘tkaziladi.
1.12. Yutuqli o‘yin ishtirokchisi – bu yutuqli o‘yinda ishtirok etish paytida kamida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan va yutuqli o‘yinda qatnashish uchun zarur shartlarni bajargan muomalaga layoqatli jismoniy (O‘zbekiston fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan) shaxs. Tashkilotchining xodimlari va ularning qarindoshlari (birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlar) ishtirokchi sifatida tan olinmaydi va ishtirok eta olmaydi. Tashkilotchi, ishtirokchining ushbu Qoidalarni vijdonan bajarishiga shubha tug‘ilishi yoki ularni ataylab buzganligi aniqlanishi holatida har qanday ishtirokchini chetlashtirish huquqiga ega.
2. YUTUQLI O‘YINDA QATNASHISH SHARTLARI
2.1. 1.12-band talablariga javob beradigan va quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan shaxs Yutuqli o‘yin ishtirokchisi hisoblanadi:
2.1.1. Ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari normalari talablariga rioya qilish.
2.1.2. Ushbu Qoidalarga binoan talab etiladigan to‘liq, aniq va ishonchli ma’lumotlarni ko‘rsatish.
2.1.3. Yutuqli o‘yinning boshqa ishtirokchilariga ongli ravishda noqulaylik tug‘dirmaslik yoki xalaqit bermaslik.
2.1.4. O‘zining Yutuqli o‘yinda ishtirok etishi to‘g‘riligiga shubha tug‘diradigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik.
2.2. Yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun Ishtirokchi Yutuqli o‘yinni o‘tkazish muddati davomida quyidagilarni bajarishi zarur:
A. “Uklon” mobil ilovasining ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchisi bo‘lishi;
B. “Uklon” onlayn-xizmati orqali 1 (bir) kilometrdan kam bo‘lmagan masofada kamida 5 (besh) ta tugallangan safarni amalga oshirish. Tugallangan safar deb, ishtirokchi “Uklon” mobil ilovasida buyurtma bergan, to‘liq haqini to‘lagan va buyurtmada ko‘rsatilgan manzilga yetib borgandan so‘ng yakunlangan safarga aytiladi.
2.3. Ushbu Qoidalarning barcha shartlariga so‘zsiz rioya etish Ishtirokchining sovrinni qo‘lga kiritishi uchun zaruriy shart hisoblanadi. Qoidalarda ko‘zda tutilgan biror shartni bajarmaslik tegishli Ishtirokchini sovrin olish imkoniyatidan mahrum etadi. Ishtirokchi sovrinni olishdan yoki undan foydalanishdan voz kechish huquqiga ega.
2.4. Tashkilotchi Yutuqli o‘yin shartlari, o‘tkazish hududi va muddatlarini o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lib, bu o‘zgarishlarni Yutuqli o‘yin veb-saytida Qoidalarning yangilangan versiyasini joylashtirish (e’lon qilish) orqali amalga oshiradi. Agar Qoidalarda boshqacha tartib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mazkur o‘zgartirishlar veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
3. SOVRINLAR VA YUTUQLI O‘YIN G‘OLIBLARINI E’LON QILISH
3.1. Yutuqli o‘yin yakunida Tashkilotchi tasodifiy raqamlar generatori (https://lizaonair.com/giveaway/) yordamida 2 (ikki) nafar g‘olibni tanlaydi, va ularga quyidagi Sovrinlar beriladi:
1 (bir) g‘olib – 1 (bir) dona iPhone 16 Pro smartfoni,
1 (bir) g‘olib – 1 (bir) dona Dyson Airwrap Complete Long multistayleri.
3.2. Yutuqli o‘yin doirasida bitta Ishtirokchi faqat bitta sovrin yutib olishi mumkin.
3.3. Yutuqli o‘yin g‘oliblari 14.02.2025 kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi @uklon_uz sahifasida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda e’lon qilinadi.
3.4. Yutuqli o‘yin sovrin jamg‘armasi Tashkilotchining mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi va faqatgina yutuqli o‘yin g‘oliblariga sovrinlarni taqdim etish uchun uchun ishlatiladi.
3.5. Priz vruchayetsya isklyuchitelno pobeditelyam bez prava peredachi yego tretim litsam. Organizator imeyet pravo rasporyajatsya nevostrebovannimi ili nevruchennimi po nezavisyashim ot Organizatora prichinam prizami Rozigrisha po svoyemu usmotreniyu. Sovrin faqat g‘oliblarga uni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz topshiriladi. Tashkilotchi o‘yinning talab qilinmagan yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra topshirilmagan sovrinlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish huquqiga ega.
3.6. G‘olib Sovrinni olish uchun Tashkilotchi tomonidan belgilanadigan sana va joyda shaxsan uchrashuvda ishtirok etishga rozilik beradi. Yutuqli o‘yin g‘olibi Tashkilotchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda o‘zining yoshi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi yoki fotosuratini taqdim etishi shart.
3.7. Yutuqli o‘yin g‘olibidan javob va so‘ralgan ma’lumotlar olinmagan yoki u Sovrinlarni topshirish uchun belgilangan uchrashuvda qatnashmagan taqdirda, Tashkilotchi ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan usul bilan Ishtirokchilar orasidan boshqa g‘olibni tanlash yoki talab qilinmagan sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.8. Yutuqli o‘yin g‘oliblari Sovrinni topshirish uchun o‘tkaziladigan uchrashuvda video va fotosuratlar olish, audio va matnlarni yozib olish hamda boshqa intellektual mulk obyektlarini yaratishga rozilik beradilar. Shuningdek, ular Tashkilotchining bunday intellektual mulk obyektlaridan (jumladan, reklama maqsadlarida) foydalanishiga ham ruxsat beradilar. Yutuqli o‘yin g‘oliblari bunday obyektlarni yaratishda ishtirok etganligi va ulardan keyinchalik foydalanilganligi uchun alohida haq talab qilmaydilar hamda har bir bunday foydalanish uchun alohida rozilik bermaydilar.
4. UMUMIY SHARTLAR
4.1. Tashkilotchi aloqa operatorlari xizmatlarining sifati, internet provayderlari xizmatlari, jumladan (ammo bular bilan cheklanmagan holda), o‘yinni o‘tkazish vaqtida aloqa kanallaridan foydalanishda ma’lumotlarni uzatishdagi texnik muammolar, aloqa operatorlarining ishlashi, aloqa operatorlari va/yoki internet provayderlarining yutuqli o‘yin ishtirokchisi sovrinni olishi haqida xabardor qilinmaganligi yoki o‘z vaqtida xabardor qilinmaganligiga sabab bo‘lgan har qanday xatoliklari uchun javobgar hisoblanmaydi.
4.2. Tashkilotchi sovrinni olish huquqi bilan bog‘liq har qanday nizolar uchun javobgar emas. Har qanday holatda nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror yuzasidan shikoyat qilinmaydi.
4.3. Agar Yutuqli o‘yin ishtirokchisi sovrinni olish imkoniyatidan foydalanmagan bo‘lsa yoki ishtirokchi Tashkilotchining aybisiz sovrindan foydalana olmagan bo‘lsa, Tashkilotchi buning uchun javobgar hisoblanmaydi.
4.4. Tashkilotchi yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelganda Qoidalarning buzilishi, Sovrinning taqdim etilmasligi yoki taqdim etilgan Sovrindan foydalanish imkoniyati yo‘qligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Bunday holatlarga tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, qamallar, Yutuqli o‘yin o‘tkaziladigan hududda amalda bo‘lgan qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar hamda Tashkilotchi nazorat qila olmaydigan boshqa vaziyatlar kiradi.
4.5. Sovrinni faqat uni olish huquqiga ega bo‘lgan O‘yin ishtirokchilari olishi mumkin. Sovrin olingunga qadar tuzilgan, sovringa yoki uni olish huquqiga doir (sovrin yoki uni olish huquqi bitim predmeti, to‘lov vositasi yoki garov predmeti sifatida ko‘rsatilgan) har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlar va kelishuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinni, shu jumladan pul ekvivalenti yoki boshqa har qanday tovar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4.6. Yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun Ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan Internet tarmog‘i/mobil aloqadan foydalanish xarajatlari Ishtirokchining o‘zi tomonidan shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadi va ushbu xizmat provayderi tomonidan belgilangan tarif rejasi bo‘yicha xizmatning standart narxiga muvofiq bo‘ladi.
4.7. Tashkilotchi, shuningdek, u tomonidan jalb qilingan uchinchi shaxslar Internet/mobil aloqa tarmog‘idagi har qanday texnik nosozliklar, shuningdek, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli yuzaga kelgan boshqa texnik muammolar uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.8. Tashkilotchi yutuqli o‘yinni to‘liq yoki qisman o‘tkazish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.
4.9. Yutuqli o‘yinni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Bunda ushbu Qoidalarni turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘yadigan vaziyatlar va Qoidalar bilan tartibga solinmagan nizoli masalalarda yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi. Tashkilotchining Yutuqli o‘yin o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha qarorlari uzil-kesil hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi. Ushbu Qoidalarda qo‘llanilgan atamalar faqat shu O‘yinga taalluqlidir.
4.10. Instagram, Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlari ushbu yutuqli o‘yin uchun mas’ul emaslar. Mazkur o‘yinga Instagram, Facebook va Telegram tomonidan homiylik qilinmaydi, tavsiya etilmaydi va boshqarilmaydi.
4.11. Ishtirokchilarni Qoidalar haqida xabardor qilish Yutuqli o‘yin veb-saytida Qoidalarni joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar turli usullar bilan tarqatilishi mumkin: Qoidalarni radio orqali e’lon qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlarda joylash, bosma reklama materiallarida chop etish, tashqi reklama vositalarida ko‘rsatish, Onlayn xizmat foydalanuvchilariga elektron pochta xabarlari yuborish, Mobil ilovada Push va TCP xabarlari, Viber yoki SMS xabarlari jo‘natish hamda boshqa internet-media vositalaridan foydalanish.
4.12. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan.
4.13. Ushbu Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlanib, uning veb-saytida e’lon qilingan taqdirda kuchga kirishi mumkin.
4.14 Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilmagan barcha holatlarda, Tashkilotchi va Yutuqli o‘yin ishtirokchilari/g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.
4.15. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq belgilanadi.
4.16. Ushbu Qoidalar Yutuqli o‘yinni o‘tkazish muddati tugaguniga qadar kuchda bo‘ladi.
Tahrir 07.02.2025 yildan boshlab kuchga kiradi.
Это актуально? Если нет, внесем изменения“VALENTINE’S DAY” YUTUQLI O‘YININI O‘TKAZISH QOIDALARI

Tahrir 07.02.2025 yildan boshlab kuchga kiradi