close
← Back to stocks

“UKLON YULDUZLARI” AKSIYASINI O’TKAZISH QOIDALARI

Ushbu rasmiy qoidalar (keyingi o’rinlarda – «Qoidalar») «UKLON YULDUZLARI» Aksiyasini (keyingi o’rinlarda – «Aksiya») o’tkazish tartibini va shartlarini belgilaydi. Aksiyaga ishtirok etish bepul. Aksiya qimor o’yini, lotereya yoki qimor biznesi sohasidagi xizmat hisoblanmaydi va u hech qanday shaklda qimor o’yinlari sifatida qabul qilinmaydi.. Aksiyada ishtirok etish, ishtirokchining barcha Qoidalarga va ularning har qanday o’zgarishlariga to’liq va so’zsiz qabul qilishini anglatadi.

1. BU QOIDALARDA ISHLATILGAN ATAMALAR VA ULARNING TUSHUNCHALARI

1.1. Aksiya – Tashkilotchi tomonidan “Uklon Driver” Sodiqlik dasturi doirasida o‘tkaziladigan “Uklon Yulduzlari” aksiyasi bo‘lib, “Uklon” Onlayn-servisiga yangi Foydalanuvchilarni jalb etish, ularda qiziqish uyg‘otish, shuningdek amaldagi Foydalanuvchilarning faolligi va sodiqligini rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Aksiyaning maqsadi Tashkilotchi tomonidan taqdim etilayotgan Onlayn-servisni, shuningdek UKLON tovar belgisini (TM) targ‘ib qilish va reklama qilishdan iborat.

1.2. Hisob qaydnomasi balansi va/yoki Balans – Onlayn-servisdagi Ishtirokchining Hisob qaydnomasida aks ettiriladigan axborot ko‘rsatkichi bo‘lib, mazkur Qoidalar doirasida Mukofotni hisoblash, qayd etish va taqdim etishni aks ettirish maqsadida Tashkilotchi tomonidan qo‘llaniladi. Balans Onlayn-servisdagi Ishtirokchining harakatlariga muvofiq real vaqt rejimida yangilanadi, texnik xususiyatga ega bo‘lib, hisob-kitob yoki bank hisobvarag‘i maqomiga ega emas.

1.3. Veb-sayt – www.uz.uklon.eu manzilidagi internet sahifasi.

1.4. Mukofot – Aksiya natijalariga ko‘ra Tashkilotchi tomonidan Hamkorga taqdim etiladigan bonus bo‘lib, uning miqdori mazkur Qoidalar bilan belgilanadi hamda Hamkor Aksiya shartlarini bajarish natijasida egallagan g‘oliblik o‘rniga bog‘liq bo‘ladi.

1.5. Buyurtma – Foydalanuvchining yengil transport vositasida yo‘lovchi tashish, Jo‘natmalarni yetkazib berish, shuningdek vaqti-vaqti bilan “Uklon” Veb-sayti hamda “Uklon” va “Uklon Driver” Mobil ilovalari orqali mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlarni Hamkor tomonidan ko‘rsatish bo‘yicha, zarur rekvizitlar bilan rasmiylashtirilgan so‘rovi.

1.6. Kompaniya va/yoki Tashkilotchi – “UKLON UB” Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona, STIR 310448243, manzil: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 26-uy.

1.7. “Uklon Driver” Mobil ilovasi va/yoki Mobil ilova – iOS va Android elektron qurilmalari uchun “Uklon Driver” nomli mobil ilova ko‘rinishidagi EHM dasturining nusxasi bo‘lib, Foydalanuvchilarga Onlayn-servisdan foydalanish vositasi sifatida taqdim etiladi.

1.8. “Uklon” Onlayn-servisi va/yoki Onlayn-servis – Mobil ilovadan hamda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan EHM dasturlari va raqamlar, harflar, belgilar, tasvirlar hamda ularning kombinatsiyalari (shu jumladan grafik axborot, videoaxborot va boshqalar) ko‘rinishidagi elektron ma’lumotlar majmuasidan iborat texnologik platforma bo‘lib, unda Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Buyurtmalar hamda Hamkorlar tomonidan joylashtirilgan Xizmat takliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish, yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish, saqlash va taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, talab va taklif nisbati, ob-havo sharoiti, yo‘nalish, yuklama darajasi hamda boshqa omillarni inobatga olgan holda Buyurtma qiymatini avtomatik hisoblaydi, avtomatik ravishda marshrutlarni tuzadi va Foydalanuvchi bilan Hamkor o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. Onlayn-servis Foydalanuvchiga uning mezonlariga muvofiq avtomatik shakllantirilgan Hamkorlar takliflarini izlash va ular bilan tanishish, tegishli Buyurtmalarni joylashtirish, tasdiqlash yoki rad etish, o‘z joylashuv ma’lumotlarini e’lon qilish, tavsiya etilgan Xizmat narxini o‘zgartirish, Onlayn-servis va Hamkorlarga baho berish hamda ular bilan o‘zaro hamkorlik qilish, dastur tomonidan tuzilgan marshrutlardan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, Onlayn-servis “Uklon” Mobil ilovasi doirasida grafik, matnli, video va boshqa turdagi reklama materiallarini joylashtirish va namoyish etish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunday materiallar Foydalanuvchining xulq-atvor xususiyatlari va/yoki uning Onlayn-servis bilan o‘zaro aloqasi xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘rsatilishi mumkin. Onlayn-servis kompyuter dasturlash natijasi bo‘lib, dasturiy mahsulot hisoblanadi.

1.9. Hamkor va/yoki Aksiya Ishtirokchisi – o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs bo‘lib, Yo‘lovchiga yengil transport vositalarida yo‘lovchi tashish, Jo‘natmalarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatadigan va/yoki taklif etadigan, shuningdek vaqti-vaqti bilan “Uklon” Veb-sayti hamda “Uklon” va “Uklon Driver” Mobil ilovalari orqali mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatadigan shaxs.

1.10. Yo‘lovchi – Onlayn-servisda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs.

1.11. Aksiyani o‘tkazish muddati va/yoki Aksiyani o‘tkazish davri – Aksiya o‘tkaziladigan muddat (vaqt oralig‘i), ya’ni Ishtirokchilar Aksiya shartlarini bajarishlari mumkin bo‘lgan davr bo‘lib, Toshkent vaqti bilan (GMT+5) 2026-yil 1-iyun soat 00:00 dan 2026-yil 30-iyun soat 23:59 gacha (shu kuni ham) davom etadi.

1.12. Aksiyani o‘tkazish hududi – Aksiya shartlari amal qiladigan hudud. Aksiya Onlayn-servis Foydalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri hududida o‘tkaziladi.

1.13. Mukofotlar jamg‘armasi – mazkur Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Mukofotlarning umumiy yig‘indisi..

2. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI

2.1. Aksiya Ishtirokchisi quyidagilarga majburdir:

2.1.1. Mazkur Qoidalar talablariga hamda O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi normalariga rioya qilish.

2.1.2. Ushbu Qoidalarga muvofiq talab etiladigan to‘liq, to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlarni ko‘rsatish.

2.1.3. Boshqa Aksiya Ishtirokchilariga noqulaylik tug‘dirmaslik hamda ularning ishtirok etishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmaslik.

2.1.4. Mazkur Ishtirokchining Aksiyadagi ishtiroki qonuniyligiga shubha tug‘diruvchi harakatlarni sodir etmaslik.

2.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Foydalanuvchi quyidagilarni bajarishi lozim:

A. Aksiyani o‘tkazish davridan oldin yoki ushbu davr mobaynida “Uklon Driver” Mobil ilovasida foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi hamda Onlayn-servisda Hamkor maqomiga ega bo‘lishi;

B. Aksiyani o‘tkazish davrida “Uklon” Onlayn-servisi orqali Buyurtmalarni bajarishi. Aksiya doirasida faqat Ishtirokchi tomonidan “Uklon Driver” Mobil ilovasida qabul qilingan, Buyurtmada ko‘rsatilgan manzilgacha bajarilgan hamda belgilangan tartibda yakunlangan Buyurtmalar hisobga olinadi.

2.3. Mazkur Qoidalarga muvofiq nazarda tutilgan Aksiyada ishtirok etish shartlaridan birortasining bajarilmasligi tegishli Ishtirokchini Mukofot olish imkoniyatidan mahrum etadi. Aksiyada ishtirok etishning barcha shartlariga qat’iy rioya etish Ishtirokchi tomonidan Mukofot olishning zarur sharti hisoblanadi. Ishtirokchi Mukofotni olishdan yoki undan foydalanishdan voz kechish huquqiga ega.

2.4. Tashkilotchi Qoidalarning yangilangan tahririni Veb-saytda joylashtirish (e’lon qilish) orqali Aksiya shartlarini, hududini va o‘tkazish muddatlarini o‘zgartirish huquqiga ega. Mazkur o‘zgartirishlar, agar Qoidalarning o‘zida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, Veb-saytda e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

3. AKSIYA G‘OLIBLARINI E’LON QILISH VA MUKOFOTLASH TARTIBI

3.1. Aksiya yakunlariga ko‘ra, Ishtirokchilarning reytingi mazkur Qoidalarning 2.2. (B) bandiga muvofiq Aksiyani o‘tkazish davrida bajarilgan Buyurtmalar soni asosida, eng ko‘pdan eng kamga qarab shakllantiriladi. Mazkur reytingga eng ko‘p Buyurtma bajargan 300 (uch yuz) nafar Ishtirokchi kiritiladi (keyingi o‘rinlarda — “G‘oliblar”).

G‘oliblarning o‘rinlari quyidagi tartibda taqsimlanadi: birinchi o‘rinni 2.2. (B) bandiga muvofiq eng ko‘p Buyurtma bajargan Ishtirokchi egallaydi. Keyingi o‘rinlar Aksiyani o‘tkazish davrida bajarilgan Buyurtmalar sonining kamayib borishi tartibida taqsimlanadi.

Bajarilgan Buyurtmalarning yakuniy soni Aksiyani o‘tkazish davri tugagandan so‘ng hisoblab chiqiladi va yakuniy natijalar shu asosda belgilanadi.

3.2. Aksiya shartlarini bajargan Foydalanuvchilar quyidagi Mukofotlarni oladilar:

3.2.1.Aksiya shartlarini bajargan hamda Aksiyada 1-o‘rindan 100-o‘ringacha bo‘lgan o‘rinlarni egallagan Ishtirokchilarga Tashkilotchi quyidagi miqdorda Mukofot taqdim etadi:

O‘rinMukofot (USZ, sum)
1-o‘rin15 000 000
2-o‘rin12 000 000
3-o‘rin10 000 000
4-o‘rin8 000 000
5-o‘rin7 000 000
6-8 o‘rin5 000 000
9-10 o‘rin4 000 000
11-20 o‘rin3 000 000
21-30 o‘rin2 000 000
31-40 o‘rin1 500 000
41-50 o‘rin1 000 000
51-100 o‘rin500 000

3.2.2. 101-o‘rindan 200-o‘ringacha (shu jumladan) bo‘lgan o‘rinlarni egallagan Ishtirokchilar orasidan qo‘shimcha ravishda randomayzer (tasodifiy sonlar generatori — https://youtogift.com/ru/random) yordamida 5 (besh) nafar G‘olib aniqlanadi. Mazkur G‘oliblarning har biri 2 000 000 (ikki million) so‘m miqdorida Mukofot oladi.

3.2.3. 201-o‘rindan 300-o‘ringacha (shu jumladan) bo‘lgan o‘rinlarni egallagan Ishtirokchilar orasidan qo‘shimcha ravishda randomayzer (tasodifiy sonlar generatori — https://youtogift.com/ru/random) yordamida 5 (besh) nafar G‘olib aniqlanadi. Mazkur G‘oliblarning har biri 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida Mukofot oladi.

3.3. G‘oliblarga Mukofotni hisoblash va o‘tkazish Tashkilotchi tomonidan Aksiya yakunlangandan hamda g‘oliblar e’lon qilingandan so‘ng 15 (o‘n besh) kun ichida Foydalanuvchilarning Hisob qaydnomasi Balansiga amalga oshiriladi.

3.4. Aksiya G‘oliblari 2026-yil 06-iyul kuni Tashkilotchining rasmiy sahifalarida Instagram (https://www.instagram.com/uklon_uz/) va Telegram (https://t.me/uz_uklon) orqali e’lon qilinadi. 1-o‘rindan 10-o‘ringacha G‘olib bo‘lgan Ishtirokchilarga Mukofotlarni taqdim etish Tashkilotchi tomonidan 2026-yil 8 iyulda Tashkilotchining bosh ofisida tegishli yutuq summasiga teng sertifikatlarni topshirish orqali amalga oshiriladi.

3.5. Bir Ishtirokchi Aksiya doirasida faqat bitta Mukofot olishi mumkin.

3.6. Aksiyaning Mukofotlar jamg‘armasi Tashkilotchining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi hamda faqat Aksiya G‘oliblariga Mukofot taqdim etish uchun foydalaniladi.

3.7. Mukofot faqat Aksiya G‘oliblariga taqdim etiladi va uni uchinchi shaxslarga o‘tkazish huquqisiz beriladi. Tashkilotchi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra talab qilib olinmagan yoki topshirilmagan Mukofotlarni Aksiya doirasida o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish huquqiga ega.

4. UMUMIY SHARTLAR

4.1. Tashkilotchi aloqa operatorlari xizmatlari, internet-provayderlar xizmatlari sifati, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, Aksiya o‘tkazilishi davrida aloqa kanallaridan foydalanishda ma’lumot uzatish bilan bog‘liq texnik nosozliklar, aloqa operatorlari faoliyati, aloqa operatorlari va/yoki internet-provayderlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan har qanday xatolar uchun javobgar emas, buning natijasida Aksiya Ishtirokchisi Mukofot olish huquqi haqida xabardor qilinmagan yoki kechiktirib xabardor qilingan bo‘lsa ham.

4.2. Tashkilotchi Mukofot olish huquqiga oid har qanday nizolar bo‘yicha javobgar emas. Har qanday holatda bunday nizolar yuzasidan yakuniy qarorni Tashkilotchi qabul qiladi.

4.3. Agar Aksiya Ishtirokchisi Mukofotni olish imkoniyatidan foydalanmagan bo‘lsa yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Mukofotdan foydalana olmasa, Tashkilotchi javobgar bo‘lmaydi.

4.4. Tashkilotchi fors-major holatlar (yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari), jumladan tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday ko‘rinishdagi harbiy harakatlar, blokadalar, Aksiya o‘tkaziladigan hududda amal qiluvchi qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar hamda Tashkilotchi nazoratidan tashqaridagi boshqa holatlar yuzaga kelgan taqdirda, Qoidalarning buzilishi, Mukofot taqdim etilmasligi yoki taqdim etilgan Mukofotdan foydalanish imkonsizligi uchun javobgar emas.

4.5. Mukofotni olish faqat Mukofot olish huquqiga ega bo‘lgan Aksiya Ishtirokchilariga ruxsat etiladi. Mukofot yoki uni olish huquqi bitim predmeti, to‘lov vositasi yoki garov predmeti bo‘ladigan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlar va kelishuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Mukofotni almashtirish, shu jumladan pul ekvivalenti yoki boshqa ne’mat bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

4.6. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish maqsadida internet tarmog‘i va/yoki mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish xarajatlari Ishtirokchi tomonidan mustaqil ravishda o‘z hisobidan to‘lanadi hamda tegishli xizmat ko‘rsatuvchi provayder tarif rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

4.7. Tashkilotchi, shuningdek u jalb qilgan uchinchi shaxslar internet tarmog‘i va/yoki mobil aloqa faoliyatidagi texnik nosozliklar, shuningdek Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa texnik uzilishlar uchun javobgar emas.

4.8. Tashkilotchi Aksiyani to‘liq yoki qisman o‘tkazish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.

4.9. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi. Mazkur Qoidalarni turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan hollarda, shuningdek Qoidalar bilan tartibga solinmagan nizoli masalalar yuzaga kelganda, yakuniy qarorni Tashkilotchi qabul qiladi. Tashkilotchining Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha qarorlari yakuniy hisoblanadi. Mazkur Qoidalardagi atamalar faqat ushbu Aksiyaga nisbatan qo‘llaniladi.

4.10. Instagram va Telegram ushbu Aksiya bo‘yicha javobgar emas. Aksiya Instagram va Telegram tomonidan homiylik qilinmaydi, tavsiya etilmaydi va boshqarilmaydi.

4.11. Ishtirokchilarni Qoidalar haqida xabardor qilish Qoidalarni Veb-saytda joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha axborot turli usullar bilan reklama materiallarini joylashtirish orqali yetkazilishi mumkin: radio orqali e’lon qilish, internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish, bosma reklama materiallarida, tashqi reklama vositalarida, Onlayn-servis Foydalanuvchilariga email-xabar yuborish, Mobil ilovada Push- va TCP-xabarlar, Viber yoki SMS-xabarlar hamda boshqa internet-media vositalari orqali.

4.12. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi hamda Aksiya Qoidalarida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda aniqlanadi.

4.13. Mazkur Qoidalarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirda kiritilishi mumkin.

4.14. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalarda Tashkilotchi hamda Aksiya Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

4.15. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.

4.16. Mazkur Qoidalar Aksiyani o‘tkazish muddati tugaguniga qadar hamda Mukofotlar topshirilgunga qadar amal qiladi.

Ushbu tahrir 2026 yil 01 iyundan boshlab kuchga kiradi.